Get Mystery Box with random crypto!

Informatika va AT

Telegram kanalining logotibi informatika — Informatika va AT I
Telegram kanalining logotibi informatika — Informatika va AT
Kanal manzili: @informatika
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.52K
Kanalning ta’rifi

Polshadagi hayot
Ushbu kanal O'zbekiston fuqarolarini rivojlangan davlatlarga qonuniy ishlashga borishni o'rgatishga mo'ljallangan.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-05-02 03:17:08 ​​Windows tizimida, dasturlarni tez ishga tushirish uchun kalit tugmalarni o'zimiz o'rnatamiz
#yaxshiginafoydali

Windows tizimida dasturlarni ishga tushirishni quyidagi yo'llari mavjud:
— "Пуск" orqali, kerakli dasturni topgan holda;
— ish stolidagi yorliq orqali;
Win+R orqali "Выполнить" oynasiga kerakli dasturni yozgan holda;
— dastur o'rnatilgan adresga kirib, exe faylni ishga tushirish orqali.

Yuqoridagi usullar sizdan vaqt talab qiladi, shu vaqtni tejash uchun dasturlarni kalit tugmalar orqali ishga tushirish yo'li mavjud, misol uchun Ctrl+J tugmalarni bossangiz, photoshop dasturi ishga tushsin deb o'rnatish mumkin.
Bunday qilish uchun, bizga HotkeyP dasturi yordam beradi:
1. HotkeyP dasturini ko'chirib olasiz va HotkeyP.exe faylini ishga tushirasiz.
2. Dastur ishga tushadi, agar ishga tushmasa demak dastur fon rejimida, ya'ni soat ko'rsatiladigan joyda paydo bo'ladi.
3. Dastur oynasidan "Создать" tugmasini bosasiz.
4. Yuqoridan, kerakli tugma(Ctrl, Alt, Shift)ni belgilaysiz va biror son yoki raqam yozasiz. Misol uchun, Shift tugmasini belgilaysiz va J tugmasini yozasiz. Bu kombinatsiya dasturni ishga tushirish uchun ishlatiladi.
5. "Команда" degan joyidagi, uchta nuqtani bosgan holda, qaysi dasturni ishga tushirish kerakligini topasiz. Misol uchun Word.exe va OK orqali bu oynani yopasiz.

So'ng, Esc (Окно→Скрыть) tugmasi orqali, dasturni soat oldiga tushirib quyasiz(dastur to'liq yopib yuborilmasligi shart) va Shift→J tugmalarini bossangiz, Word dasturi ishga tushadi.

Ancha ishingizni yengillashtiruvchi dastur, qo'shimcha tugmalarni(Ctrl, Shift, Alt) tanlamagan holda ham, faqat harf yoki raqam orqali dasturni ishga tushirish mumkin, Windows 10 tizimida tekshirildi.

@Informatika
1.9K views00:17
Ochish/sharhlash
2023-04-30 16:59:02
Bir nechta Word xujjatlarini bitta xujjatga birlashtirish

Ha, bu oddiyku, har bir hujjat ochilib, nusxa olinib, yangi xujjatga nusxasi tashlab chiqiladi, deb o'yladingiz. Umuman olib qaraganda, bu Word dasturini ustidan kulish, mavjud imkoniyatdan foydalanmaslikdir. Mayli, shu yo'l menga ma'qul dedingiz, agar xujjatlar soni 20 ta, 100 ta bo'lsachi?

Demak, bizda name1.docx, name2.docx, name3.docx nomli Word xujjatlali bor, bularni name.docx nomli xujjatda birlashtiramiz.

1. Word matn muharriri ochiladi.
2. "Вставка" bo'limiga o'tiladi.
3. "Объект" menyusi ochilib, "Текст из файла" tanlanadi.
4. Kerakli xujjatlar tanlanadi(name1.docx, name2.docx, name3.docx) va "Вставить".
5. Natijada, barcha fayldagi matnlar shu xujjatga ketma-ket tushadi.
6. Yangi xujjat name.docx deb saqlanadi.

Bu usul, Word2007, Word2010, Word2019 versiyalarida tekshirildi.
Akmal Xudayberganov

@informatika
1.4K views13:59
Ochish/sharhlash
2023-04-25 18:10:20
Yuqoridagi postga qo'shimcha video material

Windows 10
tizimiga " Безопасный режим " orqali kirishning qo'shimcha 3 usuli.

Tip: Video material
Hajmi: 6 MB
Davomiyligi: 3.35 m
Ovozi: Ovozsiz lekin tushunarli

@informatika
1.1K views15:10
Ochish/sharhlash
2023-04-22 03:07:24 Kompyuterda xavfsiz rejim

Kompyuterni yuklashda xavfsiz rejim(Безопасный режим, safe mode) orqali operatsion tizimga kirish mumkin. Qaysi hollarda bu rejimdan foydalanish lozim?

Operatsion tizim ishlashida nuqsonlar paydo bo‘lsa;
viruslar kompyuter yuklanishiga ta'sir qilsa(yoki tizim umuman yuklanmasa);
avtozagruzka bo‘limiga biror virus o‘rnashib qolib, ish jarayonini to‘xtatib qo‘ysa;
drayverlar bilan muammo bo'lsa;
tizimni qayta tiklash uchun(Средство восстановления системы).

Xavfsiz rejim orqali kompyuter yuklanganda, operatsion tizim yuklanishi uchun zarur bo‘lgan minimal dastur va drayverlar yuklanadi. Ortiqcha har qanday ishchi dasturlar, stillar, drayverlar bloklanadi(ishga tushmaydi), siz u yerda to'liq funksiyalar bilan ishlay olmaysiz, hattoki o'yin ham o'ynolmaysiz, chunki tizim standart drayver bilan ishga tushadi.

Odatda "Безопасный режим" ga kirish uchun, kompyuter yuklanayotganda F8 tugmasini bosish kerak bo‘ladi va "Safe Mode("Безопасный режим") punktini tanlanadi. Shundan so‘ng kompyuter xavfsiz rejimga o‘tadi.
Buni yuklangan tizimning chetki qismidagi " Безопасный режим " deb yozilgan qismidan ham bilib olish mumkin bo‘ladi(bilishning yana bir yo‘li, bu rejimda, odatda tizim qora fonda va shriftlar kattalashgan ko‘rinishda bo‘ladi).

Bu rejimga kirish yo'llari:
Odatda kompyuter yoqilayotganda F8 tugmasi tez-tez bosiladi va paydo bo'lgan menyudan " Безопасный режим " tanlanadi.
Operatsion tizimga kiriladi va u yerdan:
Win+ R(Выполнить) msconfig
"Конфигурация системы" oynasi ochiladi va "Загрузка" vkladkasiga o'tiladi va "параметры загрузка" bo'limidan "Безопасный режим" punkti belgilanadi va tizim qayta yuklanishga(перезагрузка) beriladi.

Kirib oldik, endi nima qilish kerak?
Muammoga qarab nima qilishligi kelib chiqadi, misol uchun drayver xato o'rnatilgan bo'lsa, o'chirib tashlanadi, avtozagruzkada virus bo'lsa, tozalanadi, qandaydir dastur ishlashga xalaqit qilsa, yaxshilab sozlanadi, hullas xavfsiz joydan muammolarga qarshi kurashiladi.
#windows10 #safemode

Akmal Xudayberganov

@informatika
1.6K views00:07
Ochish/sharhlash
2023-04-21 01:51:20
Ассалому алайкум. Барча мўмин мусулмонларга Рамазон ҳайити муборак бўлсин!

Байрамни кўтаринки руҳда ўтказинг, бу байрам байрамларнинг энг улуғидир!

@Nursaidovuz
1.0K views22:51
Ochish/sharhlash
2023-04-20 17:52:03
550 views14:52
Ochish/sharhlash
2023-04-20 15:43:49
MS Access dasturini o'rganish bo'yicha o'zbek tilida darslar

1. 1-dars Microsoft Access dasturida jadvallar bilan ishlash va ularning integratsiyasi

2. 2-dars MS Access formalar bilan ishlash

3. 3-dars MS Access dasturida so'rovlar bilan ishlash

4. 4-dars Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish

5. 5-dars MS Accessda makroslar bilan ishlash

6. 6-dars. MS Accessda tugmali formalar yaratish

7. 7-dars. MS Access da ishlash | Exceldan Accessga import qilish

Davomi bor...

@informatika
891 views12:43
Ochish/sharhlash
2023-04-19 09:24:31 #dastur #grafika #vizitka

MSBusinessCards dasturi orqali oson vizitkalar tayyorlaysiz. Hech qanday ortiqcha bilim talab qilinmaydi.

Diqqat: Dasturni arxivdan chiqarib oling!

Windows XP/7/8/10 -x32bit, x64 bit
88.4 mb

@informatika
1.3K views06:24
Ochish/sharhlash
2023-04-18 10:55:52 @Nursaidovuz ga ko'chyabmiz.

t.me/nursaidovuz
1.3K views07:55
Ochish/sharhlash
2023-04-18 05:48:30
#Excel #video_dars #agar_funksiya

Excel: Agar funksiyasi

Dasturlash tillari kabi qudratli AGAR funksiyasi – uni bilmasdan turib Excelda ishlashni bilaman deyish noto‘g’ri bo’lardi menimcha. Chunki u, dasturdagi eng asosiy qurollardan biri.

@informatika
1.8K views02:48
Ochish/sharhlash