Get Mystery Box with random crypto!

​​Erim men bilan qiziqmay qo‘ygan Oilada er va xotin o‘rtasid | Hubbuna

​​Erim men bilan qiziqmay qo‘ygan

Oilada er va xotin o‘rtasida sovuq munosabatlar paydo bo‘lishining sabablarini ko‘rib chiqamiz.
Ko‘p oilalarda turmush qurganidan keyin yillar o‘tib, o‘zaro munosabatlar sovuqlashib ketadi deymiz, lekin ba’zilarni ko‘rsangiz, 20 yillik turmushdan keyin ham romantik iliqlikni saqlab qoladilar.
Birga bo‘lish avvalgidek yoqimli va intizorlik bo‘ladi.

Ayol kishi eri bilan bahslashganida, janjallashganida, gap qaytarishi erkak kishining g‘ururiga ta’sir qiladi va ayoliga nisbatan iliqlik rishtalari uzilib boraveradi.
Borib-borib, ajrashishgacha ham boradi. Chunki erkak kishi oilada amir bo‘lishi kerak. Agar uning g‘ururi toptalsa, ayoli chiroylimi, qomati kelishganmi — ahamiyati bo‘lmay qoladi.

Oilada vaqti-vaqti bilan er xotinning o‘ynashib turishlari, bir-biri bilan hazillashib, teginib turishlarining kamayishligi.

Kech payt oiladagi muammo va tashvishlarni muhokama qilmang. Kunduz kuniga qoldiring. Ishdan charchab kelgan er o‘zini sultonlardek his qilishiga imkon bering. Chunki tashvish muhokamasi bahslarga yoki tushkunlikka tushishga sabab bo‘lib qoladi.
Oxiri eringiz telefonidan xotirjamlik topadi.

Nega erkaklar boshqa ayolga ketib qolishadi. Axir benikoh aloqalar og‘ir gunoh-ku!
Chunki o‘sha boshqasining huzurida xotirjamlikni topadi!

#tarjima #ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida