Get Mystery Box with random crypto!

​​Tadbirkor uzoqni ko‘ra olishi kerak! Ikki yilcha oldin Buxo | Hasanov kundaligi 📘

​​Tadbirkor uzoqni ko‘ra olishi kerak!

Ikki yilcha oldin Buxoro shahar markazida joylashgan bir supermarket marketologi bilan uchrashgandim. O‘z xizmatlarimni taklif qilish maqsadida (u paytda Mountainda ishlamasdim). Lekin marketolog yigit aksincha o‘zi ham ishdan ketayotganini aytdi. Sababi rahbariyat marketing uchun deyarli pul ajratmay qo‘ygan, bunga sabab esa shaharda ulardan boshqa yirik market yo‘qligi edi. Mana hozir esa Buxoro shahrida uchta "Korzinka", uchta "Makro" supermarketlar tarmog‘i ishlab turibdi.

Yana boshqa, o‘xshash voqea:

Buxoroda karantin davrida yetkazib berish xizmati ishga tushgandi. Boshida "Korzinka" supermarketlar tarmog‘i, sal o‘tib Buxoro shahridagi oshxonalardan ovqat yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishgandi. Xizmatlaridan bir necha bor foydalanganman. Xizmat ko‘rsatish sifati yaxshi, shahar ichida 6900 so‘mga mahsulotlarni eltib berishardi. Ammo... Ammo "Lebazar" undan keyin esa "Express24" Buxoro bozoriga kirib kelgach bankrotga uchrashdi.

Ikkala tadbirkorlarning xatosi o‘z raqiblarini ko‘zdan qochirgan holda uzoq muddatli marketing strategiya bilan ish boshlamaganliklarida.

Men esa Mountain kompaniyasining marketologi sifatida yuqoridagi ikki holat biz bilan sodir bo‘lmasligini oldini olishim zarur va shuning uchun ham bugun MFaktorda "Marketing strategiyasidagi xatolar" mavzusida bo‘lib o‘tayotgan treningda qatnashdim.

Muvaffaqiyatingiz — qanchalik uzoqni ko‘ra olishingiz bilan bog‘liq!

telegram.me/hasanovblog