Get Mystery Box with random crypto!

Informatika va AT

Telegram kanalining logotibi informatika — Informatika va AT I
Telegram kanalining logotibi informatika — Informatika va AT
Kanal manzili: @informatika
Toifalar: Texnologiyalar
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 10.52K
Kanalning ta’rifi

Polshadagi hayot
Ushbu kanal O'zbekiston fuqarolarini rivojlangan davlatlarga qonuniy ishlashga borishni o'rgatishga mo'ljallangan.

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2023-04-03 06:06:53 ​​Serverlarni, biz ishlatayotgan kompyuterlardan nima farqi bor?
#foydali

Ko'p eshitib qolamiz: Sayt serverini buzishibdi, terminal ishlamayapti server bilan aloqa yo'q ekan, sizning to'lovingiz bizning serverga tushmadi(ayniqsa kommunal to'lovlarda) vahakazo.

Server o'zi nima?
Server ham, siz ishlatayotgan kompyuterga o'xshash temir, uning ham o'z qattiq disklari(HDD), tezkor xotiralari(RAM), protsessorlari(CPU) mavjud. Unga ham Windows, Linux tizimlarini o'rnatishingiz, office dasturlari bilan ishlashingiz, hattoki o'yinlar o'ynashingiz ham mumkin.

Shu yergacha, demak server ham oddiy kompyuter ekan degan xulosaga keldingiz, to'g'rimi?

Davom etamiz, shunday ekan, ular nega kompyuter deyilmasdan aynan server deyiladi, oddiy kompyuterdan nima farqi bor? shu savollarga quyida qisqa-qisqa qilib javob berib o'taman.

Serverlarni, oddiy kompyuterlardan quyidagi asosiy farqlari mavjud:
1.Ko'p protsessorli. Serverlarga bir nechta protsessorlar o'rnatish mumkin, ularning chastotasi, yadrosi, sovutish tizimi oddiy kompyuterlarga qaraganda kattaroq va chidamliroq.
2. Tezkor xotiralar(RAM) soni va sifati ancha yaxshi. Ulanish plankalari 16, 24 ta va undan ko'p bo'lishi mumkin, undan tashqari, server tezkor xotiralari o'z-o'zini to'g'irlash, bufferizatsiya kabi qo'shimcha funksiyalarga ega bo'ladi, ular ancha ishonchli hisoblanadi.
3. Qattiq disklar soni va sifati. Bitta serverga har xil turdagi qattiq disklar ulash mumkin, misol uchun:SATA, SAS, SSD vahakazo. Ularning soni server hajmiga bog'liq bo'ladi: 16,24,48...
4. Blok pitaniya. Serverlar uzoq vaqt o'chmasdan ishlashga mo'ljallangan bo'ladi, shu sabab, ularga bir nechta blok pitaniyalar o'rnatiladi, biri buzilsa ikkinchisi ishlayveradi.
5. Tashqi tuzilishi. Serverlar hajm jihatidan kattaroq va pishiqroq bo'ladi. Chunki uning ichiga ancha-muncha resurslarni joylash lozim.
6. Sovutish tizimi. Tinimsiz ishlaganligi sababli, serverlarda acha-muncha kullerlar bo'ladi, men ko'rgan serverlarda 8-10 ta kullerlar mavjud edi.
7. RAID Controller. Serverdagi ma'lumotlar juda kerakli bo'lgani uchun, qattiq disklarni nusxalash talab etiladi, bu ishni qilishda serverlardagi RAID kontroller degan mikrosxema yordam beradi.
8. Xizmat ko'rsatish. Serverlarni to'xtatmaslik uchun, ularga ishlab turganda xizmat ko'rsatish imkoniyati yaratilgan, misol uchun: buzilgan blok pitaniyani almashtirish, ishdan chiqqan vinchesterlarni serverni o'chirmasdan almashtirish vahakazo.
9. Boshqarish. Serverlar sovuq xonalarga joylashtirilganligi uchun, ularni o'sha honalarda boshqarmaslik maqsadida, masofadan turib boshqarish imkoniyatlari mavjud.
10. Tarmoq uchun katta imkoniyat. Serverlar bir nechta tarmoqlar bilan ishlashga mo'ljallangan bo'ladi, shu sabab ularga bir nechta tarmoq kartalari, optik kartalar ulanadi.

Bu farqlar asosiylari, ulardan tashqari boshqa kichik-kichik farqlari ham bor. Narxlarini o'zingiz tassavur qilavering: 2 ta protsessor, 16 ta tezkor xotira, 24 ta qattiq disk, 8 ta kuller, 2 ta blok pitaniya...

Bu yerda serverlarni umumiy tarzda, biroz bo'lsa ham tushuncha bo'lishi uchun qisqa qilib yozib o'tdim. Qiziq bo'lsa, keyinroq shu mavzuni yana yoritaman.

@informatika
1.5K views03:06
Ochish/sharhlash
2023-04-01 11:29:16
My.soliq.uz

@informatika
1.1K views08:29
Ochish/sharhlash
2023-04-01 07:29:57 ​​Kompyuter tezkor xotira(RAM)si haqida nimalarni bilish zarur

1.
Bu xotira protsessor bilan qattiq disk(HDD) ortasida ma'lumot tashuvchi hisoblanadi.
2. Energiyaga bog'liq bo'lgan xotira turi.
3. Har hil ko'rinishi mavjud: Statik(SRAM), dinamik(DRAM).
4. Har hil ulanish turlari bor DRAM uchun: DDR2, DDR3, DDR4. SRAM ko'rinishi esa sxema ko'rinishida plataga qotirilgan bo'ladi.
4.1 DDR turlarini o'rniga o'rni almashtirib bo'lmaydi, ulanishlari har xil.
5. Hajmi qancha katta bo'lsa, shuncha kompyuter tezkorroq ishlaydi(albatta ulanish turlari va chastotalarini hisobga olgan holda), chunki ko'roq ma'lumot sekin ishlaydigan qattiq diskda emas, tezkor xotirada saqlanadi.
6. Kompyuter "Гибернация" rejimiga o'tganda, tezkor xotiradagi ma'lumotlar yo'qolmasligi uchun, qattiq diskka tashlanadi.
7. Statsionar kompyuter uchun DIMM modul, notebooklar uchun SO-DIMM modul deyiladi, bir biriga tushmaydi.

Hozirda DDR5 ham 2021-yil oxiridan beri sotuvda bor.

DDR5
- SDRAM deb ham ataladigan ikki tomonlama ma'lumot tezligi sinxron dinamik tasodifiy kirish xotirasining 5-avlodi.

@informatika
1.5K views04:29
Ochish/sharhlash
2023-04-01 07:06:53
ChatGPT'dan ro'yhatdan o'tish noma'lum muddatga to'xtatilibdi. Lekin login paroli borlar bemalol ishlatishlari mumkin.

Bunga, yaqinda sun'iy intellekt ish faoliyatini to'xtatib turish bo'yicha olimlar murojaat bilan chiqishi sabab bo'lishi mumkin.

Rasmda(Roʻyxatdan oʻtish vaqtincha ishlamayapti, bir soatdan keyin qaytadan tekshiring.). Kecha ham shu ahvol edi.

Kanal manzili: https://t.me/XizmatlarAI
1.5K views04:06
Ochish/sharhlash
2023-04-01 03:11:56 Yaponiyada o‘qituvchi talabalarga shunday der ekan: «Sening o‘qishdagi muvaffaqiyating Yaponiyaning muvaffaqiyatidir. Muvaffaqiyatsizliging Yaponiyaning muvaffaqiyatsizligidir».

O'zbekistonda o'qituvchi o'quvchilarga shunday der ekan: "Sening ustingdagi forma, davomat va openbyudjetdagi har sms'ga yordaming bizning ishlashimiz kafolatidir".

Bu gaplarni Rossiyada qor kurab yurgan Eshpo'lat, haligacha tushunmay o'ylanib yurardi....

@informatika
2.7K views00:11
Ochish/sharhlash
2023-03-31 16:08:43
Италияда ChatGPT'дан фойдаланиш тақиқланди

Мамлакат нейрон тармоқни тақиқлаган дунёдаги биринчи давлатга айланди. Расмийлар ChatGPT шахсий маълумотлар тўғрисидаги қонун ҳужжатларини бузган деб ҳисобламоқда.

Лекин биз хавотирланмасак ҳам бўлади. ChatGPT Янги Ўзбекистонда хизмат кўрсатмайди. Шунинг учун ноқонуний йўллардан рўйхатдан ўтиб юрибмиз...

@informatika
2.3K viewsedited  13:08
Ochish/sharhlash
2023-03-31 12:50:07 Kanal “Boburnoma” kitobiga bagʻishlangan. Barcha illyustratsiyalar “MidJourney” sunʼiy intellekti yordamida yaratilgan.

Bu ishlar tariximizni o'rganishga oson bo'ladi deb umid qilamiz.

https://t.me/boburnama
2.3K views09:50
Ochish/sharhlash
2023-03-30 20:23:05
ChatGPT orqali sizga ingliz tilida maqola va tezislar yozishga yordamlashamiz!

Maqola tartibi quyidagicha bo'ladi

1. Mavzu nomi
2. Annotation
3. Keywords
4. Introduction
5. Metodology
6. Result and analysis +
7. Summary or Conclusion:
8. References

Xizmat narxi: Maqola uchun 30 ming so'm, tezis uchun 20 ming so'm.

Murojaat uchun: @Xizmatlar_ai

Kanal manzili: https://t.me/XizmatlarAI
2.7K views17:23
Ochish/sharhlash
2023-03-29 21:06:24 2022-2023 yillarda o‘qituvchilarning maoshi eng yuqori bo‘lgan dunyo mamlakatlari reytingi:

1. Shveysariya 6240$ (O'rtacha moshina narxi: 3.000$)
2. Daniya 6190$ (O'rtacha moshina narxi: 2.500$)
3. Lyuksemburg 5850$ (O'rtacha moshina narxi: 4.000$)
4. Norvegiya 5450$ (O'rtacha moshina narxi: 3.500$)
5. Islandiya 5430$ (O'rtacha moshina narxi: 3.500$)
6. Germaniya 4390$ (O'rtacha moshina narxi: 2.500$)
7. Yaponiya 3990$ (O'rtacha moshina narxi: 3.000$)
8. Belgiya 3900$ (O'rtacha moshina narxi: 2.500$)
9. AQSH 3900$ (O'rtacha moshina narxi: 4.000$)
10. Finlyandiya 3900$ (O'rtacha moshina narxi: 3.000$)

———————————-

178. O'zbekiston 250$ (O'rtacha moshina narxi: 15.000$)

Kanal: meniki, seniki, bizniki: @informatika
6.8K viewsedited  18:06
Ochish/sharhlash
2023-03-29 02:40:58 “Эй иймон келтирганлар! Адолат ила туринг ҳамда агар ўзингиз, ота-онангиз ва қариндошларингиз зиддига бўлса ҳам, Аллоҳ учун тўғри гувоҳлик берувчи бўлинг. Агар у бой бўлса ҳам, камбағал бўлса ҳам, Аллоҳ уларга яқинроқдир. Ҳавои нафсга эргашиб, адолатсизлик қилманг. Агар тилингизни бурсангиз ёки юз ўгириб кетсангиз, албатта, Аллоҳ нима қилаётганингиздан хабардордир.

(Нисо сураси, 135-оят)
1.3K views23:40
Ochish/sharhlash