Get Mystery Box with random crypto!

​​#Savol: Men hijob oʻrashni xohlayman, menga shartlari haqida | Hubbuna

​​#Savol: Men hijob oʻrashni xohlayman, menga shartlari haqida aytsangiz, iltimos. Qanday oʻrash kerak, nima mumkin emas? Shular haqida maʼlumot bera olasizmi?

Javob: Alloh taolo hijobingizni do‘zaxdan parda qilsin, har bir muslimaga farz bo‘lgan ushbu amalni bajarishga ahd qilganingiz muborak bo‘lsin!

Hijobning, ya'ni muslima ayol avrat a'zolarini nomahramlardan berkitishining sharti uchtadir:

1. Avrat joylar to‘liq berkilsin.
2. Yupqa kiyim bo‘lib avrat ko‘rinib qolmasin.
3. Tor kiyim bo‘lib avrat shakli bilinadigan bo‘lmasin.

Muslima ayolning nomahram erkakka nisbatan avrati uning ikki kafti va yuzidan boshqa barcha a'zolaridir. Agar yuz qaragan erkakni fitnaga soladigan darajada go‘zal bo‘lsa, uni ham berkitish lozim bo‘ladi.

Yuqoridagilardan ma'lum bo‘ladiki, satrlanishdan maqsad o‘zni nomahramlarning e'tiboridan chetda qilishdir. Demak, shuning uchun libos ham e'tiborni tortadigan darajada rang-barang, yaltir-yultur bo‘lmasligi kerak. Ayol nomahramning oldida bezangan holda chiqmasin, atir-upasi e'tiborni tortmasin.

Ro‘moli keng bo‘lib ko‘kraklari bilan yopib tursin. Garchi avratni berkitsa-da, uning shaklini vasf qilgani uchun shim kiyib yurmasin. Shim kiysa, uning ustidan uni yopadigan uzun libos kiyadi. Oyoq kiyimi taqillagan ovoz chiqarib e'tiborni tortadigan bo‘lmasin. Taqinchoqlar ham ziynat hisoblanadi, u bilan nomahramlarga ko‘rinmasin.
Barcha ziynat, bezanish, yengil kiyimlar mahramlar va ayollar yonida bo‘ladi.
Er-xotin o‘rtasida avrat yo‘q, ya'ni ayol uning oldida istagandek kiyinaveradi. Vallohu a'lam.

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida