Get Mystery Box with random crypto!

​​Xotinimga roʻzgʻor xarajatlari uchun sen ham maoshingdan qoʻ | Hubbuna

​​Xotinimga roʻzgʻor xarajatlari uchun sen ham maoshingdan qoʻsh, desam boʻladimi?

#Savol: Xotinim ishlaydi va yaxshi maosh oladi. Unga roʻzgʻor xarajatlari uchun sen ham maoshingdan qoʻsh, desam boʻladimi?

Javob: Islomdagi er-xotinlik mulkiy nizomi ularning mulklari mutlaq alohida ekanini va birining zimmasi boshqasinikidan ajrashini taʼkidlaydi. Ayol mulkdor boʻlish, oʻzining mulkini oʻzi tasarruf etish, zimmasiga moliyaviy masʼuliyat olish va turli shartnomalar imzolash huquqiga mutlaq egadir.

Shulardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, er roʻzgʻor xarajatlari uchun, xotin maoshidan qoʻshishini talab etishga aslo haqqi yoʻq. Chunki xotinning sharʼiy nafaqalarini er qilishiga buyurilgan. Bunga yeyish, ichish, kiyinish, manzil va xizmatkor xarajatlari kiradi. Shuningdek, urfga muvofiq uyni jihozlash ham erning zimmasida.

Agar xotin oʻz maoshidan roʻzgʻor xarajatlariga qoʻshmoqchi boʻlsa, bu batamom uning roziligi bilan amalga oshiriladi. “Er-xotin qoʻsh hoʻkiz”, degan maqol islomning oilaviy nizomiga zid boʻlib, ayolning huquqini poymol qiladi.

Vallohu aʼlam.

Mubashshir Ahmad

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida