Get Mystery Box with random crypto!

iBooK.uz

Telegram kanalining logotibi ibook_uz — iBooK.uz I
Telegram kanalining logotibi ibook_uz — iBooK.uz
Kanal manzili: @ibook_uz
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 16.40K
Kanalning ta’rifi

🔹iBooK — Biz ilm bilan fath qilamiz!
📍Manzil: Chilonzor tumani, Shuhrat chorrahasi
https://maps.app.goo.gl/vLF45gVeUJvr3yoF9
⏳ Ish vaqti: 09:00–23:00
👨🏻‍💻 Xarid uchun: @iBook_Uzbekistan
☎️ Murojaat uchun: 998971891199
🤝 Hamkorlik: @ibook_ham

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 69

2022-05-27 13:18:13 ​​​#Kitobxon_fikri

So'nggi yuz yillikda, G'arb madaniyatining "ommalashuvi" va "go'zalligi" avj olgan davr. Islom madaniyati, Islom birligining ortda qolishi kuzatildi. G'arb olamining jimjimador erkinligi ortida nima bor? G'arb olami qanday manfaatlar ustiga qurildi? Bir zamonlar dunyoning turli nuqtalaridan kelib Islom yurtlaridan ilm o'rganishar, madaniyatidan esa hayratga tushishar edi. Shu zamonlarni qaytarish vaqti yetmadimi? Ham dunyoviy, ham diniy ilmga ega insonlarni yetishtirib chiqarish uchun davlat nimalarga e'tibor berishi kerak? Asl adolat va siyosat qanday bo'lishi kerak?

Kitoblar endi shunchaki yodlanmaydi, balki tafakkur qilinadi. Barcha ishlar shunchaki bajarilmaydi, endi Allohning roziligi oliy o'ringa chiqadi. Jamiyat tarqoq bo'lmaydi haq uchun birlashadi!

Tirilish nasli — tirilish nuqtasi, uyg'onish nuqtasi.

Ushbu kitobni barcha-barchaga o'qishni jon dilimdan tavsiya qilaman. Shubhasiz siz uchun manfaatli bo'ladi, nasib!

Kitobdan iqtiboslar:

Musulmon kuchli bo'lishga majbur. Bu uning burchi. Ham o'z e'tiqodi va madaniyatini asrash uchun, ham zulmning insoniyatga qo'l tekkiza olmasligi uchun.

Islom mamlakatlariga yangi bir nasl kelmoqda. Bu tirilish naslidir! Tanazzulga yuz tutgan kunimizdan bugunga qadar qonga va terga botib qilingan harakatlar shuning uchundir!

Dunyodagi narsalarga yangidan ma'no yuklaysan! O'shanda Alloh ham senga sening o'z ma'noyingni bag'ishlaydi.
Jami1ov Tirilish nasli — Sezai Karakach

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
4.2K viewsedited  10:18
Ochish/sharhlash
2022-05-27 12:05:21
Rasululloh sallallohu alayhi vasallam dedilar: «Moʻmin yigit Alloh nomi ila biror ishga qasam ichsa, Alloh taolo oʻsha ishni albatta amalga oshiradi». Haqiqiy moʻmin-musulmon faqat oʻta zarur hollardagina Alloh nomi bilan qasam ichadi.

Islomda yoshlar tarbiyasi
Shayx Muhammad Xoyr Shaʼal


Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
5.0K viewsedited  09:05
Ochish/sharhlash
2022-05-27 09:12:06
#Asardan

«Agar sen dunyoda bo'lsang, sening vaqting dunyodir, agar sen oxiratda bo'lsang, sening vaqting oxiratdir. Agar qo'rqsang, vaqting qo'rquv,
bezovta bo'lsang, vaqting notinchlikdir. Sen vaqtning haqiqatini top, vaqtning hukmi
ostida qolishdan xalos bo'l. Hatto vaqtni o'z hukmronliging ostiga ol. Sen ham savol, ham javobsan. Senda ham badan, ham ruh mavjud. Ichki erkinligingga qovush. Agar sen nigohingni o'z qalbingga burib qo'ya olsang, ma'rifatli bo'lasan. Hamma narsa tashqi tomondan ziddiyatlidir, ammo, ichki olaming bilan uyg'unlikda birlashishing mumkin».

Hanna
Bahodir Yangishaharlikoʻgʻli

Narxi: 30.000
Muqova: yumshoq
Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
5.8K viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2022-05-26 19:37:15#Buni_bilarmidingiz

Kitob o'qish qon bosimini pasaytirishi va yurak urishini kamaytirishi aniqlangan. O'y-fikrlaringizni bir joyga jamlashga yordam berish orqali tanangizni ham dam olishga yordam beradi. Kitob o'qish va boshqotirma o'yinlarini o'ynash kabi aqliy jihatdan qiyin mashg'ulotlar bilan shug'ullanish keksalikda kognitiv pasayishni sekinlashtirishga yordam berishi ko'rsatilgan. Bu muntazam kitob o'qiydigan odamlarda Altsgeymer kasalligi yoki boshqa yoshga bog'liq neyrodegenerativ kasalliklar ehtimolini kamaytiradi.

O'qish depressiyadan xalos bo'lishga yordam beradi. Ayniqsa, badiiy adabiyotni o'qish, chunki u odamlarga o'z dunyosidan vaqtincha qochishga va ular o'qigan qahramonlarning sarguzashtlariga sho'ng'ishga yordam beradi. Shuningdek, uyqu salomatligimiz uchun qanchalik muhimligini hammamiz bilamiz. Yotishdan oldin kitob o'qish odamlarga osonroq va tezroq uxlab qolishlariga yordam beradi. Uyquga tayyorgarlik ko'pchiligimiz, ayniqsa yotishdan oldin telefonimizga ko'p vaqt sarflaydiganlar bilan kurashadigan narsadir. Yotishdan oldin telefonlarimizga qarash o‘rniga kitob varaqlash, sog'lig'ingizda ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.

Tirilish — Biz ilm bilan fath qilamiz.
3.8K views16:37
Ochish/sharhlash
2022-05-26 09:59:48





(Shu jajji qizaloq ham iBook.uz`dan kitob olib ketyapti, Siz nima qilib yuribsiz?)) )

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
6.9K viewsedited  06:59
Ochish/sharhlash
2022-05-26 07:50:32
iBook.uz'da bolalar adabiyoti!

1-iyun, bolalar kuni ham yaqinlashib qoldi. Bolalar kelajagi uchun ularda kitobxonlikka mehr uygʻotish juda muhim. Ayniqsa, ertaklar bolalarning tasavvur va dunyoqarashi, soʻz boyligini oshiradi.

iBook.uz doʻkonida juda koʻp bolalar adabiyotlari mavjud. Turfa rasmli kitobchalar oʻyinqaroq bolajonlarni ham oʻz oldida mixlab qoʻyishi aniq.

Ayiqvoy Osete — 25000
Как медведь трубку — 15000
Jayxun va alanga — 25000
Ingliz tili kichkintoylarga — 20000
Irkit ayiqcha — 15000
Летучий корабль — 15000
Etik kiygan mushuk — 25000
Boshlangʻich lugʻat — 10000
Rasmli-mavzuli lugʻat — 20000
Rasmli lugʻat — 5000
Masnaviydan oʻgitlar — 8000
Muzqaymoq — 7000
Baxtsiz shahzoda — 25000
Bola odobi bilan aziz — 45000
Jajji iqtisodchi — 10000
Uzunpaypoq Peppi — 20000
Oskar va Pushti xonim — 20000

Bolalarga bayramda kitob sovgʻa qiling. Kitobdan yaxshiroq sovgʻa bu yaxshi kitobdir!

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
6.7K viewsedited  04:50
Ochish/sharhlash
2022-05-25 13:52:05
Bugun 25-may, soʻnggi qoʻngʻiroq! Bitiruvchilar, sinfdoshlaringizga qanday sovgʻa berdingiz?

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
7.8K views10:52
Ochish/sharhlash
2022-05-24 21:32:37
Tushundingizmi?

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
3.2K views18:32
Ochish/sharhlash
2022-05-24 18:11:35 DIQQAT

KITOBXONMISIZ? DEMAK, USHBU POSTNI OXIRIGACHA O'QIMASANGIZ BO'LMAYDI)))!!!


@IBook_uz da "Bir oyda bir kitob" loyihasiga yana start berilmoqda

Bu qanday loyiha deysizmi?

Endi siz har oy biz bilan bitta manfaatli kitob o'qishingiz va musobaqada qatnashib, g'olib o'laroq ajoyib sovg'alarga ega bo'lishingiz mumkin .

Tanlov uch bosqichda amalga oshiriladi:

Dastlabki bosqichda loyiha koordinatori (@Ilm_nurdir1997) ga murojaat qilib, ro'yxatdan o'tishingiz kerak;
Keyingi bosqichda tanlangan kitob yuzasidan har bir kitobxon taqriz yozib, muhokama kuni tugagunga qadar koordinatorga yuborishi lozim;
So'nggi bosqichda esa ishtirokchilar koordinator tomonidan tuzilgan test savollariga javob yozishlari kerak bo'ladi.

Bunda :

Test savollariga eng birinchi bo'lib to'g'ri javob yo'llagan dastlabki besh ishtirokchi g'olib deb e'lon qilinadi.

G'oliblarga:

1–o'ringa @iBook_uz do'konidagi kitoblar uchun 150 ming so'mlik vaucher;

2–o'ringa loyihaning keyingi sonidagi muhokamaga qo'yiladigan kitobi hamda bir martalik 10% lik chegirma;

3–o'ringa @iBook_uz loyihasi kitoblari uchun 10% lik chegirma (bir martalik)


TAQDIM ETILADI!!!

Eslatma:
Loyihamizning may oyidagi soni uchun Sezai Karakochning "Tirilish nasli" kitobi tanlandi!


"Bir oyda bir kitob" tanlovida ishtirok etishni istaganlar @BirOydaBirKitob_rasmiy sahifasiga a'zo bo'lishi talab qilinadi. Tanlov shu sahifada tashkil etiladi.


BIZ ILM BILAN FATH QILAMIZ!!!

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
4.9K views15:11
Ochish/sharhlash
2022-05-24 11:11:19
Nihoyat shu kun keldi!

Bugundan boshlab "Tirilish nasli" kitobi barcha doʻkonlarga tarqatilmoqda. Onlayn buyurtmalarni ham qabul qilish boshlandi. Ertadan kitob doʻkonimizda mavjud boʻladi.

Yagona tilagimiz — har bir inson, xoh u erkak boʻlsin, xoh ayol, xoh yosh boʻlsin yoki keksa tirilish naslining vakiliga aylansin!

Sahifalar soni: 96
Muqova: yumshoq
Narxi: 18.000

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
6.8K views08:11
Ochish/sharhlash