Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.29K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
Asoschi: @GiyosiddinYusuf
Reklama: @Hubbuna_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 159

2022-01-12 05:34:00 ​​"Demak, muslimami, g‘ayridin ahli kitoblardanmi qanday ayol bo‘lmasin, agar u birovning nikohida bo‘lsa, to eridan ajralib yoki eri vafot qilib, idda muddati
bitmaguncha unga uylanish musulmon kishi uchun haromdir. Bu masala juda nozik va bizning zamonimizda ham o‘ta dolzarbdir. Chunki ayrim ”bilimdon” kimsalarning
fatvolari bilan ba’zi bir erlik ayollar ham erlari boshqa
yurtlarga safar qilib uzoqroq qolib ketsa, boshqa erga
tegib ketayotganlari, afsuski, har zamon uchrab turadi.
Holbuki, oyati karimada ochiq bayon qilinganidek, eri taloq
qilib, idda muddati bitmagan yoki eri o‘lib, to‘rt oy o‘n
kunlik motam muddati tugamagan ayol boshqa erga tegishi haromdir. Agar eri tinchlik davrida xizmat yo tijorat
safariga yoki boshqa qandaydir bir sabab bilan sayohatga
chiqib, bedarak ketadigan bo‘lsa va uning usha safarda
vafot qilgani haqida guvohlar aniq xabar keltirishmagan
bo‘lsa, Hanafiyya mazhabida, o‘sha chiqib ketib daraksiz
yo‘qolgan kishining yoshi to‘qsondan oshmagunicha u tirik hisoblanadi. Ya’ni, uning ayoli erlik ayol hisoblanib,
boshqa birovning nikohiga o‘tishi haromdir".

Shayx Alouddin Mansur rahimahullohning "Qur'oni Azim tafsiri" kitobidan #Iqtibos

#tafsir #nikoh #idda

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.7K views02:34
Ochish/sharhlash
2022-01-11 18:15:00 ​​Ayollar tashxis qoʻyish paytida shifokorga avrat aʼzolarini ochsa boʻladimi?

#Savol: Assalomu alaykum, ayollar tashxis qoʻyish paytida shifokorga avrat aʼzolarini ochsa boʻladimi?

Javob: Ayol kishi avratini amin musulmon tabibga ochishi harom emas, agar bunga hojat boʻlsa. Chunki xastalikni ana shu ish orqali tavsiflash mumkin boʻladi.

Zinoga olib borishi mumkinligi sababli ayol avratini ochishi harom. Lekin boshqa ish sababli, yaʼni zinoga olib borishi mumkinligi sababli harom boʻlgan ish, hojat tufayli muboh boʻladi. Shayx Abu Zahra rahimahulloh shunday fatvo berganlar.

Alloh yanada bilguvchiroq.

Mubashshir Ahmad

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.8K views15:15
Ochish/sharhlash
2022-01-11 17:07:00
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.6K views14:07
Ochish/sharhlash
2022-01-11 15:07:00
Seni ko‘p aldagan bo‘lishim mumkin, ammo "Sevaman" deganimda emas...

#Muhabbat #Romantika

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8.0K views12:07
Ochish/sharhlash
2022-01-11 10:34:00 ​​Hurmatli ayollar! Ona bo‘lganingizdan keyin ota-onangiz sizga bergan tarbiyani bir ko‘zdan kechiring...

Ular ham inson, ba'zi joylarda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan bo‘lishlari mumkin. Shularni hisobga olib o‘zingiz va farzandingizni tarbiyalayotganingizda hamisha "Shu qilayotgan ishim to‘g‘rimi?", "Alloh taolo bizga nimani buyurgan?", "Pag‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam qanday yo‘l tutgan bo‘lardilar?" qabilida savollar bering...

Savollarga javob topish uchun esa ko‘proq kitob o‘qing! Juda topa olmagan taqdiringizda ahli ilmlardan so‘rang.

Muhimi, hech qachon to‘xtab qolmang, chunki izlanishdan to‘xtagan kishi faqatgina orqaga ketadi...

#ayollar #tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8.2K views07:34
Ochish/sharhlash
2022-01-11 06:07:00 ​​"Shariat hukmicha, er avvalo oilaning barcha moliyaviy va ma’naviy taraflariga javobgar bo‘lgan, uni chetdan bo‘ladigan har qanday xurujlardan himoya
qiladigan shaxsdir. Mana shular evaziga va erkak kishi uchun fazilat hisoblanmish og‘ir-bosiqlik, oila
tebratishdagi tadbirkorlik kabi sifatlar sababli u oilaning boshlig‘i sanaladi. Yaxshi xotin esa diyonatli, erning uyini obod qiladigan va unga bir umr sadoqatli bo‘lgan ayoldir".

Shayx Alouddin Mansur rahimahullohning "Qur'oni Azim tafsiri" kitobidan #Iqtibos

#tafsir #ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8.1K views03:07
Ochish/sharhlash
2022-01-10 18:15:00
Boshliq kotibasi bilan poyezdda bir kupeda ketyapti. Erkak pastki joyda, kotiba esa yuqoridagi joyda. Tunda kotiba pastga qarab:
— Men sovuq qotyapman. Menga ko‘rpa uzatib yuborolmaysizmi? — deb nozlanibdi.
— Keling, bu tun bir-birimizni er-xotin deb tasavvur qilamiz, — debdi boshliq
Kotiba xursand bo‘lib:
— Bajonidil! — debdi
— Unday bo‘lsa, ko‘rpani o‘zing ol! Qo‘ling sinmagan-ku axir! — deb o‘shqiribdi boshliq

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.8K views15:15
Ochish/sharhlash
2022-01-10 17:08:00 ​​Ko‘proq kitob o‘qishga vaqtingiz yo‘qmi yoki mutolaa uchun qanday kitob tanlashni bilmayapsizmi? Unda YouTubening G‘iyosiddin Yusuf kanalidagi kitob bilan tanishuv videolari aynan siz uchun! Shuningdek, kanalga oila va farzand tarbiyasiga doir videolar ham qo‘yib boriladi.

Obuna bo‘lish: https://www.youtube.com/channel/UCWt6vMtVLeQDdCTe5HRUrqg
5.0K views14:08
Ochish/sharhlash
2022-01-10 15:00:11 ​​Xotinimga roʻzgʻor xarajatlari uchun sen ham maoshingdan qoʻsh, desam boʻladimi?

#Savol: Xotinim ishlaydi va yaxshi maosh oladi. Unga roʻzgʻor xarajatlari uchun sen ham maoshingdan qoʻsh, desam boʻladimi?

Javob: Islomdagi er-xotinlik mulkiy nizomi ularning mulklari mutlaq alohida ekanini va birining zimmasi boshqasinikidan ajrashini taʼkidlaydi. Ayol mulkdor boʻlish, oʻzining mulkini oʻzi tasarruf etish, zimmasiga moliyaviy masʼuliyat olish va turli shartnomalar imzolash huquqiga mutlaq egadir.

Shulardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, er roʻzgʻor xarajatlari uchun, xotin maoshidan qoʻshishini talab etishga aslo haqqi yoʻq. Chunki xotinning sharʼiy nafaqalarini er qilishiga buyurilgan. Bunga yeyish, ichish, kiyinish, manzil va xizmatkor xarajatlari kiradi. Shuningdek, urfga muvofiq uyni jihozlash ham erning zimmasida.

Agar xotin oʻz maoshidan roʻzgʻor xarajatlariga qoʻshmoqchi boʻlsa, bu batamom uning roziligi bilan amalga oshiriladi. “Er-xotin qoʻsh hoʻkiz”, degan maqol islomning oilaviy nizomiga zid boʻlib, ayolning huquqini poymol qiladi.

Vallohu aʼlam.

Mubashshir Ahmad

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
6.8K views12:00
Ochish/sharhlash
2022-01-10 10:34:00 ​​Erim men bilan qiziqmay qo‘ygan

Oilada er va xotin o‘rtasida sovuq munosabatlar paydo bo‘lishining sabablarini ko‘rib chiqamiz.
Ko‘p oilalarda turmush qurganidan keyin yillar o‘tib, o‘zaro munosabatlar sovuqlashib ketadi deymiz, lekin ba’zilarni ko‘rsangiz, 20 yillik turmushdan keyin ham romantik iliqlikni saqlab qoladilar.
Birga bo‘lish avvalgidek yoqimli va intizorlik bo‘ladi.

Ayol kishi eri bilan bahslashganida, janjallashganida, gap qaytarishi erkak kishining g‘ururiga ta’sir qiladi va ayoliga nisbatan iliqlik rishtalari uzilib boraveradi.
Borib-borib, ajrashishgacha ham boradi. Chunki erkak kishi oilada amir bo‘lishi kerak. Agar uning g‘ururi toptalsa, ayoli chiroylimi, qomati kelishganmi — ahamiyati bo‘lmay qoladi.

Oilada vaqti-vaqti bilan er xotinning o‘ynashib turishlari, bir-biri bilan hazillashib, teginib turishlarining kamayishligi.

Kech payt oiladagi muammo va tashvishlarni muhokama qilmang. Kunduz kuniga qoldiring. Ishdan charchab kelgan er o‘zini sultonlardek his qilishiga imkon bering. Chunki tashvish muhokamasi bahslarga yoki tushkunlikka tushishga sabab bo‘lib qoladi.
Oxiri eringiz telefonidan xotirjamlik topadi.

Nega erkaklar boshqa ayolga ketib qolishadi. Axir benikoh aloqalar og‘ir gunoh-ku!
Chunki o‘sha boshqasining huzurida xotirjamlikni topadi!

#tarjima #ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.0K views07:34
Ochish/sharhlash