Get Mystery Box with random crypto!

Kimdir qaysidir kitobni o‘qib foyda olgani siz ham o‘sha kitob | Hasanov kundaligi 📘

Kimdir qaysidir kitobni o‘qib foyda olgani siz ham o‘sha kitobni o‘qisangiz 100% foyda olasiz degani emas.

Kimdir qaysidir biznesni boshlab muvaffaqiyatga erishgani siz ham o‘shanday biznes boshlab muvaffaqiyatga erishasiz degani emas.

Kimdir institutni tashlab ketib milliarderga aylangan bo‘lsa siz ham institutni tashlab ketib milliarder bo‘lib qolishingizni anglatmaydi.

Yoki bir inson biror soha orqali zo‘r daromad topayotgani bu siz ham o‘sha sohani o‘rgansangiz zo‘r daromad olishingizni bildirmaydi.

Bu dunyoda muvaffaqiyatga erishishning ma'lum qonuniyatlari borki, bu qaysidir kitobni o‘qish, qaysidir institutda tahsil olish yoki sohani o‘rganishdanda ko‘ra chuqurroq sabablarni o‘z ichiga oladi.

Ko‘plab insonlarda xatolar o‘xshash lekin muvaffaqiyat yo‘li turlicha. Xatolardan ibrat oling, ammo o‘z yo‘lingizdan yuring!

telegram.me/hasanovblog