Get Mystery Box with random crypto!

G'iyosiddin Yusuf | blog

Telegram kanalining logotibi giyosiddinyusuf — G'iyosiddin Yusuf | blog G
Telegram kanalining logotibi giyosiddinyusuf — G'iyosiddin Yusuf | blog
Kanal manzili: @giyosiddinyusuf
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.91K
Kanalning ta’rifi

Bir necha kitoblar muallifi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz
https://linktr.ee/giyosiddinyusuf
Savol berish: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-07-07 09:30:27
Bolalar kichikligidan qanday kiyim kiyib ulg‘aysa, qanday ishlarga odatlansa, katta bo‘lganda ham shunday hayotni istashadi. Balog‘atga yetguncha o‘z bilganicha yashashiga qo‘yib berib, balog‘atga yetgach, endi shariatga muvofiq hayot kechir: namoz o‘qi, ro‘za tut, avratingni berkitib kiyin deyish to‘g‘ri yo‘l emas. Ularni balog‘atga yetguncha bunga tayyorlab borish kerak. Bolaligida ba’zi amallarda xato va kamchilikka yo‘l qo‘ysa ham balog‘atga yetguncha mukammal tarzda ado etishni o‘rganadi. Jumladan, kiyinish borasida ham.

"Siz ham bola bo'lganmisiz?" nomli farzand tarbiyasiga oid kursning tez orada bo'ladigan yuzma-yuz (oflayn) darsidan parcha

Murojaat uchun: @Hubbuna_bot

@GiyosiddinYusuf
1.8K views06:30
Ochish/sharhlash
2022-07-07 06:52:03 ​​Ona va bola

Oiladagi muvozanat Alloh taoloning taqdiridir. Na ayol erkakning va na erkak ayolning vazifasini olishi mumkin. Erkak kuchliroq boʻlishiga qaramay ertalabgacha bolasini quchogʻida tebratolmaydi yoxud hadeb uyqusidan uygʻonib bolaga qarolmaydi. Aslida ota bu xizmatlarni qilishga muvofiqroq. Ayolga nisbatan kuch-quvvati koʻproq. Lekin Alloh taolo onaning fitratiga joylagan shafqat va marhamat vaqt oʻtishi bilan onalik tuygʻusiga aylanadi. Hayvonlar orasida eng qoʻrqoqligi bilan mashhur boʻlgan tovuq ona boʻlgach joʻjalariga qoʻl uzatganga qanotli sherga aylanib bolalarini himoya qiladi.

Onalik qiyinchilikni osonlashtiradi. Zaifalik kuchga aylanadi va ona ota qilolmaganini qiladi. Yigʻlayotgan bolasini oyogʻida boʻlmasa, quchogʻida tebratadi. Koʻzlari farzandiga tikilgan holda uyquga toladi. Uyquning eng shirin joyida «uff» demay, badduo qilmay farzand xizmatiga oshno boʻladi. Ona himoyasidagi bola goʻyo shafqat va marhamat qubbasi ostida ulgʻayadi, uylanadi, ishga joylashadi. Keyin ona keksayadi. Qarashga muhtoj holga keladi. Xayolida bolasini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylagan kunlardagidek u bilan gaplashishni, unga istaklarini aytishni istaydi. Oldidagi farzandining nafrat toʻla soʻzlari qalbini yaralasada farzandiga gʻazab qilmaydi, nafrat soʻzlarni aytmaydi ona. U faqatgina duo qilishni biladi. Baʼzan bolasiga bardavomlikni soʻrab, baʼzan esa islohini (toʻgʻri yoʻlga tushishini) soʻrab duo qiladi.

Ustoz doktor Ihsan Shenojak hafizahulloh
"Islom oilasida farzand tarbiyasi" kitobidan #iqtibos

#tarjima

@GiyosiddinYusuf
2.0K views03:52
Ochish/sharhlash
2022-07-06 06:33:51 Oilada hurmat bo'lsin

Ota-ona bir-birini hurmat qilsin, bolalarini hurmat qilsin. Ota-onaman deya bolasiga istagancha muomala qilmasin. Shuningdek, bolalar yonida bir-biriga hurmatsizlik qilmasin. Yo'qsa, bolalar oldida hurmatlarini yo'qotishadi.

Yana bir e'tibor qilish kerak bo'lgan narsa shuki, ota yoki ona bir narsaga ruxsat bersa, boshqasi man qilib turmasin. Bu ham bolalar oldida juftining obro'si tushishiga sabab bo'ladi.

@GiyosiddinYusuf
2.3K views03:33
Ochish/sharhlash
2022-07-05 17:18:16
Namanganliklar do'stlar, siz bu taklifga nima deysiz?

Bolam ishtirok etardi +

Haligi, nima desam ekan... -

@GiyosiddinYusuf
2.3K views14:18
Ochish/sharhlash
2022-07-05 07:11:07
Shu kitob haqida muxlislar fikri (youtubedan)
2.4K views04:11
Ochish/sharhlash
2022-07-05 07:10:32
#Sotuvda

"Nabiy mo'minlar uchun o'zlaridan ko'ra haqlidir . Uning ayollari esa ularning onalaridir."

"Azhob" surasi, 6-oyat

Akbar Ali Qobul o'g'li G'iyosiddin Yusuf
Mo'minlarning onalri haqida savol-javoblar .

Sahifa: 174
Narxi: 18000

Buyurtma uchun : @Irfonkitoblar_admin

Tel: +998943077117


Manzil:A.Navoiy ko'cha" SARDOBA BIZNES MARKAZI"

O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz

Bizning rasmiy sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook
2.3K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-07-05 02:54:48 Farzandingiz haqqiga nima deb duo qilyapsiz?

Zamonamizda mashhurlik va obro‘ning eng oson yo’li xonanda yoki aktyor bo'lishdir.

Ularning xalq oldidagi o’tkinchi obro‘siga mast bo’lgan ota-onalar farzandi haqqiga qilgan duosi ham "Shulardan kam bo’lmasin" deyishdan nariga o’tmaydi!
Buning ustiga o’sha “mashhurlarga: "Bu yutuqlarga qanday erishdingiz?" deyishsa , Javob: "Onam yoshligimdan duo qilardilar..."
Vo ajab! Onalar farzandlarini "Katta bo’lsa, do‘zaxiy bo’lsin" deb duo qilishi mumkinmi?"
Ha! O’zlari sezishmasa-da, bu mumkin!
Buning tasdigʼini hadisdan qaraylik:

Rasululloh alayhissalam aytdilar:

"(O’tgan zamonda) bir chaqaloq onasini emib turganda bir kishi hashamatli ulovda, go’zal ko’rinishda o’tib qoldi. Shunda ona unga qarab: "Allohim, mening o’g’limni ham shunday buyuk odam qilgin" dedi.
Chaqaloq onaning ko’kragini og’zidan chiqarib, tilga kirib, unga qarab dedi: "Allohim, meni unga o’xshagan qilmagin".
Bola emishda davom etdi.
Birozdan so’ng bir cho’rini kaltaklab olib o’tishdi, unga "sen zino qilding, o’g’irlik qilding..." deyishardi, u bo’lsa: "Hasbiyallohu va ni’mal vakil" der edi!
Shunda buni ko’rgan (johil) ona: "Allohim, bolamni bunga o’xshagan qilma!” dedi.
Bola yana ko’krakni og’zidan chiqarib tilga kirib: "Allohim, meni shunga o’xshagan qilgin" dedi.
Ona ajablanib bolasi bilan tortishib ketdi. Shunda bola aytdi:
"Siz havas qilib "Bolamni shunday qilgin" degan kishingiz bir zo’ravon (fosiq) , ammo bu cho’riga bo’lsa, “zino qilding, o’g’irlik qilding" deb tuhmat qilishmoqda, u esa bularni qilmagan, shuning uchun meni ham shunga o’xshagan (zulm ko’rsa-da pok inson) qilgin dedim!"
(Buxoriy va Muslim)

Televizor qarshisida o’tirgan ota- onalar!
Ahmoqlik qilib bolangizni do’zaxiy bo’lishini so’rab duo qilmang!
Va "Xoinga chiqarilgan", lekin asli haq ahli bo’lgan musulmonlarni qarg’ab padariga laʼnat aytmang!
Hali hamma imtihon dunyosida, buni unutmang...

#tarjima

@GiyosiddinYusuf
2.6K views23:54
Ochish/sharhlash
2022-07-04 17:48:26
Erkaklar uchun farzand tarbiyasiga doir maslahat

#tarbiya

@GiyosiddinYusuf
2.7K views14:48
Ochish/sharhlash
2022-07-04 02:59:58 Bolalarni namozga odatlantirish

4. Boshlanishida yumshoqroq bo'ling!
Farzandingiz bilan uning namozi masalasida o'ta ham qattiqqo'l bo'lmang, ask holda farzandingiz namozga erta kundan qiziqishini yo'qotib qo'yishi mumkin. Besh mahal namozini o'qib qo'yishini qo'pollik bilan talab qilgandan ko'ra, uni har doim namozga qiziqtirishga urining toki u ishni o'z xohishidan kelib chiqib qilsin.

#namoz

@GiyosiddinYusuf
2.6K viewsedited  23:59
Ochish/sharhlash
2022-07-03 20:11:35
Amirxon Olimning tashabbusi bilan vodiyda kitobxonlar bilan uchrashuv bo'lmoqda. Kecha Namangan shahrida, bugun Marg'ilonda "Qalb iffati" kitobining taqdimoti bo'ldi. Ertaga Andijonda bo'ladi, inshaalloh. Ertaga mening darsim borligi sababli Toshkentga qaytib keldim.

Uchrashuvlarda O'tkirbek Muhammadsobir, Muzaffar Ne'matov, Amirxon – to'rtalamiz bo'ldik. Buyog'iga o'zlari davom ettiradilar, inshaalloh.

Vodiylik kitobxonlarning ilm-ma'rifatga chanqoqligi bizni judayam xursand qildi. Har bir uchrashuvda yuz-yuzdan oshiq kishi ishtirok etib, savollar berib, muhokamalarda faol bo'ldilar.

Ko'pchilik bu kabi uchrashuvlar tez-tez bo'lishini so'ramoqda. Tashkillashtirsangizlar biz qayerga bo'lsa ham boraveramiz, inshaalloh. Xususan, tez orada "Mahbub Payg'ambar" kitobimning taqdimotini vodiyning qator shaharlarida o'tkazishni kelishdik.

@GiyosiddinYusuf
2.6K views17:11
Ochish/sharhlash