Get Mystery Box with random crypto!

KHISO| Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi khiso — KHISO| Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi khiso — KHISO| Rasmiy kanal
Kanal manzili: @khiso
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.12K
Kanalning ta’rifi

Khwarizmi International School of olympiads (KHISO) - Al Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiada maktabining rasmiy telegram kanali!
Admin: @khiso_admin
Hamkorlik va reklama uchun: @khiso_reklama

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-03-09 15:53:43 III chorakning soʼnggi oʼqish kuni 18-mart (shanba) boʼladi

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida bahorgi taʼtil 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʼshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʼchirish toʼgʼrisida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qoʼshimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi taʼtil 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shularni inobatga olib, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida 18-mart (shanba) III chorakning soʼnggi oʼqish kuni boʼlib, IV chorak 27-mart sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz.

****

Последним учебным днем III четверти будет 18 марта (суббота)

Согласно пункту 26 Положения, утвержденного постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан №140 от 15 марта 2017 года, весенние каникулы в общеобразовательных школах начинаются 21 марта и длятся 7 календарных дней.

В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан от 23 декабря 2022 года «Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2023 году» 20 марта 2023 года в школах обозначен как дополнительный праздник. Он начинается с 20 марта и продолжается до 26 марта (включительно).

Принимая во внимание это, сообщаем, что 18 марта (суббота) будет последним учебным днем 3-й четверти, а 4-я четверть начнется 27 марта.
7.4K views12:53
Ochish/sharhlash
2023-03-09 10:21:43
Haqiqiy imtihonlardan oldin haqiqiy na'munaviy testlarda bilimingizni sinang!

Prezident maktabi imtihoniga tayyorgarlik bo‘yicha 7-repetitsion test!

12-mart kuni soat 10:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz saytida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Tanqidiy fikrlash (16 ta savol);
Muammoni hal qilish (24 ta savol);

Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.

Oʻquvchi va uning ustozi mos ravishda QR kodli sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

Testlarning tahlili bilan faqat ishtirokchilar o‘z sertifikatlari yordamida tanisha oladi.

Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 100 ta bepul tanga beriladi. (100% lik CASHBACK)

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_admin
8.9K views07:21
Ochish/sharhlash
2023-03-08 08:44:15
Eng goʻzal faslning eng birinchi bayrami bilan goʻzal qizlarimiz va onalar-u buvijonlarimizni chin qalbdan tabriklaymiz!

Hurmat bilan KHISO jamoasi!

@khiso
2.3K views05:44
Ochish/sharhlash
2023-03-07 12:43:31
Uzoq Tanaffusdan keyin o‘qituvchilar olimpiadasi

11-mart kuni soat 11:00 dan soat 23:00 ga qadar khiso.uz platformasida quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika
Geografiya
Ona tili va adabiyot
Ingliz tili
Rus tili
Nemis tili
Fransuz tili
Qoraqalpoq tili
Tarix
Boshlang‘ich ta’lim
Huquq
Tasviriy san’at va chizmachilik
Tarbiya
Texnologiya (Servis va Dizayn)
Musiqa

Barcha o‘qituvchilar soat 23:00 da QR kodli sertifikat yuklab olishadi.
Testlar soni 20 ta bo‘lib, oson-o‘rtacha-qiyin tartibda tuzilgan.
Ishtirokingizga mos reyting ballariga ham ega bo‘lasiz.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

Qo‘shimcha savollar uchun admin: @khiso_admin
8.1K views09:43
Ochish/sharhlash
2023-03-06 17:01:36
Navbatdagi IQ testga tayyormisiz?

Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabidan yutuqli tanlov!

9-mart kuni soat 11:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida!

Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

O‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida eng yaxshi 3 ta natija egasi kitoblar bilan taqdirlanadi!

O‘tgan safargi testda 74 ga nafar ishtirokchi maksimal ball to‘plagan har bir ishtirokchi kitoblar uchun 20 % chegirmani qo‘lga kiritishdi.

Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: @khiso
5.6K views14:01
Ochish/sharhlash
2023-03-06 16:47:27 "Yutuqli olimpiadalar marafoni" ning umumiy natijalari va g‘oliblarini e'lon qilamiz!

Yuqoridagi ishtirokchilar umumiy natijalarga ko‘ra g‘olib deb topildi va ularga "Mantiqiy matematika" va "Matematika olimpiada testlari" kitoblarimiz sovg‘a sifatida yuboriladi.
(Platformadagi raqami ishlab turishi shart!) G‘oliblar oldindan e'lon qilgan qoidaga ko‘ra aniqlandi.

Marafon jami 22516 nafar o‘quvchi, talaba va o‘qituvchini qamrab oldi.

Umumiy natijalarni quyidagi havola orqali bilib olishingiz mumkin: https://khiso.uz/news/yutuqli-olimpiadalar-marafoni-ning-umumiy-natijalari

Bizdan uzoqlashmang, oldinda sizni bir biridan qiziqarli olimpiadalar sizlarni kutmoqda!
4.7K views13:47
Ochish/sharhlash
2023-03-05 19:00:57
Xorazm namunasi - viloyat hokimi olimpiadasining 2-turi o‘tkazildi!

Olimpiadaning 2-turi Urganch tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va kimyo fanlaridan (7-8 sinf) o‘tkazildi. Ushbu turda 300 dan ortiq o‘quvchi bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

Umumiy natijalar bilan ushbu havola orqali tanishingiz mumkin.

Olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning keyingi turi 24-mart kuni Yangibozor tumanida matematika va biologiya fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
5.8K views16:00
Ochish/sharhlash
2023-03-05 17:00:46
DIQQAT,SUPER YANGILIK

Farzandingizni Prezident maktabida oʻqishini xohlaysizmi?

Imtihonga ham oz vaqt qolmoqda, biz esa sizni Prezident maktablari darajasida tuzilgan Online Sovrinli Olimpiadaga taklif qilamiz.

Fan: MATEMATIKA
Kuni:5-MART (Yaks
hanba)
Vaqti: 20:00-23:00
Qatnashish: BEPUL
Tes
t Manzili:
1-kanal / 2-kanal

1-o'rin: 50000 so'm
2-o'rin: 40000 so'm
3-o'rin: 30000 so'm

Har bir sinf doirasida alohidadan gʻoliblar, umumiy hisobda 12 ta eng kuchlilar aniqlanadi

Olimpiadada qatnashish uchun, xabarni barcha doʻstlaringizga ulashing

@prezident_maktabiga_testlar

Ta’lim Reklamasi
3.5K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-03-05 11:05:32
Bugun marafonning oxirgi kuni!

Bugun
5-mart kuni soat 11:00 dan 21:00 gacha matematika fanidan khiso.uz platformasida onlayn olimpiadalar bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: BATAFSIL

G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" va "Matematikadan olimpiada testlari" kitoblari bilan taqdirlanadi!
Ro‘yxatdan o‘tish: @khiso_uz_bot

Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Eslatib
o‘tamiz, bugungi olimpiadalarning 1-8 sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan qismi "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining oxirgi saralash bosqichi hisoblanadi.

Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: @khiso
9.5K views08:05
Ochish/sharhlash
2023-03-04 16:58:45
Iqtidorli oʻquvchilar yozgi maktabida qatnashishni xohlaysizmi?

“Ulugʻbek izdoshlari” olimpiadasining 3-mavsumining 6-saralash bosqichi!

Olimpiada ertaga 5-mart kuni soat 11:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz platformasida Oliy ta'lim, fan va Innovatsiyalar vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida 1-8 sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan o‘tkaziladi.

Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Natijalar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktabda ishtirok etuvchilarni aniqlashda inobatga olinadi.

Olimpiadaga @khiso_uz_bot orqali roʻyxatdan oʻtish shart!

Olimpiadaning qoidalari va tartibi.

Muvaffaqiyat yakshanbani ham oʻz ichiga oladi!

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: @khiso
8.1K views13:58
Ochish/sharhlash