Get Mystery Box with random crypto!

Bir nechta Word xujjatlarini bitta xujjatga birlashtirish Ha, | Informatika va AT

Bir nechta Word xujjatlarini bitta xujjatga birlashtirish

Ha, bu oddiyku, har bir hujjat ochilib, nusxa olinib, yangi xujjatga nusxasi tashlab chiqiladi, deb o'yladingiz. Umuman olib qaraganda, bu Word dasturini ustidan kulish, mavjud imkoniyatdan foydalanmaslikdir. Mayli, shu yo'l menga ma'qul dedingiz, agar xujjatlar soni 20 ta, 100 ta bo'lsachi?

Demak, bizda name1.docx, name2.docx, name3.docx nomli Word xujjatlali bor, bularni name.docx nomli xujjatda birlashtiramiz.

1. Word matn muharriri ochiladi.
2. "Вставка" bo'limiga o'tiladi.
3. "Объект" menyusi ochilib, "Текст из файла" tanlanadi.
4. Kerakli xujjatlar tanlanadi(name1.docx, name2.docx, name3.docx) va "Вставить".
5. Natijada, barcha fayldagi matnlar shu xujjatga ketma-ket tushadi.
6. Yangi xujjat name.docx deb saqlanadi.

Bu usul, Word2007, Word2010, Word2019 versiyalarida tekshirildi.
Akmal Xudayberganov

@informatika