Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Kanaldagi mavzular:
Аёллар
Эркаклар
Nasihat
Tabassum
Савол
Oila
All tags
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanaldagi mavzular:
Аёллар
Эркаклар
Nasihat
Tabassum
Савол
Oila
All tags
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.29K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
Asoschi: @GiyosiddinYusuf
Reklama: @Hubbuna_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 161

2022-01-08 17:00:17 ​​Оилангиз учун тавсия қиламан:

1. Севара Назарова. «Оила ва фарзанд».
2. Сема Марашлининг ўзбек тилидаги китоблари.
3. Мурат Тосун. «Олим етиштирган оналар».
4. Аҳмад Лутфи Қозончи. «Қайнона».
5. Зиёвуддин Раҳим. «Бахтли ҳаёт сари».
6. Баҳодир Раҳматуллоҳ. «Ота бўлиш осонми?»
7. Зебинисо Аҳмедова. «Фарзанд тарбиясидаги мураккаб ҳолатларда психолог маслаҳатлари».
8. «Исломда оила: муаммо ва ечимлар».
9. Усмонхон Алимов. «Оилада фарзанд тарбияси».
10. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. «Бахтиёр оила».

Ғиёсиддин Юсуф

@Kitaabun — китоблар ва тўғри ёзиш ҳақида
7.1K views14:00
Ochish/sharhlash
2022-01-08 16:31:02 Erkak va ayolning bir xonada ishlashi joizmi? Agar bir xonada koʻpchilik ishlasachi?

#Savol: Assalomu alaykum, ustoz. Quyidagi savollar bilan murojaat qilmoqchi edim:
1. Nomahram erkak va ayolning bir xonada ishlashi joizmi?
2. Xonada koʻpchilik ishlasachi?

Javob: 1. Bitta xonada ikki nomahramning qolishi mumkin emas. Ularning uchinchisi shayton boʻladi.

2. Agar sharʼiy hududda boʻlsa joiz. Masalan, ayollar shariatga muvofiq kiyinsa, faqat ish yuzasidangina gaplashilsa, ruxsat.

Vallohu aʼlam.

Mubashshir Ahmad

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.3K views13:31
Ochish/sharhlash
2022-01-08 10:36:00
Soliha ayol qanday bo‘ladi?

• Soliha ayol faqatgina eriga qaraydi, begona erkaklarga e‘tibor bermaydi.

• Soliha ayol dugonasi yoki boshqa bir nomahram ayol haqida eriga gapirmaydi.

• Soliha ayol erining tinchlik-xotirjamligini saqlaydi.

• Soliha ayol jufti halolini duoyi bad qilmaydi. Aksincha, uni doimo duo qiladi.

• Soliha ayol eriga ota-onasi, aka-uka va opa-singillarini eslatadi. Ularni hayotlik va vafot etgan chog‘ida doimo ziyorat qilish kerak ekanligini aytadi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8.3K views07:36
Ochish/sharhlash
2022-01-08 05:30:00 ​​Faqat nikohning o‘zi jismlarni birlashtiradi, muhabbat bilan qalblar ham birlashadi. Shunday ekan, muhabbatli oila bir tan-u bir jondir.

#Muhabbat #Nikoh

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8.2K views02:30
Ochish/sharhlash
2022-01-07 18:44:40 ​​#Tabassum

— Xotin, senga bitta iltimos bor.
— Labbay?
— Tushimga kirma, iltimos. Kechasi tinch yotay hech bo‘lmasa.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.0K views15:44
Ochish/sharhlash
2022-01-07 17:07:00
#Erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.9K views14:07
Ochish/sharhlash
2022-01-07 15:07:11 ​​Hijobda emasman, lekin ochiq kiyinmayman. Namozlarim qabul boʻlmaydimi?

#Savol: Allohga shukr, namoz oʻqiyman. Kun davomida ishxonamda namoz oʻqishning iloji boʻlmagani uchun, uyga kelib kechki vaqt qazo qilib oʻqiyman. Oʻzim hijobda emasman, lekin umuman ochiq kiyinmayman. Yaqinda bir odam menga shunday dedi: “Sen kunduzi ochiq yurasan, kechki payt esa oʻzingcha rosa oʻranib namoz oʻqiysan. Namozlaring qabul boʻlarmikan?”

Men namozimni Alloh uchun oʻqiyman, qalbim tinchlanadi, yuragim quvnaydi. Oʻzimni baxtli his qilaman. Lekin yuqoridagi gaplardan soʻng yuragim gʻashlanadigan boʻlib qoldi.

Nima qilay, maslahat bering...

Javob: Namoz oʻqiganingizga savob olasiz. Hijobda boʻlmaganingiz uchun gunohkor boʻlasiz.

Namoz namoz hisoblanishi uchun namozdan tashqarida ham hijobda boʻlish shart qilinmagan. Lekin namoz oʻqiydigan muslima ayol hijobda ham boʻlishi kerak. Islom bir butundir, boʻlaklanmaydi. Bir amalini bajarib, boshqasi tark etilmaydi.

Shuning uchun namozingizda davom eting va oʻranib yurish tomon ham qadam tashlang. Shunda namozdan oladigan halovat va sevinchingiz yanada ziyoda boʻladi.

Alloh yanada biluvchiroq.

Mubashshir Ahmad

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.1K views12:07
Ochish/sharhlash
2022-01-07 10:28:00
Ayollarni faqat kuchlilar hurmat qiladi

Ha, ba‘zilar bor ayollarini juda yaxshi hurmat qiladi. Ularni parvarishlaydi, ularga e‘tibor beradi, o‘z vaqtida erkalaydi. Bunday erkaklar o‘z amallari bilan farzandlariga ham o‘rnak bo‘lmoqda. Ulardan Alloh rozi bo‘lsin.

Ammo ba‘zi erkaklar ichadi, chekadi, bu ham yetmaganday, ayollarini so‘kadi va uradi. Er kishi ayoliga va boshqa zaifalarga qo‘l ko‘tarmasligi va ularning haqqini yemasligi kerak. Ular bilan barobar bo‘lish zaiflikdir, ayollarni faqat kuchlilar hurmat qiladi!

#ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.2K views07:28
Ochish/sharhlash
2022-01-07 09:20:25 Assalomu alaykum va rahmatulloh!

Oxirgi vaqtlarda bot orqali murojaatlarga javob bera olmayapmiz, uzr. Buning hammasi yetishmovchilik sabab yuzaga kelyapti:

1. Ilm yetishmasligi.
2. Vaqt yetishmasligi.

Shuning uchun kaminani ma'zur tutgan holda savollaringizni savollar.muslim.uz saytidan so'rashingizni taklif qilaman.

Bizga savol emas, taklif shaklida murojaat qoldirishingiz mumkin. Masalan, falon mavzuda yozing deb. Biz imkon qadar sizga kerakli mavzuda yozishga harakat qilamiz. Lekin xos savollarga javob bera olmayman, uzr.

2022-yildagi maqsadlarimiz katta, buning uchun vaqt kerak. Xususan, yaqin orada ota-onalar uchun onlayn kurslar tashkil qilamiz, inshaalloh. Youtube sahifamizda har kun kitoblar, oila, farzand tarbiyasi kabi mavzularda video yuklab boryapmiz.

Telegram kanallarimiz: @Hubbuna @IbnuYusuf @Kitaabun

Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCWt6vMtVLeQDdCTe5HRUrqg

Takliflar uchun: @Hubbuna_bot
6.9K viewsedited  06:20
Ochish/sharhlash
2022-01-07 05:30:00
#Muhabbat lug‘atidan:

"O‘zingni ehtiyot qil!" desam, "Men ham" deyaver. Chunki bu "Seni sevaman!" deganimdir.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.3K views02:30
Ochish/sharhlash