Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi! 26-mart bahorg | KHISO| Rasmiy kanal

Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

26-mart bahorgi ta’tilning oxirgi kunida Olmazor tumanidagi 134-umumta’lim maktabida 1-8 sinf oʻquvchilari uchun matematika fanidan Respublika ochiq olimpiadasi boʻlib oʻtdi!

Andijon, Namangan, Fargʻona, Sirdaryo, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy
viloyatlari va poytaxtimizdan jami 308 nafar oʻquvchi ushbu olimpiadada bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi!

Gʻolib boʻlgan oʻquvchilarga medallar, oʻquv markaz uchun vaucherlar hamda "Mantiqiy matematika", "Matematika olimpiada testlari" va Turkiyalik matematiklar bilan hamkorlikda nashr etilgan kitoblarimiz taqdim etildi!

Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan 134-maktab jamoasiga, ayniqsa maktab rahbari Dilnoza Nosirjonovna hamda aziz mehmonimiz Isroil Tillaboyevlarga samimiy minnatdorchiligimizni izhor etamiz!

Umumiy natijalar bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin!