Get Mystery Box with random crypto!

iBooK.uz

Telegram kanalining logotibi ibook_uz — iBooK.uz I
Telegram kanalining logotibi ibook_uz — iBooK.uz
Kanal manzili: @ibook_uz
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.81K
Kanalning ta’rifi

🔹iBooK — Biz ilm bilan fath qilamiz!
📍Manzil: Chilonzor tumani, Shuhrat chorrahasi
https://maps.app.goo.gl/vLF45gVeUJvr3yoF9
⏳ Ish vaqti: 09:00–23:00
👨🏻‍💻 Xarid uchun: @iBook_Uzbekistan
☎️ Murojaat uchun: 99897 1891199
🤝 Hamkorlik: @ibook_ham

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 72

2022-05-18 17:57:02
Tez kunda...

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
3.9K views14:57
Ochish/sharhlash
2022-05-18 15:02:12
Shunday asarlar bor-ki, oʻqiganingizda qalbdan chuqur oʻrin oladi, sizning ichingizdan sizib chiqqandek goʻyo. Oʻsha onda kitobxon koʻnglidan "qaniydi shu asar meniki boʻlsa, men yozgan boʻlsam" degan oʻy ham oʻtadi.

Xoʻsh, aziz kitobxon, siz qaysi asarga muallif boʻlishni, aynan sizniki boʻlishini xohlar edingiz?

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
5.4K views12:02
Ochish/sharhlash
2022-05-18 13:01:58#Asardan_parcha
#Tirilish_nasli

Musulmonlar dastlab Islomning vaqt va tarixga nisbatan javobgarligini qoʻldan boy berdilar. Soʻngra jamoaga boʻlgan masʼuliyatlari zaiflashdi. Oxir oqibatda, bugungi kunimizdagi, afsuski, shayton va Islom dushmanlarining hujumlari har birimizning ichki “Men”imizni choʻktira boshladi. Endilikda eng katta mudofaamiz, jangimiz oʻz ichimizda roʻy bermoqda.

Tirilish — Biz ilm bilan fath qilamiz.
5.5K views10:01
Ochish/sharhlash
2022-05-18 10:01:05
#Asardan

«Agar sen dunyoda bo'lsang, sening vaqting dunyodir, agar sen oxiratda bo'lsang, sening vaqting oxiratdir. Agar qo'rqsang, vaqting qo'rquv,
bezovta bo'lsang, vaqting notinchlikdir. Sen vaqtning haqiqatini top, vaqtning hukmi
ostida qolishdan xalos bo'l. Hatto vaqtni o'z hukmronliging ostiga ol. Sen ham savol, ham javobsan. Senda ham badan, ham ruh mavjud. Ichki erkinligingga qovush. Agar sen nigohingni o'z qalbingga burib qo'ya olsang, ma'rifatli bo'lasan. Hamma narsa tashqi tomondan ziddiyatlidir, ammo, ichki olaming bilan uyg'unlikda birlashishing mumkin».

Hanna
Bahodir Yangishaharlikoʻgʻli

Narxi: 30.000
Muqova: yumshoq
Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
6.5K views07:01
Ochish/sharhlash
2022-05-18 06:00:52
#yangi_kitob #sotuvda

Maxfiy mahkama

Mustamlakachilik davrida oʻzbekka qilinmagan tuhmat-u boʻyniga ilinmagan ayblov qolmadi. Ushbu yangi kitobda Gdlyan, Ivanov va ular guruhiga kirgan qonunbuzar tergovchilarning haqiqiy basharalari toʻgʻri va xolisona ochib berilgan. Asarda keltirilgan har bir faktning oʻzi ham alohida olganda katta bir kitobga mavzu boʻlishi mumkin. Muallif asarga kiritilgan faktlarni mazmunli qilib umumlashtirgan. Kitob xalqimiz boshiga tushgan mudhish kunlarning asl mohiyatini ochib beradi, deb oʻylayman. Qissani oʻqiganda qalbingiz titraydi, adolatsizlikka qarshi nafratingiz oshadi.

Xullas, bu kitobni beparvo qabul qiladigan oʻquvchi boʻlmasa kerak. Asar keng kitobxonlar ommasiga moʻljallangan.

Muallif: Ismatillo Yoʻldoshev
Sahifalar soni: 375
Muqova: qattiq
Narxi: 33.000

Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan
Manzil: Chilonzor, Shuhrat chorrahasi

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
7.6K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-05-17 20:50:27 iBooK.uz pinned «​​Butun kitobxon ahli, birlashingiz! Eng goʻzal davra, shubhasiz, ilmli insonlar jam boʻlgan davradir. iBook.uz barchangizga mana shunday fayzli davrada boʻlish imkoniyatini taqdim etadi. 18-may, chorshanba kuni 10:00 da Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida…»
17:50
Ochish/sharhlash
2022-05-17 17:49:51 ​​Butun kitobxon ahli, birlashingiz! Eng goʻzal davra, shubhasiz, ilmli insonlar jam boʻlgan davradir. iBook.uz barchangizga mana shunday fayzli davrada boʻlish imkoniyatini taqdim etadi. 18-may, chorshanba kuni 10:00 da Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida…
Siz kitobxonlar uchrashuvida ishtirok etasizmi?
Anonymous Poll
21%
Albatta
24%
Harakat qilaman
56%
Bora olmayman
2.5K voters6.2K views14:49
Ochish/sharhlash
2022-05-17 11:44:20
Ketyapman... — dedi erkak. Ayol yigʻladi.
Xojasining boʻynidan quchdi.
— Qaramang!.. — dedi qatʼiy, ammo past tovushda.
— Kimga, jonim? — deya soʻradi erkak.
Titroq ovozda ohista shivirladi ayol:
— Jannatdagi hurlarga! Er tishini-tishiga qoʻyib chuqur "uh tortdi. Ogʻir-ogʻir soʻzladi:
— Sen mening jufti halolimsan. Boshqalar birodarim!.. Seni jannatda kutaman!


"Seni jannatda kutaman" asaridan

Narxi: 22.000
Murojaat uchun: @iBook_Uzbekistan

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook
7.9K views08:44
Ochish/sharhlash
2022-05-17 06:01:46 ​​Butun kitobxon ahli, birlashingiz!

Eng goʻzal davra, shubhasiz, ilmli insonlar jam boʻlgan davradir. iBook.uz barchangizga mana shunday fayzli davrada boʻlish imkoniyatini taqdim etadi.

18-may, chorshanba kuni 10:00 da Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida boʻlib oʻtadigan kitob bayramiga barchangizni taklif etamiz.

Tadbirdan:
— Kitob yarmarkasi, 10% lik chegirma va "Tirilish" nashriyotida chop etilishi kutilayotgan yangi "Tirilish nasli", "Iffatli qalb" asarlariga vaucherlar;

— Maxsus mehmonlar, yaʼni ijodkorlar, taniqli bukblogerlar, iBook, "Tirilish" jamoalarining aʼzolari hamda kitob shinavandalari bilan suhbat va, albatta, atmosfera oʻrin oladi.

Kitobxon taftini kitobxon oladi. Shunday ekan, ushbu tadbirda ishtirok eting va hayotingizni zavqli lahzalar bilan boyiting, deb qolamiz!

Uchrashuv vaqti va joyi: 18-may, 10:00. 208–xona

Manzil: Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

BIZ ILM BILAN FATH QILAMIZ!

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
9.6K viewsedited  03:01
Ochish/sharhlash
2022-05-16 18:45:51 #bilasizmi

Kitob o‘qish vaqtingizni maroqli o‘tkazibgina qolmay, miya va tanaga ham bir qancha foyda keltiradi. Mutolaa sizga zavq berishidan tashqari, o‘qishni quyidagilar uchun odat qilishingiz mumkin:

1. Kitob o‘qish miyadagi mavjud nerv yo‘llarini harakatga keltiradi. Biz buni kitob o‘qiyotganda miyamizda miltillovchi uchqunlar sifatida ifodalashimiz mumkin. Hozir bu postni o‘qiyotganingizda ham bu jarayon sodir bo‘lmoqda.

2. She’r o‘qish miyaning faolligini oshirgani kabi elastikligini ham oshiradi.

3. Tez-tez kitob o‘qiydigan kishilarning miyasida yoshga bog‘liq muammolar ro‘yxati 32% ga kamroq bo‘ladi.

4. Masalan, biror badiiy asar o‘qiyotganda, siz yangi obrazlar, belgilar, voqealar, vaziyatlar kabi yodda tutishingiz kerak bo‘lgan ko‘p narsalarni uchratasiz. Bu sizning miyangizda yangi xotira, ya’ni yangi nerv bog‘lamlar hosil bo‘ladi yoki mavjud nerv bog‘lamlari kuchayadi.

5. Ovoz chiqarib o‘qish depressiyadan aziyat chekayotganlar uchun ancha foydali.

6. Depressiyadan qiynalayotgan kishilar uchun eng yaxshi kitoblar "self-help" kitoblar ekanini aytib o‘tish kerak. Self-help (oʻz-oʻziga yordam beruvchi) kitoblar ayniqsa kuchli depressiyadagilar uchun foydalidir. Bunda nafaqat kitobni o‘qish, balki sarlavhaning o‘zi ham odamlar ko‘pgina foyda olishlari mumkin.

7. Ko‘rinib turibdiki, o‘qish nafaqat miyaning burmalariga, balki stressga ham juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, kitob o‘qish stressni 68 foizga kamaytiradi.

8. Tez-tez kitob o‘qiydigan keksa odamlarda Altsgeymer kasalligi 2,5 barobar kam uchraydi.

9. Uxlashdan oldin kitob o‘qish, tanangizga uxlash vaqti kelgani haqida signal beradi. Bu tanangizni asta-sekin uyquga tayyorlashga imkon beradi va natijada yanada qulayroq uxlay olasiz.

10. O‘qish odati bo‘lgan bolalar, o‘qish odati bo‘lmagan bolalarga qaraganda, murakkab mavzularni yaxshiroq tushunadi

11. Maktab boshlanishidan oldin kitoblar bilan tanishtirilgan bolalar maktab hayoti bilan osonroq moslashib olishadi.

12. Farzandingiz bolalar kitobini o‘qiyotganda o‘rganadigan yangi so‘zlarning o‘rtacha soni, xuddi shu vaqt mobaynida, televizor ko‘rganda o‘rganganidan 50% ko‘proq.

13. Maqsadli harakat qilayotgan qahramonlarni o‘qish odamlarning o‘z maqsadlariga erishish uchun motivasiyasini oshiradi.

14. Kitoblardagi murakkab munosabatlarni o‘qish va tahlil qilish, odamlarning o‘z hayotidagi munosabatlarni tushunish va boshqarish ko‘nikmalariga ijobiy hissa qo‘shadi.

Shunday ekan, kitob oʻqishdan charchamang, aziz kitobxon!

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok
4.6K views15:45
Ochish/sharhlash