Get Mystery Box with random crypto!

​​Qush uyasida koʻrganini qiladi! Bu bilan biz: ― «Oʻzaro siz | Hubbuna

​​Qush uyasida koʻrganini qiladi!

Bu bilan biz:
― «Oʻzaro siz (er-xotin)lar doimo ahil boʻling. Bir-biringizga boʻlgan munosabatlaringiz iliq va yoqimli boʻlsin. Farzandingiz oldida janjallashish uyogʻda tursin, hatto bahslashmang!» demoqchimiz!

― Oilada boʻladigan salbiy va jiddiy bahs-munozaralar, turli xil sababsiz janjallar, oʻzaro kelishmovchiliklar farzandingizni:
– ruhiy sinishiga
– hayotga boʻlgan qiziqishini soʻnishiga
– uni qattiqqoʻl boʻlishiga
– tarbiyasiz boʻlib qolishiga
– nutq madaniyatida kamchiliklar yuzaga kelishiga va boshqa salbiy holat va odatlar kelib chiqishiga sabab boʻlib qolishi mumkin.

P.s: Farzandingizni doimo ezgu ish va amallar qilishga oʻrgating!

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida