Get Mystery Box with random crypto!

KHISO| Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi khiso — KHISO| Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi khiso — KHISO| Rasmiy kanal
Kanal manzili: @khiso
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.12K
Kanalning ta’rifi

Khwarizmi International School of olympiads (KHISO) - Al Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!
Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-05-31 08:35:34
#Prezident_maktablari
#Qabul_2023
#10_iyundan_30_iyungacha

DIQQAT, E'LON!

PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Talabgorning
:
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

DIQQAT
Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
2023-2024-o'quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Kanalga ulanish:
@khiso
13.2K viewsedited  05:35
Ochish/sharhlash
2023-05-29 14:30:50
Siz sevgan IQ TEST qaytmoqda!

O‘quvchilar
Talabalar
O‘qituvchilar

31-may kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida!

Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

G‘olib va ishtirokchilar kitoblarimiz uchun natijasiga mos ravishda chegirmalarni qo‘lga kiritishadi!

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: @khiso
15.8K views11:30
Ochish/sharhlash
2023-05-29 14:20:20 Onlayn sovrinli olimpiada g‘oliblari!

4 ta o‘quvchi
4 ta o‘quvchi
2 ta o‘quvchi

medallar bilan taqdirlandi.

G‘oliblardan tashqari barcha ishtirokchilarga KUNTESTI mobil ilovasida foydalanish uchun 50 ta bepul tangalar va kitoblarimiz uchun 10% chegirmalar beriladi.

Tangalar va chegirmalar uchun @kuntesti_admin ga murojaat qilishingiz kerak.

Umumiy natijalar va testlarning yechimlari bilan oldingi postda tanishishingiz mumkin.

Qo‘shimcha savollar uchun:
@khiso_admin
9.1K views11:20
Ochish/sharhlash
2023-05-28 20:01:10 Onlayn sovrinli olimpiada yakunlandi

Natijalar va olimpiada testlarining yechimlarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin.

1-sinf natijalari
Yechimi:



2-sinf natijalari
Yechimi:



3-sinf natijalari
Yechimi:



4-sinf natijalari
Yechimi:



5-6 sinf natijalari
Yechimi:



7-8 sinf natijalari
Yechimi:



Sertifikat yuklab olish boʻyicha video yoʻriqnoma:



G‘oliblar natijalar umumiy tahlil qilingandan keyin (ertaga) e'lon qilinadi.

OFLAYN olimpiada natijalari esa @bazarbaevs telegram kanalida e'lon qilingan.

Qo‘shimcha savollar uchun:
@khiso_admin
10.1K views17:01
Ochish/sharhlash
2023-05-27 13:44:51
Bizning chempionlarimiz!

platformasida Respublika miqyosida davlat va xususiy maktab o‘quvchilari o‘rtasida matematika, ingliz tili va IQ test bo‘yicha o‘tkazilgan reytingli olimpiadada gʻolib bo‘lganligi uchun quyidagi o‘quvchilar taqdirlanishdi:

Zakhidova Sibel - (Toshkent shahar Yunusobod tumani 5-maktab, 4-sinf) - medal;

Ergashev Rustam
- (Farg‘ona shahar 24-maktab, 2-sinf) - medal;

Umarova Rayyona
- (Toshkent shahar Mirobod tumani 218-maktab, 1-sinf) - medal;

Yunusova Odina
- (Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahar 7-maktab, 1-sinf) - medal;

Ertangi olimpiadada sen gʻolib bo‘lishing mumkin, o‘tkazib yuborma!
11.6K views10:44
Ochish/sharhlash
2023-05-26 16:30:05
O‘quv yili tugadi, lekin olimpiadalar davom etadi!

KHISO olimpiada maktabi va O‘zbekiston Matematika jamiyati hamkorligida navbatdagi oflayn olimpiada!

Barcha 1-8 sinf o‘quvchilarini 28-may kuni matematika fanidan o‘tkaziladigan oflayn olimpiadamizda kutib qolamiz!

Bu safar 3-4 sinf o‘quvchilari uchun maxsus "tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar" testi (faqat o‘zbek tilida) beriladi. Bu sinf o‘quvchilari maxsus javoblar varaqasiga (haqiqiy imtihondagidek) qalam bilan belgilashadi. Shu sababdan qalam olib kelishlari shart!

Gʻolib o‘quvchilar vaucherlar va medallarni qoʻlga kiritishadi.

Shuningdek, yangi kitobimiz bilan ham tanishingiz mumkin!

Roʻyxatdan oʻtish uchun (FAQAT KELIB QATNASHADIGANLAR UCHUN): ARIZA QOLDIRISH

Olimpiada dasturi bilan tanishishni unutmang: BATAFSIL

Olimpiada O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti binosida o‘tkaziladi.

Unutmang, muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

@khiso_lc_admin
12.4K views13:30
Ochish/sharhlash
2023-05-25 17:57:46
Uzoq kutilgan "Mantiqiy matematika" kitobimizning 2-qismi nashrdan chiqdi!

O‘zsanoatqurilishbank ATB ko‘magida o‘zbek va rus tilidagi jami 700 ta test va video yechimlarni o'zida jamlagan "Mantiqiy matematika testlari" to‘plamining 2-qismi nashrdan chiqdi.

Bu safar kitobimiz to‘rt bo‘limdan iborat;

-bo‘lim: Nisbatan osonroq 200 ta savol (2-3 sinf)
-bo‘lim: O‘rtacha qiyinlikdagi 200 ta savol (3-4 sinf)
-bo‘lim: Nisbatan qiyinroq 200 ta savol (4-5 sinf)
-bo‘lim: 100 ta yangi IQ test (barcha sinflar uchun)

Innovatsion kitobda har bir test yakunida nafaqat javoblarini, maxsus QR kod orqali video yechimlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Video yechimlar ultra yuqori sifatda (4K formatida) yozilgan.

Kitob Prezident va ixtisoslashgan maktab imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchi va ularning ustozlari uchun ajoyib qo'llanma tarzida xizmat qiladi.

O‘quv markazlar va xususiy maktablar uchun chegirmalar mavjud.

Buyurtma berish uchun: @khiso_lc_admin
46.0K viewsedited  14:57
Ochish/sharhlash
2023-05-23 09:00:33
ONLINE olimpiada davom etmoqda!

Medallarni qo‘lga kiritishga tayyormisiz?

BUGUN 28-may kuni soat 22:00 ga qadar khiso.uz plaftormasida o‘quvchilar uchun navbatdagi integratsion olimpiada o‘tkaziladi.

Savollar: O‘zbek va rus tillarida

Matematika-1 (10 ta savol, 9 balldan)
Matematika-2 (10 ta savol, 15 balldan)
IQ test (10 ta savol, 26 balldan)
Jami: 500 ball

Bu safar 3-4 sinf o‘quvchilari uchun maxsus "tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar" testi (faqat o‘zbek tilida) beriladi!

Barcha o‘quvchilar sertifikat va ustozlari uchun tashakkurnoma yuklab olishadi.

Ishtirokiga mos reyting ballar beriladi.

Yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar medallar bilan taqdirlanadi.

Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun eng kamida 50 ta bonus tanga va kitoblarimiz uchun chegirmalar beriladi.

G‘oliblar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktabda ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.

Izoh: Oflayn olimpiada qatnashchilari g‘oliblikka davogarlik qila olishmaydi.

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_admin
23.8K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2023-05-21 20:57:49 Bugungi barcha olimpiadalar to‘liq yakunlandi!

Umumiy natijalarini quyidagi havolalar orqali bilib olishingiz mumkin:

1. Tanqidiy fikrlash va muammoni hal qilish testining 12-soni

O‘quvchilar
Talaba va bankirlar

Berilgan testlarning yechimlarini faqat ishtirok etgan o‘quvchilar sertifikatida berilgan qo‘shimcha QR kodlar orqali o‘rganishi mumkin. Bu ishni qanday bajarilishi haqida yo‘riqnoma: https://t.me/khisofaq/38

Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 100 ta bepul tanga beriladi. Buning uchun @kuntesti_admin ga murojaat qilish lozim.

2. O‘qituvchilar olimpiadasi:

Matematika
Video yechimlari:



Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika
Geografiya
Ona tili va adabiyot
Ingliz tili
Rus tili
Nemis tili
Fransuz tili
Qoraqalpoq tili
Tarix
Boshlang‘ich ta’lim
Huquq
Tasviriy san’at va chizmachilik
Tarbiya
Texnologiya (Dizayn)
Texnologiya (Servis)
Musiqa
Jismoniy tarbiya

Barcha ishtirokchilar shaxsiy akkauntidagi qatnashilgan olimpiadalar bo‘limidan sertifikatlarini yuklab olishlari mumkin. Sertifikatni yuklab olish boʻyicha video yoʻriqnoma:



Bugun ishtirok etgan har bir o‘qituvchining farzandi yoki biror o‘quvchisiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 50 ta bepul tanga beriladi. Buning uchun @kuntesti_admin ga murojaat qilishingiz lozim.

Yuklab olingan sertifikatdagi QR kod orqali ham yuqorida havolaga o‘tish mumkin va bu sizning ishtirokingiz haqiqiy ekanligini tasdiqlaydi!

Qo‘shimcha savollar uchun @khiso_lc_admin
2.1K views17:57
Ochish/sharhlash
2023-05-19 18:01:48
Bugungi muhim testni oʻtkazib yubormang!

Haqiqiy imtihonlardan oldin haqiqiy na'munaviy testlarda bilimingizni sinang!

Prezident maktabi imtihoniga tayyorgarlik bo‘yicha an'anaviy 12-repetitsion test!

SQB MATH OLYMPIAD - 2023 finalchilari ham o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin!

Bugun 21-may kuni soat 10:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz saytida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Tanqidiy fikrlash (16 ta savol);
Muammoni hal qilish (24 ta savol);

Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.

Oʻquvchi va uning ustozi mos ravishda QR kodli sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

Testlarning tahlili bilan faqat ishtirokchilar o‘z sertifikatlari yordamida tanisha oladi.

Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 100 ta bepul tanga beriladi. (100% lik CASHBACK)

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_lc_admin
10.1K viewsedited  15:01
Ochish/sharhlash