Get Mystery Box with random crypto!

UMFT universitetida 180 nafar talaba uchun grant o‘rinlari. | KHISO| Rasmiy kanal

UMFT universitetida 180 nafar talaba uchun grant o‘rinlari.

University of Management and Future Technologies oliy ta'lim muassasasi iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2023-2024-o'quv yili kunduzgi ta'lim shakliga 180 ta grant o'rinlari uchun tanlovni e'lon qiladi.

Talabalar 3 bosqichli tanlov asosida saralab olinadi. Yakuniy natijalarga ko'ra eng yuqori ball to'plagan:
birinchi 30 nafar qatnashchiga 75%;
keyingi 60 nafar qatnashchiga 50%;
navbatdagi 90 nafar qatnashchiga 25% lik grantlardan biri taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar quyidagi bakalavriat yo'nalishlaridan birida ta'lim olish uchun 2023-yil 27-martdan 5-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Dasturiy injiniring
Infokommunikatsiya injiniringi
Raqamli iqtisodiyot
Moliya va moliyaviy texnologiyalar

Tanlovda ishtirok etish uchun UMFT Grant Bot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet vebsayti orqali tanishishingiz mumkin.
www.umft.uz/grant

Telefon +998555068888
Murojaat uchun : @umft_support
Veb-sayt: www.umft.uz

TA'LIM REKLAMASI