Get Mystery Box with random crypto!

Menimcha, agar umumiy mahraj chizadigan bo’lsak, XVJ odatda ta | Iqtisodchi Kundaligi

Menimcha, agar umumiy mahraj chizadigan bo’lsak, XVJ odatda talab qiladigan “strukturaviy” islohotlar odatda to’g’ri va kerakli narsalar.

Mamlakatlar ularni qilishlari haqida va’dalar berib qilishmaydi xolos. Yoki chala qilishadi. Ya’ni Argentina va Pokistonning muammosi - XVJni aytganini qilmaganida deb o’ylayman, qilganida emas.

Bunday mamlakatlar hukumatlari odatda o’zi eplay ola olmaydigan darajada ko’p byudjet xarajatlarini qilib kelishadi va o’z valyutalarini suniy ushlab turishgan bo’lishadi. Buning natijasida shu muammo yuzaga keladi. Ya’ni importni narxi kerakligidan ortiq “arzon” tuyiladi - valyutani ushlash natijasida.

Endi XVJ maslahatlariga kelsak.
Agar analogiya qiladigan bo’lsam - do’xtirxonaga ko’proq borgan odamlarda umri qisqaroq bo’ladi degan korrelyatsiya mavjud. Bu to’g’ri korrelyatsiya. Sababi shundaki, aynan juda kasal odam do’xtirxonaga borishga ko’proq muhtoj. Demak, XVJdan yordam so’raydigan mamlakatlarda ham masala shunda - surunkali kasalligi bor - do’xtirga (XVJga) murojaat ko’proq qiladi. Lekin bu bilan, do’xtirni aytgani noto’g’ri degani emas. Menimcha aksincha to’g’ri. Valyutani suniy ushlamaslik kerak edi, byudjet xarajatlarini oshirmaslik kerak edi. Ya’ni fiskal intizom bo’lmaganidan, do’xtirga borishga majbur bo’lishadi. Muammolari ham, “turmush tarzi”dan, do’xtir faqatgina vaqtinchalik yechim bera oladi, shunda ham, agar amal qilishsa.


https://t.me/the_bakiroo/6217