Get Mystery Box with random crypto!

iBooK.uz

Telegram kanalining logotibi ibook_uz — iBooK.uz I
Telegram kanalining logotibi ibook_uz — iBooK.uz
Kanal manzili: @ibook_uz
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.78K
Kanalning ta’rifi

🔹iBooK — Biz ilm bilan fath qilamiz!
📍Manzil: Chilonzor tumani, Shuhrat chorrahasi
https://maps.app.goo.gl/vLF45gVeUJvr3yoF9
⏳ Ish vaqti: 09:00–00:00
👨🏻‍💻 Xarid uchun: @iBook_Uzbekistan
☎️ Murojaat uchun: 99888 1181199
🤝 Hamkorlik: @ibook_ham

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 82

2022-04-19 12:46:23
Kimgadir yoqar lola, kim atirgul shaydosi, deganlaridek, kitob oʻqishda ham har kimning didi turlicha.

Kimdir doimiy ilmiy kitob oʻqiydi, kimdir badiiy. Badiiy adabiyot oʻzi ham bir necha turni qamrab oladi.

Xoʻsh, siz koʻproq qaysi turdagi kitoblar oʻqiysiz va nega aynan u? Kommentlashamiz

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
13.7K views09:46
Ochish/sharhlash
2022-04-19 07:34:26
«Hayotga ortiq muhabbat qoʻymay qoʻygan kuning maqsading ham chalkashib, murakkablashib ketadi».

Kamon yoʻli
Paulo Koelo
Narxi: 18.000

25-aprel sanasiga qadar iBook kitoblari toʻplamini 12% chegirmada xarid qiling, bepul yetkazib beramiz. Shoshiling, chegirmaga oz qoldi!

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
13.7K views04:34
Ochish/sharhlash
2022-04-18 16:51:05Bo'ldi-da endi! Qachongacha ingliz tilini o'rganyapman deb o'zingizni aldaysiz?

Uyg'onish payti keldi. O'z ustingizda ishlamas ekansiz, hech narsaga erisha olmaysiz, unutmang!

Hoziroq o'rningizdan turingda, eng kichik vazifadan boshlang. 100 ta emas, 10 tagina so'z yodlang. Buni kam deb o'ylamang. Agar har kuni 10 tadan so'z yodlashni o'tgan yili boshlaganingizda edi... Hozir 4 000 ga yaqin so'zni yoddan bilgan bo'lar edingiz...

Endi tasavvur qiling, hozir boshlamasangiz, kelasi yil ham xuddi shu ahvolingizda xayol surib o'tirgan bo'lishingiz mumkin!

Endi qanaqa kitobdan boshlashni bilmayman, deb bahona qilmang!

Buning yechimi oddiyku. "YUKSALISH BOOKS" kitoblaridan o'qishni boshlang va ingliz tilini osongina o'rganing!

Til oʻrganishdek ogʻir masʼuliyatni zavqli jarayonga aylantirish oʻz qoʻlingizda!

Narxi: 99.000
Murojaat uchun:
@iBook_Uzbekistan
+998930794414

Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi.
14.0K viewsedited  13:51
Ochish/sharhlash
2022-04-18 12:14:41
#yangi_kitob

Etiketning oltin qoidasi

Xalqimizda "Mehmonning libosiga qarab qabul qilinadi, odobiga qarab kuzatiladi", degan naql bor. Demak kishi nafaqat yaxshi qabul qilinishi, balki ijobiy kuzatilishi uchun ham etiket qoidalarini bilishi muhim.

Soch turmagidan tortib oyoq kiyimni yechib ichkariga kirishgacha, suv ichishdan tortib turli noqulay vaziyatlarda oʻzini qanday tutishgacha — barchasining oʻz qoidalari mavjud va bu etika, etiket deb ataladi.

Zamonaviy dunyoda madaniyatli inson sifatida hurmat qozonish, shaxslararo munosabatda muvaffaqiyatga erishish uchun etiket qoidalarini oʻrganish muhim. Ushbu kitob bu yoʻlda sizga ajoyib qoʻllanma boʻla oladi.

Muallif: Sabrina
Muqova: qattiq
Narxi: 45.000
Sahifalar soni: 444

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi.

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
13.4K views09:14
Ochish/sharhlash
2022-04-18 07:06:05
Haq mayidin kimsa bir qultum ichar,
Bir emas, ul ikki olamdin kechar.
Ul musaffo may sururi o'zgacha, Mastligi etgay davom Mahshargacha.


Bu inson qaysidir millatning ijodkori emas. Rumiy, jumlai bashariyat nomini hamisha iftixor ila tilga oladigan buyuk ijodkor, betimsol alloma.

Uning videoda aks etgan ushbu kitoblarini oʻqish tavsiya etiladi:

Ichindagi ichindadur — 20.000
Hikmatlar — 18.000
Yetti majlis — 20.000
Qalb ko’zingni och — 10.000

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
13.1K views04:06
Ochish/sharhlash
2022-04-17 19:00:06 ​​#kitobxon_fikri

Murat Tosunning “Olim yetishtirgan onalar” kitobi

Nomini qaytadan o’qing! Olim yetishtirgan onalar.. Nomini o’zi ham juda go’zal! shunday emasmi?! Robbim olim yetishtirgan onalar qatorida qilsin! Sizni, mani va barcha ayollarni

Bir achchiq haqiqatni sizlarga aytadigan bo’lsam: Biz ayollar farzand dunyoga keltirishimiz, Onalik maqomini oldik degani emas.. Farzand dunyoga keltirib, men ham Ona bo’ldim desak adashamiz! Shuncha mashaqqatlar ila dunyoga keltirdim axir, nega bu nomga loyiq emas ekanman?! desak ham adashamiz!

Haqiqiy mashaqqat bundan keyingilaridir, ya’ni farzandimizni tarbiyalashda: Allohga suyukli va sodiq banda, Rosululloh ummati nomiga loyiq inson,(sollallohu alayhi vasallam) Haq dinda yani İslom dinida faqih, hafizi quron bo’lishida Alloh qodir qilgancha harakat qilishimiz, mana shudir haqiqiy mashaqqat va haqiqiy Onalik. Bunday natijani farzandlarimizda ko’rmaguncha harakatdan to’xtamaslikdir asl Onalik.

Bu ulug’ so’zga loyiq bo’lishimiz farzandimizni 9 oy vujudimizda ko’tarib, so’ng dunyoga keltirishimiz bilan o’lchanmaydi.. Buni aslo unutmaylik! Biz faqat Ona degan nomni olishimiz emas! Aynan shu nomga munosib bo’lishimiz ham kerak! Bu nomga munosib bo’la olamizmi? oldikmi? yo’qmi buni katta ehtimol bilan farzandimizga bergan tarbiyamiz orqali anglab yetamiz..

Kitobga kelsak, aynan biz ayollar o’rnak, namuna va ibrat olishimiz kerak bo’lgan Onalar (Payg’ambarlar, sahobalar, ulug’ insonlar) onalari haqida yozilgan.. Ma’lumotlar qisqa- qisqa berilgani bilan, eng keraklilari biz uchun saralab, tanlab olingan..
Kitobni albatta o’qing, ibrat oling, va harakat qiling. O’zingiz olima bo’lmagunizcha farzandingiz qayerdan ham olim bo’lsin?! Tarbiyani avval o’zingizdan boshlang. Kitob sizga aynan shu narsalarni o’rgatadi..

Bu gaplar, bu nasihat yoki maslahatlar avval o’zimga keyin sizga qadrlilarim. Alloh barchamizni Olim farzandlar tarbiyalashda va olim yetishtirgan Ona bo’lishimizda ko’maklashsin

fehriyyasbook

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
13.8K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-04-17 16:03:02
Ingliz tilidagi "Early bird" va "Night owl" iboralari haqida eshitganmisiz?

Tong saharda uygʻonib, ishlarini kunning birinchi yarmida bajaradigan kishilarga nisbatan ingliz tilida "early bird" — "barvaqt uygʻonadigan qush" atamasi ishlatiladi.

Faqat tunda faol boʻladigan, kunduzdan tunni afzal koʻradiganlarni esa "night owl" — "tungi boyoʻgʻli" deb atashadi. Bundan tashqari, ishlarini kun davomida bajarib yurishni istaydiganlar ham yetarli.

Xoʻsh, siz qaysi guruhga mansubsiz, koʻproq qaysi paytda kitob oʻqishni, dars qilishni xush koʻrasiz?

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
13.0K views13:03
Ochish/sharhlash
2022-04-17 13:30:59
#yangi_kitob

Yosh vrach kundaligi

«"Endi juda kech" deya oʻyladim koʻkimtir chizilgan rasmga uzoq tikilib. Boshimga uzoq va mashaqqatli ish tushganini his qildim. Kasalxona tomon ketarkanman, hatto qor boʻronini ham sezmasdim».

Mashhur "Ityurak" asari koʻpchilik kitobxonlarga manzur kelgan Mixail Bulgakovning yana bir asarini mutolaa qiling. Nafaqat kasalliklar, balki jaholat bilan ham kurashgan doktor hikoyalari hayotga nisbatan qarashlaringizni qayta koʻrib chiqishga undaydi.

Muallif: Mixail Bulgakov
Muqova: yumshoq
Narxi: 20.000
Sahifalar soni: 124

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi.

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
12.8K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-04-17 11:16:02
Bir qarashda kichkina kitob ichiga nimalarni sig’dirganini ko’ring-a!
(Bundan ham koʻp kadrlarni sigʻdirish mumkin edi aslida..)

Jannatga taklifnoma” haqida biroz fikrlashmaymizmi izohlarda?!

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
12.8K views08:16
Ochish/sharhlash
2022-04-17 07:47:41
#yangi_kitob

Aslingizdek boʻlishga tayyormisiz?

"Yo asling kabi koʻrin, yoki koʻringaningdek boʻl", degan edi Jaloliddin Rumiy. Inson oʻzini, oʻz aslini topib, uni isloh etsagina dunyoni egallaydi, chinakam saodatga erishadi. Muvaffaqiyat boshida ham aynan oʻzni anglab, kashf etish yotadi.

Siz oʻzligingizni kashf etdingizmi? Aslingizdek boʻlishga tayyormisiz? Javob berishga shoshilmang. Ushbu kitobni mutolaa qiling va hayotga, oʻzingizga nisbatan qarashlaringizni yangi darajaga olib chiqing.

Muallif: Yulduzxon Nazar
Muqova: qattiq
Narxi: 35.000
Sahifalar soni: 300

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi.

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
13.8K views04:47
Ochish/sharhlash