Get Mystery Box with random crypto!

​​Windows tizimida, dasturlarni tez ishga tushirish uchun kali | Informatika va AT

​​Windows tizimida, dasturlarni tez ishga tushirish uchun kalit tugmalarni o'zimiz o'rnatamiz
#yaxshiginafoydali

Windows tizimida dasturlarni ishga tushirishni quyidagi yo'llari mavjud:
— "Пуск" orqali, kerakli dasturni topgan holda;
— ish stolidagi yorliq orqali;
Win+R orqali "Выполнить" oynasiga kerakli dasturni yozgan holda;
— dastur o'rnatilgan adresga kirib, exe faylni ishga tushirish orqali.

Yuqoridagi usullar sizdan vaqt talab qiladi, shu vaqtni tejash uchun dasturlarni kalit tugmalar orqali ishga tushirish yo'li mavjud, misol uchun Ctrl+J tugmalarni bossangiz, photoshop dasturi ishga tushsin deb o'rnatish mumkin.
Bunday qilish uchun, bizga HotkeyP dasturi yordam beradi:
1. HotkeyP dasturini ko'chirib olasiz va HotkeyP.exe faylini ishga tushirasiz.
2. Dastur ishga tushadi, agar ishga tushmasa demak dastur fon rejimida, ya'ni soat ko'rsatiladigan joyda paydo bo'ladi.
3. Dastur oynasidan "Создать" tugmasini bosasiz.
4. Yuqoridan, kerakli tugma(Ctrl, Alt, Shift)ni belgilaysiz va biror son yoki raqam yozasiz. Misol uchun, Shift tugmasini belgilaysiz va J tugmasini yozasiz. Bu kombinatsiya dasturni ishga tushirish uchun ishlatiladi.
5. "Команда" degan joyidagi, uchta nuqtani bosgan holda, qaysi dasturni ishga tushirish kerakligini topasiz. Misol uchun Word.exe va OK orqali bu oynani yopasiz.

So'ng, Esc (Окно→Скрыть) tugmasi orqali, dasturni soat oldiga tushirib quyasiz(dastur to'liq yopib yuborilmasligi shart) va Shift→J tugmalarini bossangiz, Word dasturi ishga tushadi.

Ancha ishingizni yengillashtiruvchi dastur, qo'shimcha tugmalarni(Ctrl, Shift, Alt) tanlamagan holda ham, faqat harf yoki raqam orqali dasturni ishga tushirish mumkin, Windows 10 tizimida tekshirildi.

@Informatika