Get Mystery Box with random crypto!

Informatika va AT

Telegram kanalining logotibi informatika — Informatika va AT I
Telegram kanalining logotibi informatika — Informatika va AT
Kanal manzili: @informatika
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.52K
Kanalning ta’rifi

Polshadagi hayot
Ushbu kanal O'zbekiston fuqarolarini rivojlangan davlatlarga qonuniy ishlashga borishni o'rgatishga mo'ljallangan.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2023-03-28 03:32:44 ChatGPT`ning kompyuter dasturi

Ushbu dasturni o'rnating va tezlikni his qiling.

@XizmatlarAI - Siz uchun harakatda
2.2K views00:32
Ochish/sharhlash
2023-03-28 03:25:10 Androidlar uchun kitob tayyorlovchi dasturni o’rnatib beruvchi o’zbekcha kompyuter dasturi

Android tizimlari uchun kitob tayyorlovchi dastur haqida bilsangiz kerak. Lekin bu dastur pullik bo’lgani uchun yoki o’rnatishdagi muammlolar sabab juda ko’pchilik bu dasturdan foydalanishda qiyinchiliklarga duch keladi.

Ushbu dastur nima uchun kerak:

1. Bu dastur orqali o’zingiz maqolalaringizni joylashitirib sotish imkoniyatini beradi.
2. Agar she’r yozsangiz, she’rlaringizni elektron kitob ko’rinishida tayyorlab do’stlaringizga sov’ga qilish imkoniyati;
3. Dastur orqali hikoya, qissa, roman va boshqa matnlarni android tizimlari uchun kitob holatida tayyorlash imkoniyatini beradi va hokazo…

Diqqat: Dasturni ketma-ketligi bo'yicha o'rnating.

@Nursaidovuz- o'zimizning dasturlar
2.1K views00:25
Ochish/sharhlash
2023-03-27 08:37:46 ​​Kompyuterni o'chirganingizda qanday jarayonlar sodir bo'ladi #nazariya

Kompyuter yonish/o'chishi o'z ichiga bir nechta jarayonlarni oladi.

Demak, Windows tizimida kompyuterni o'chirish buyrug'ini berganingizdan so'ng, quyidagi ketma-ketliklar sodir bo'ladi:

1. Dastlab, shutdown.exe utilitasi ishga tushadi, bu utilita kompyuter o'chishiga javob beradi.
2. Agar ishlayotgan dasturlar bo'lsa, sizdan bu dasturlarni nima qilishni so'raydi: dasturlarni darhol o'chiraymi yoki kompyuterni o'chirishni to'xtatib, o'zingiz o'chirishingiz uchun imkoniyat beraymi. Bu bosqichda kompyuterni o'chirishni to'xtatish mumkin.
3. Keyin, Windows fon rejimida ishlaydigan barcha dasturlarni, hamda tizimda ishlayotgan xizmatlarni(DNS, DHCP, EFS,...) o'chiradi.
4. Kompyuterga ulangan qattiq disklar uziladi, USB orqali ulangan fleshkalar ham shu bosqichda uziladi.
5. Oxirida, kompyuteri tezkor xotirasidagi barcha ma'lumotlar o'chiriladi.

Bundan kelib chiqadiki, ishlayotgan dastur, utilita, xizmatlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha kompyuter sekin o'chadi.

Agar kompyuterni tugma orqali darhol o'chirsangiz, shuncha jarayon bo'lmaydi yoki chala bo'lib, keyingi yoqilishida muammolar bo'lishi mumkin. Akmal Xudoyberganov

@informatika
517 views05:37
Ochish/sharhlash
2023-03-26 12:07:46 Mobil dasturlashni bepul o'rganish uchun

t.me/flutterdasturchi
588 views09:07
Ochish/sharhlash
2023-03-26 08:51:44 O'zbek tilida ilovalar kerakmi? Foydali mobil ilovalar haqida ma'lumotlarchi? Katta loyihalarga qiziqasizmi?

t.me/nursaidovuz
1.0K viewsedited  05:51
Ochish/sharhlash
2023-03-25 10:44:19
«Cambridge LC» va «Najot Ta'lim» markazlari 2 mlrd 500 mln so'mli grant e'lon qiladi!

Najot Ta'lim va Cambridge LC o'zaro hamkorlikda kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni mustaqil hayotga qadam qo'yishida ko'maklashish maqsadida «Kelajak yoshlari» nomli ta'lim grantini davom ettiradi.

Ramazon oyida boshlanib, keyingi Ramazon oyining oxirigacha davom etuvchi ushbu grantga bu yilgi qabul boshlanganini e'lon qilamiz.

Ushbu grantda 2 mlrd 500 mln so'mli ta'lim granti orqali 100 nafar yigit-qizga ingliz tili hamda dasturlash, grafik dizayn yo'nalishlarida 1 yil davomida bepul ta'lim berish reja qilingan.

«Kelajak yoshlari» grantida respublikamizning istalgan hududida istiqomat qiluvchi 15 yoshdan 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar ishtirok etish huquqiga ega.

Talabgorlar motivatsion xat va suhbat orqali «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» markazlari tomonidan saralab olinadi.

«Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» jamoalari ushbu xayrli ishni hech qanday moddiy manfaat ko'zlamagan holda, o'z qadriyatlaridan kelib chiqib, millat va vatan oldidagi burchi o'laroq amalga oshirmoqda!

«Kelajak yoshlari» grantiga ro'yxatdan o'tish

Eslatma: Ushbu grant uchun ro'yxatdan o'tish e'lon berilgan vaqtdan boshlab 3-aprel, soat 23:59 gacha davom etadi. Saralash va natijalarni e'lon qilish Ramazon oyining oxirigacha amalga oshiriladi.

P. S. Grant o'z egalariga yetib borishi uchun xabarni haqdor insonlarga yetkazing.

78-888-9-888
1.6K views07:44
Ochish/sharhlash
2023-03-25 03:01:06 ​​Kimga qanday monitor kerak?
#monitor #instruction

Xarakteristikalarini to'liq yozib o'tirmagan holda(boshilarni oritmaslik uchun), do'konga borib tayyor aytiladigan holda, soha bo'yicha qanday monitor olish kerakligi haqida maslahat berib o'tmoqdaman. Xarakteristikalarini to'liq alohida post qilib yozish niyat bor.

Uyda ishlash va o'ynash uchun monitor xarakteristikasi:
Matritsa: IPS.
O'lchami(diagonal): eng optimal variant  27 dyum.
Razresheniya: WQHD 2560x1440, mablag' kamroq bo'lsa, FullHD 1920x1080.
Ekran o'zgarish chastotasi: 75Hz.
"Время отклика": 3 yoki 5 ms.
Tomonlar o'lchami: 16:9.

Office ishlari uchun:
Matritsa: TN.
O'lchami(diagonal): 24 dyum va undan past.
Razresheniya: FullHD 1920x1080  bundan kattalarni olsangiz ham farqini unchalik sezmaysiz, agar monitor 24 dyum va undan kichik bo'lsa.
Ekran o'zgarish chastotasi: 60 Hz.
"Время отклика": 5 ms.
Tomonlar o'lchami: 16:9.

Professional o'yinchilar uchun(geymerlar)
Matritsa: VA.
O'lchami(diagonal): 27 dyumdan baland.
Razresheniya: WQHD 2560x1440, cho'ntak ko'tarsa 4K 3840x2160.
Ekran o'zgarish chastotasi: 144 Hz.
"Время отклика": 1,2 ms.
Tomonlar o'lchami: 16:9.

Professional video, audio, tasvir montajchilari uchun:
Matritsa: IPS.
O'lchami(diagonal): 27 dyumdan baland(32 dyum optimal).
Razresheniya: WQHD 2560x1440, agar cho'ntak ko'tarsa 4K 3840x2160 (video karta ham qo'llab quvvatlash kerak)
Ekran o'zgarish chastotasi: 120 Hz.
"Время отклика": 3 ms.
Tomonlar o'lchami: 16:9, ulta kenglik bo'lsa 21:9.

Bu tayyor qo'llanma, asosiysi mablag'ingizga bog'liq, lekin bitta olingan monitor ancha xizmat qiladi.

@informatika
2.1K views00:01
Ochish/sharhlash
2023-03-23 07:51:17 ​​Microsoft Word matn muharririda kerakli so'zlarni bir qatorga yozish
#lifehack

Hozirgi paytda Word dasturi bilan ko'pchilik ishlaydi, rasmiy xujjatlardan tortib, dissertatsiyalar, diplomlar hattoki oddiy ta'tilga chiqish uchun yoziladigan arizalar ham shu dastur orqali yozilmoqda, shu sababli bu dasturdan to'g'ri foydalanish bo'yicha ham postlar yozib turaman.

Ko'pchilik, xat yoki biror xujjat yozayotganda, bir qatorda yozilishi kerak bo'lgan so'zlarni, ikki qator qilib yozib yuboradi, chunki qator oxiriga kelganda, Word probeldan keyin keladigan so'zni keyingi qatorga o'tkazadi, bizga esa, birinchi qator oxiridagi so'z va keyingi qatordagi birinchi so'z bir qatorda yozilishi kerak.
Misol uchun, familiya ism yozayotganda yoki biror ajratilib yozilishi xunuk ko'rinadigan so'zlarda (va hakazo).

Kimgadur bu imkoniyat oddiy tuyulishi mumkin, lekin ko'pchilik shu imkoniyatdan foydalanmaydi va xujjatlarni savodsiz ko'rinishda yozadi.

Yuqoridagi holat bo'lmasligi uchun, kerakli so'zdan so'ng, probel emas, balki CTRL+Shift+probel tugmalari bosish kifoyda qiladi.
Shunda, bu tugmalar bosilishidan oldingi kelgan so'z va keyin keladigan so'z, keyingi qatorga o'tib, bir qatorda yoziladi(agar tushunarsiz bo'lsa, ilovadagi rasmga qarang).

Kompyuterni o'rganishni Word dasturidan boshlang, zero hozirda istalgan ishga kirishda bu dasturni bilish muhim!

@informatika
791 views04:51
Ochish/sharhlash
2023-03-23 07:44:41 Bizda IELTS / TOEFL imtihonlari "ilohiy" darajaga ko'tarilgan...

https://telegra.ph/Bizda-IELTS--TOEFL-imtihonlari-ilohiy-darajaga-kotarilgan-03-23
828 views04:44
Ochish/sharhlash
2023-03-22 15:21:03
Barcha musulmon ahliga ulug' Ramazon oyi muborak bo‘lsin!

Shu kunlarga yetkazganiga, shu lahzalar bilan quvontirganiga, Allohga behisob shukrlar bo‘lsin

@Nuruz
2.4K views12:21
Ochish/sharhlash