Get Mystery Box with random crypto!

​​'Demak, muslimami, g‘ayridin ahli kitoblardanmi qanday ayol | Hubbuna

​​"Demak, muslimami, g‘ayridin ahli kitoblardanmi qanday ayol bo‘lmasin, agar u birovning nikohida bo‘lsa, to eridan ajralib yoki eri vafot qilib, idda muddati
bitmaguncha unga uylanish musulmon kishi uchun haromdir. Bu masala juda nozik va bizning zamonimizda ham o‘ta dolzarbdir. Chunki ayrim ”bilimdon” kimsalarning
fatvolari bilan ba’zi bir erlik ayollar ham erlari boshqa
yurtlarga safar qilib uzoqroq qolib ketsa, boshqa erga
tegib ketayotganlari, afsuski, har zamon uchrab turadi.
Holbuki, oyati karimada ochiq bayon qilinganidek, eri taloq
qilib, idda muddati bitmagan yoki eri o‘lib, to‘rt oy o‘n
kunlik motam muddati tugamagan ayol boshqa erga tegishi haromdir. Agar eri tinchlik davrida xizmat yo tijorat
safariga yoki boshqa qandaydir bir sabab bilan sayohatga
chiqib, bedarak ketadigan bo‘lsa va uning usha safarda
vafot qilgani haqida guvohlar aniq xabar keltirishmagan
bo‘lsa, Hanafiyya mazhabida, o‘sha chiqib ketib daraksiz
yo‘qolgan kishining yoshi to‘qsondan oshmagunicha u tirik hisoblanadi. Ya’ni, uning ayoli erlik ayol hisoblanib,
boshqa birovning nikohiga o‘tishi haromdir".

Shayx Alouddin Mansur rahimahullohning "Qur'oni Azim tafsiri" kitobidan #Iqtibos

#tafsir #nikoh #idda

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida