Get Mystery Box with random crypto!

iBooK.uz

Telegram kanalining logotibi ibook_uz — iBooK.uz I
Telegram kanalining logotibi ibook_uz — iBooK.uz
Kanal manzili: @ibook_uz
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.81K
Kanalning ta’rifi

🔹iBooK — Biz ilm bilan fath qilamiz!
📍Manzil: Chilonzor tumani, Shuhrat chorrahasi
https://maps.app.goo.gl/vLF45gVeUJvr3yoF9
⏳ Ish vaqti: 09:00–23:00
👨🏻‍💻 Xarid uchun: @iBook_Uzbekistan
☎️ Murojaat uchun: 99897 1891199
🤝 Hamkorlik: @ibook_ham

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 71

2022-05-21 09:03:06
#sotuvda

Asab va ruhiyat

Inson ruhiyati juda murakkab. Ushbu kitob eng koʻp uchraydigan kasalliklar haqida boʻlib, unda bosh miyaning qon tomir kasalliklari, epilepsiya va tutqanoq sindromlari, bosh miyaning yalligʻlanish kasalliklari, parkinsonizm, miyaning ichki bosimi, tanadagi turli ogʻriqlar, osteoxondroz, disk churrasi, depressiya, nevroz, ipoxondriya, isteriya, migren, psixosomatik buzilishlar, fobiya va qoʻrquv, bolalar va kattalarda uchraydigan aqliy zayifliklar, xotira buzilishpari, bosh aylanish va chayqalib yurishlarga asosiy urgʻu berilgan.

Kitob tanasini anglashni istagan har kimga tavsiya etiladi.


Muallif: Zarifboy Ibodullayev
Sahifalar soni: 383
Muqova: qattiq
Narxi: 28.000

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
6.2K views06:03
Ochish/sharhlash
2022-05-20 17:18:14 iBooK.uz pinned a photo
14:18
Ochish/sharhlash
2022-05-20 17:17:45
iBook.uz haftaning eng koʻp sotilgan TOP — 10 kitoblariga 10%lik chegirma eʼlon qiladi:

1. Oshiq ham boʻlmaylikmi – 20.000 18.000;
2. Seni jannatda kutaman – 22.000 19.800;
3. Jannatga taklifnoma – 20.000 18.000;
4. Iymon va huzun – 17.000 15.300;
5. Kamon yoʻli – 18.000 16.200;
6. Ilm olish sirlari – 42.000 37.800;
7. Tanishishni unutibmiz – 25.000 22.500;
8. Olim yetishtirgan onalar – 27.000 24.300;
9. Izlash – 25.000 22.500;
10. Aysel – 25.000 22.500.

Chegirma juma kuniga qadar amal qiladi. Ushbu kitoblarning barchasini xarid qilganlarga bepul yetkazib beriladi.

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan

Tel: +998930794414

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
4.3K viewsedited  14:17
Ochish/sharhlash
2022-05-20 12:46:26
«Tirilish bu xayrli va yaxshilik ulashuvchi jamoani yuzaga chiqarish yoʻlidir. Tirilish shaytonning toʻplagan har bir jamoasini tarqatib yuborish, Allohning arqoniga mahkam bogʻlangan jamoani qurish yoʻli, usuli, kurashi demakdir».

Uzoq kutilgan "Tirilish nasli" asari nihoyat nashrdan chiqdi! Kitob peshtaxtalarni egallash arafasida turibdi.

Tirilish nasli — Turkiyaning yirik diniy-siyosiy arbobi tomonidan yozilgan boʻlib, 100 martadan ortiq nashr etilgan. U boshqa sariq adabiyotlardan oʻzining saviyasi bilan keskin farq qiladi.

Ushbu asarni birinchilardan boʻlib mutolaa qilishni istasangiz, oldindan buyurtma berishingiz mumkin.

Sahifalar soni: 96
Muqova: yumshoq
Narxi: 18.000

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
5.5K viewsedited  09:46
Ochish/sharhlash
2022-05-20 07:11:27
#sotuvda

Mushkul zamonlar

Buyuk ingliz yozuvchisi Charlz Dikkensning ushbu «Mushkul zamonlar» romanida XIX asr Angliyadagi ijtimoiy qarama-qarshiliklar, yaʼni ishchilar sinfi va kapitalistlar oʻrtasidagi ziddiyat asosiy mavzu sifatida keng yoritilgan.

Yozuvchi kapitalist uchun ishchi shunchaki qul ekanligiga chidab turolmaydi. Ishchilarning maʼnaviy dunyolari, ularning baxt va goʻzallik, nafosatga boʻlgan intilishlari, madaniy dam olishga boʻlgan ehtiyojlari bilan hisoblashmaydiganlarga nisbatan yozuvchining nafrati kitob mazmuniga singdirib yuborilgan. Roman boylik va kambagʻallik, mehnat va kapital oʻrtasidagi ziddiyatlarni realistik boʻyoqlarda tasvirlaydi.

Muallif: Charlz Dikkens
Sahifalar soni: 351
Muqova: qattiq
Narxi: 40.000

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
5.8K views04:11
Ochish/sharhlash
2022-05-19 19:01:27 ​​ ​​"Kitoblar qanday oʻqiladi?"

Siz televizordan yoki yangiliklar saytidan biror xabarni oʻqiganingizda shunchaki axborotga ega boʻlasiz, lekin bu sizda tushuncha hosil qilmaydi, yaʼni dunyoqarashingizni kengaytirmaydi. Kitoblar mutolaasi ham shu tarzda boʻlmasligi kerak. Yaʼni mayin yomgʻir yogʻib turganida, issiq kofe bilan deraza yonida miriqib kitob oʻqish manzarasi asosan dam olishga taalluqli. Agar mutolaada qiynalmasangiz, fikrlashga toʻgʻri kelmasa, qoʻshimcha manbalarga murojaat qilmasangiz yoki kuchli diqqat talab qilmasa siz oʻzingiz bilan fikrlashi teng odam ila suhbat qurayotgan boʻlasiz, xolos.

Mutolaa passiv jarayon emas. Kitobda beysbol misoli orqali tushuntiriladi. Yozuvchi toʻpni uloqtiradi, oʻquvchi esa qabul qiladi. Yaʼni ikkalasidan ham diqqat, kuch, harakat talab qilinadi. Ayni shu tarzdagi mutolaadagina dunyoqarashingiz kengayishi mumkin. Mazkur kitobda esa ayni shu narsa batafsil tushuntiriladi. Oʻtgan asrning oʻrtalarida yozilgan asar zamonaviy yoʻriqnomalardan farqli ravishda ushbu yoʻnalishdagi fundamental izlanishdir va shuncha vaqt oʻtganiga qaramay hamon dolzarb.

Kitob oʻzbek tiliga ayni vaqtida tarjima qilindi. Bundan biror yillar oldin nashriyotlar faoliyatidagi turgʻunlik davrida talab yoʻq edi. Yaʼni mahsulot kam joyda undan foydalanish yoʻriqnomasiga ehtiyoj sezilmaydi. Bugun esa noshirlik, ayniqsa tarjimachilik juda koʻpaydi, eʼtibor qiling, rivojlandi demayapman, shunchaki koʻpaydi. Sohadan tashqaridagi oʻquvchiga kitoblarning yaxshi-yomonini ajratish, yoki shunga oʻrgatish aslida adabiyotshunoslarning vazifasi, ammo ular uyquda, bir qismi esa ilmbozlik bilan band. Yosh oʻquvchilar uchun bukblogerlar shu vazifani bajaryapti, lekin qoʻriqchilarni kim qoʻriqlaydi deganday, ularning bari ham saviyali emas. Mazkur asar esa kitoblarni saralash, ularni yaxshiroq tushunish uchun haqiqiy qoʻllanma.

Ilhom Salimov

Ushbu kitobni iBook.uz doʻkonidan xarid qilishingiz mumkin.

"Kitoblar qanday oʻqiladi?"
Mortimer J.Adler, Charlz Van Doren

Sahifalar soni: 476
Muqova: Qattiq
Narxi: 67.000

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
3.9K views16:01
Ochish/sharhlash
2022-05-19 17:02:02#Asardan_parcha

Tarix har mavzuda davomiydir va u dunyo hayotining tamalidir. Eʼtiqodsizlik davom etgani kabi eʼtiqod ham davom etib boradi va davom etib bormoqda ham. Aslida, eʼtiqod bu asos, eʼtiqodsizlik esa unga bir reaksiya, bir qarshi nuqtadir. Haqiqatan, ilk insondan buyon oʻq oʻz nishonini topgan. Eng buyuk nishon paygʻambarlardir. Men bunga ishonaman. Bir tirilish eri sifatida, kelajakning yagona shahri tirilish markazining qurilishi uchun tosh tashuvchi, gʻisht qalovchi bir inson sifatida, ularning izidan borishdan boshqa bir erlik va quruvchilik yoʻqligiga ishonaman. Ha, biz tirilish erlari, soʻnggi paygʻambarning bayrogʻi ostiga sigʻinamiz. Bu bayroqni yerga tushirmaslik vazifamiz, borligʻimiz hikmatidir. Bu bayroq Allohga ishonch bayrogʻidir. Bu bayroq insonning butlar qarshisida bosh egmasligi, ularni yakson qilishi, insonning inson yoki buyum oldida ezgin, tuban holda turishga sabab boʻlgan holatini yoʻq qiluvchi, insonni haqiqiy ozodlikka va taslimiyatga yetkazuvchi haqiqat tugʻidir.
Tirilish — Biz ilm bilan fath qilamiz.
4.9K views14:02
Ochish/sharhlash
2022-05-19 14:41:32
Asar oʻqish mobaynida biror qahramonga havas qilmagan kitobxon boʻlmasa kerak. Kimdir Garri Poter boʻlib qolishni istagan, kimdir Choliqushiga havas qilgan.

Bundan tashqari, kitob oʻqib qahramonlarga achinamiz, qismatiga yigʻlaymiz.

Siz qaysi asar qahramoni oʻrnida boʻlgingiz keladi? Kimga achinasiz?


Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
5.7K views11:41
Ochish/sharhlash
2022-05-19 10:01:02
«...Ammo unutmaginki, seni raqibing ham kuzatib turadi. U mustahkam qo'l bilan titrayotgan qoʻlning farqini juda yaxshi biladi».

Kamon yoʻli
Paulo Koelo

Murojaat uchun: +998930794414
Online murojaat: @iBook_Uzbekistan

Manzil: Chilonzor tumani, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
6.3K views07:01
Ochish/sharhlash
2022-05-19 07:50:33
#sotuvda

Oy va sariq chaqa

Inson ruhan tanazzulga yuz tutmasligi, oʻzining yashirin shaxsiyatiyu asl «men»ini yoʻqotib qoʻymasligi uchun keskin burilish yasashga kuch topishi va qatʼiy qaror qabul qilishiga hech narsa, hatto vakt ham toʻsqinlik qilmasligi lozim. Ha, hech qachon «endi kech» tamoyiliga aldanib qolmang. Sizni harakatsizlantirib qoʻygan qobiqlar, zerikarli qonun-qoidalar, omma uchun odatiy boʻlib qolgan qoliplardan xalos boʻling. Eng muhimi, oʻzligingizga qarshi yashamang. Qoʻlingizdagi kitob aynan shu haqda.

Asar davomida qahramon hech vaqosiz – sariq chaqasiz tasvirlansa-da, ammo hayotining soʻngida insoniyatga daxldor, mukammal sanʼat asari yaratib ketadi.

Muallif: Somerset Moem
Sahifalar soni: 269
Muqova: qattiq
Narxi: 35.000

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
6.7K views04:50
Ochish/sharhlash