Get Mystery Box with random crypto!

​​​#Kitobxon_fikri So'nggi yuz yillikda, G'arb madaniyatining | iBooK.uz

​​​#Kitobxon_fikri

So'nggi yuz yillikda, G'arb madaniyatining "ommalashuvi" va "go'zalligi" avj olgan davr. Islom madaniyati, Islom birligining ortda qolishi kuzatildi. G'arb olamining jimjimador erkinligi ortida nima bor? G'arb olami qanday manfaatlar ustiga qurildi? Bir zamonlar dunyoning turli nuqtalaridan kelib Islom yurtlaridan ilm o'rganishar, madaniyatidan esa hayratga tushishar edi. Shu zamonlarni qaytarish vaqti yetmadimi? Ham dunyoviy, ham diniy ilmga ega insonlarni yetishtirib chiqarish uchun davlat nimalarga e'tibor berishi kerak? Asl adolat va siyosat qanday bo'lishi kerak?

Kitoblar endi shunchaki yodlanmaydi, balki tafakkur qilinadi. Barcha ishlar shunchaki bajarilmaydi, endi Allohning roziligi oliy o'ringa chiqadi. Jamiyat tarqoq bo'lmaydi haq uchun birlashadi!

Tirilish nasli — tirilish nuqtasi, uyg'onish nuqtasi.

Ushbu kitobni barcha-barchaga o'qishni jon dilimdan tavsiya qilaman. Shubhasiz siz uchun manfaatli bo'ladi, nasib!

Kitobdan iqtiboslar:

Musulmon kuchli bo'lishga majbur. Bu uning burchi. Ham o'z e'tiqodi va madaniyatini asrash uchun, ham zulmning insoniyatga qo'l tekkiza olmasligi uchun.

Islom mamlakatlariga yangi bir nasl kelmoqda. Bu tirilish naslidir! Tanazzulga yuz tutgan kunimizdan bugunga qadar qonga va terga botib qilingan harakatlar shuning uchundir!

Dunyodagi narsalarga yangidan ma'no yuklaysan! O'shanda Alloh ham senga sening o'z ma'noyingni bag'ishlaydi.
Jami1ov Tirilish nasli — Sezai Karakach

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook