Get Mystery Box with random crypto!

Informatika va AT

Telegram kanalining logotibi informatika — Informatika va AT I
Telegram kanalining logotibi informatika — Informatika va AT
Kanal manzili: @informatika
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.52K
Kanalning ta’rifi

Polshadagi hayot
Ushbu kanal O'zbekiston fuqarolarini rivojlangan davlatlarga qonuniy ishlashga borishni o'rgatishga mo'ljallangan.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-06-30 15:51:42 Kanal o'z faoliyatini yakunladi.
2.3K views12:51
Ochish/sharhlash
2023-06-22 06:46:26 ​​Juda kerakli sozlashlarni, yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yish
#ancha_foydali

Ko'p ishlatiladigan dasturlar, xujjatlar, o'yinlar, musiqa fayllari, odatda, yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yiladi, bu to'g'ri tanlov, lekin bu bilan ish stolingizni to'latib tashlamang, aks holda u yerdan ham kerakli xujjatlarni topish qiyinlashadi.

Windows tizimini sozlash uchun, ancha imkoniyatlar mavjud, faqat bu imkoniyatlarni qidirib topish lozim. Quyida ba'zi sozlashlarni(ko'p ishlatiladigan) yorliq ko'rinishida ish stoliga chiqarib qo'yishni ko'rsataman.

1. Ish stolida sichqonchani o'ng tugmasini bosammiz va:
Создать → Ярлык
2
. "Укажите расположение объекта:" qismiga nimani yorlig'ini chiqarish kerakligi yoziladi, quyida qanday kalit so'z yozilsa, nimani yor'lig'ini ish stoliga chiqarish mumkinligini keltirib o'taman:
• ms-settings: - "Параметры Windows" asosiy sozlash oynasini chiqarish;
• ms-settings:display - "Дисплей" ekranni sozlash oynasi;
• ms-settings:sound - "Звук" ovozni sozlash oynasi;
• ms-settings:mousetouchpad - "Мышь" sichqonchani sozlash oynasi;
• ms-settings:network - "Сеть и интернет" tarmoqni sozlahs oynasi;
• ms-settings:personalization-background - "Фон" ish stoli fonini o'zgartirish oynasi;
• ms-settings:personalization-start - "Пуск" menyusini sozlash;
• ms-settings:taskbar - "Панел задач" oynasi;
• ms-settings:dateandtime - "Дата и время" oynasini chiqarish;
• ms-settings:windowsupdate - "Центр обновления Windows" oynasini chiqarish;
• ms-settings:windowsdefender - "Защитник Windows" oynasini chiqarish;
• ms-settings:privacy-accountinfo - "Сведения учетной записи" oynasi;
• ms-settings:easeofaccess-keyboard - "Клавиатура" oynasi;
vahokazo.
3. Kerakligini yozasiz va "Далее".
4. Faylga nom berasiz va "Готово".

Ish stolida siz tanlagan sozlash oynasi paydo bo'ladi, shu orqali kerakli sozlashni tez ishga tushirishingiz mumkin.

@informatika
6.1K views03:46
Ochish/sharhlash
2023-06-17 14:00:17 Kompyuter sichqonchasining dumaloq qismi nimalar qila oladi?
#foydali

Hozirgi sichqonchalarning chap va o'ng tugmasidan tashqari, ularning o'rtasida dumaloq qismi ham mavjud. Bu qismni siz nafaqat aylantirishingiz, balki bosishingiz ham mumkin.

Ko'pchilik, sichqonchaning bu imkoniyatidan foydalanmaydi, balki bilmas, quyida ushbu aylanadigan tugma nimalar qila olishini yozib o'taman:

— Dumaloq qismni aylantirish orqali, uzun sahifalarni quyi va yuqoriga o'tkazishingiz mumkin;
— ushbu qismni aylantirmasdan, balki bosib, va sekin sichqonchani yuqori va pastga sursangiz, uzun sahifalar avtomat o'tishni amalga oshiradi.
— brauzerlar vkladkasini, sichqonchani dumaloq qismini bosgan holda yopish mumkin(vkladkani istalgan joyida bosilsa, yopilaveradi, x tugmani bosish shart emas);
CTRL tugmasini ushlab turgan holda, sichqonchani dumaloq qismini aylantirish orqali, yozuv yoki ob'yektlar o'lchamini o'zgartirish mumkin;
— Internet saytlaridagi havolalarni, sichqonochaning dumaloq qismini bosgan holda, yangi vkladkada ochish mumkin;
— brauzerlarda, "Назад" tugmasini, sichqonchaning dumaloq qismi bilan bosilsa, oldingi sahifa alohida vkladkada ochiladi;
— brauzerning, "Обновить" tugmasi, sichqonchaning dumaloq qismi bilan bosilsa, shu sahifaning yangilangan holati, yangi vkladkada ochiladi.

@informatika
6.5K views11:00
Ochish/sharhlash
2023-06-14 06:47:30 ​​Sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish

Agar biron-bir sababga ko'ra sichqoncha kursorini klaviaturadan boshqarish kerak bo'lsa (masalan, simsiz sichqonchaning batareyasi tugagan bo'lsa), unda Windows 10 tizimida ushbu funksiyani faollashtirishingiz mumkin.

Buning uchun, Win+I yordamida sozlamalarni oching va "Специальные возможности -> Мышь" bo'limiga o'ting.

Sichqoncha kursorini klaviatura yordamida boshqarish imkoniyatini yoqing. Ko'rsatkich tezligini va tezlanishini sozlang. Shuningdek, ushbu sahifada siz ba'zi parametrlarni sozlashingiz mumkin.

Sichqoncha kursorini boshqarish qo'shimcha raqamli klaviatura yordamida amalga oshiriladi. 4, 6, 8, 2 - chapga, o'ngga, yuqoriga va pastga. 7, 9, 3, 1 - diagonal bo'yicha. 5 - sichqonchani bosish.

@informatika
6.2K views03:47
Ochish/sharhlash
2023-06-13 06:36:20 #My #life #2

Men Polshaning Szchecin shahrida istiqomat qilganim uchun, Polsha poytaxti Varshavadan, Germaniya poytaxti Berlin yaqin. O'zim uchun kerakli jihozlar va mahsulotlarni Berlindan olib kelaman.

Men - software engineering sohasi bo'yicha Amerikada tajriba ortirib, o'qib ishlab, keyin Polshaga kelganman.

Men - daromadim yaxshi bo'lsa-da, to'yimizga 10 kishi bo'lgan.

Men - 1000$ ga moshina sotib olganman va hali ham shu moshinada yuraman.

Men - bitta uyda turaman va boshqa uy sotib olmaganman.

Men - dunyoning 50 dan ortiq davlatlariga sayohat qilganman.

Men - har kuni 3 soat vaqtimni kitob o'qishga sarflayman.

Men - shunaqa odamman va shunday inson bo'lganligimdan faxrlanaman.

Polshadan siz uchun kamina bo'ldi!

!!! O'zbek tilida muloqot va yozishmalar deyarli bo'lmagani uchun xatolar bo'lsa uzr so'rayman...

@informatika
1.0K viewsedited  03:36
Ochish/sharhlash
2023-06-12 12:16:07 #My #life

Men Polshaning Szchecin shahrida yashayman va shu yerda Injinering sohasida ishlayman. Vaqt bo'lganda frilanserlik ham qilaman. Oylik daromadim 7000 euro. So'mda 86 mln atrofida.
Kanalni sotib olishdan maqsad, dunyo juda tezlashgani va bir degunimizcha yangiliklar chiqishi, bizni yangi jarayonlar kutayotganini kanal orqali yetkazish bo'ladi.

Bir sobiq O'zbekiston fuqarosi sifati-da, O'zbekistonliklarga birinchi navbatda dunyo tillarini tezroq o'rganishini, ko'proq kitob o'qishlarini, huquqlarini o'rganishlarini maslahat bergan bo'lardim.

Iloji bo'lsa, rivojlangan davlatlarda ta'lim olishini va ishlashini xohlardim. Chunki rivojlangan davlatlarda 5-sinfgacha o'rgangan bilimini, O'zbekistonda juda ko'p "professorlar" ham analiz qila olmaydigan darajaga kelgan.

Farzandingizni faqat o'qiting. Agar grant yutsa yoki chet elgan o'qishga kirsa ham uyingizni sotib bo'lsa ham o'qiting. Bu tez orada meva berishiga ishonaman...

Polshadan siz uchun kamina bo'ldi!

@informatika
1.6K viewsedited  09:16
Ochish/sharhlash
2023-06-12 07:49:35
Assalomu alaykum. Bugun @informatika kanali to'liq bizga o'tdi.

Kanalning oldingi admini @Nursaidovuz`ga rahmat aytamiz va kanal faoliyatini yangi bosqichga olib chiqamiz.

Bizning manzil: Koralowa 64x, 71-220 Bezrzecze, Polsha.
Telefon: +48 515 842 249
Aloqa: @InfoAloqa

@informatika
1.8K viewsedited  04:49
Ochish/sharhlash
2023-06-11 12:05:32
Agar sen qo‘ylar orasida bo‘lsang — hech qanday texnologiya va texnika senga odimlash uchun yordam bera olmaydi.

@informatika
2.5K views09:05
Ochish/sharhlash
2023-06-09 05:32:53Ish paytida ishlagingiz kelmasa, aybni kompyuterga ag'daring
#qiziq_info #lifehack

Ko'pchilikning ish jarayoni, kompyuterga uzviy bog'liq, agar kompyuter bilan muammo bo'lsa, yoki tok o'chib qolsa, ko'pchilik bekorchi bo'lib qoladi. Ishxonalarda tok uzilishini oldini olib qo'yishadi, lekin kompyuter bilan muammoni istalgan paytda amalga oshirish mumkin.

Kompyuter bilan sodir bo'ladigan muammolarni, kompyuter ustasini chaqirib tez hal qilish mumkin, lekin shunday muammolar borki, uni yechimi faqat kutish, usta ham kuting deb chiqib ketadi.

Bu qanday holat ekan deb qiziqdingizmi?
Bu operatsion tizimni yangilash(update) bilan sodir bo'ladigan holat, bunda operatsion tizim yangilanmoqda kuting, degan yozuv chiqadi va siz qanday martabadagi foydalanuvchi bo'lsangiz ham kutishingiz kerak.

Bu holatni sun'iy ravishda hosil qilish mumkin:
1. https://fakeupdate.net/ nomli saytga kirasiz.
2. O'ng tomonda kompyuteringizga qanday operatsion tizim o'rnatilgan bo'lsa(Windows 7, Windows XP, Windows Vista, Linux,...) o'sha tizim yangilanishini tanlaysiz.
3. Brauzerda shu tizim yangilanishi amalga oshirish boshlanadi, F11 tugmasini bosgan holda, bu holatni to'liq ekranga o'tkazasiz va siz istalgan vaqtgacha bo'shsiz.

@informatika
3.2K views02:32
Ochish/sharhlash
2023-06-06 06:50:56 Microsoft Word dasturining ancha foydali funksiyalarini yozishni davom ettiraman. Bu haqida yozishni boshlagan edim, endi davom ettiraman.

Word dasturida ishlash jarayonida, Windows'da ochiq turgan istalgan oynani rasmini avtomat ochiq turgan Word xujjatiga tezda tashlash mumkin.
Matn terish jarayoningizda sizga ochiq turgan biror oynaning rasmi kerak bo'lib qolsa, "Вставка" "Снимок" tugmasini bosasiz va u yerdan ochiq turgan aynan qaysi oyna kerakligini tanlaysiz va rasmini xujjatingizda ko'rishingiz mumkin bo'ladi.

Microsoft Word dasturida bajarilgan biror harakatni yana qaytarish funksiyasi.
Misol uchun biror so'z yozdingiz, biror shakl chizdingiz, shu ishni yana qaytarish uchun F4 tugmasi bosishning o'zi kifoya. Shunda oxirgi chizilgan rasm yoki yozilgan so'z yana qaytariladi.
Yana misol, biror so'zni o'chirdingiz, shundan so'ng F4 tugmasini bossangiz o'chirilgan so'z nechi simvolli bo'lsa, shuncha simvol yana o'chiradi.

Word dasturida sahifalar(varoq) bilan ishlash uchun ba'zi tugmalar:
CTRL + Page Up - oldingi sahifaga o'tadi
CTRL + Page Down - keyingi sahifaga o'tadi
CTRL + Alt + Page Up - kursor turgan sahifani boshiga o'tadi
CTRL + Alt + Page Down - kursor turgan sahifani oxiriga o'tadi.
CTRL + Home - birinchi sahifaga o'tadi.
CTRL + End - oxirgi sahifaga o'tadi.
CTRL + Enter - istalgan joyda bu tugmalarni bossangiz, yengi sahifa ochiladi(sahifani o'ratasida bo'lsangiz Enter bosib oxirigacha tushish shartmas)

Word xujjatiga parol qo'yish.
Файл Сведения Разрешения Защитит документ Зашифровать паролем

Word dasturini tez ochish:
Пуск Выполнить winword

Yuqoridagi funksiyalar Microsoft Word 2010 va 2016 versiyalarda tekshirib ko'rilgan, qolgan versiyalarida ham katta ehtimol bilan ishlaydi.
#microsoft #word

@informatika
3.7K viewsedited  03:50
Ochish/sharhlash