Get Mystery Box with random crypto!

Farzandingiz haqqiga nima deb duo qilyapsiz? Zamonamizda mash | G'iyosiddin Yusuf | blog

Farzandingiz haqqiga nima deb duo qilyapsiz?

Zamonamizda mashhurlik va obro‘ning eng oson yo’li xonanda yoki aktyor bo'lishdir.

Ularning xalq oldidagi o’tkinchi obro‘siga mast bo’lgan ota-onalar farzandi haqqiga qilgan duosi ham "Shulardan kam bo’lmasin" deyishdan nariga o’tmaydi!
Buning ustiga o’sha “mashhurlarga: "Bu yutuqlarga qanday erishdingiz?" deyishsa , Javob: "Onam yoshligimdan duo qilardilar..."
Vo ajab! Onalar farzandlarini "Katta bo’lsa, do‘zaxiy bo’lsin" deb duo qilishi mumkinmi?"
Ha! O’zlari sezishmasa-da, bu mumkin!
Buning tasdigʼini hadisdan qaraylik:

Rasululloh alayhissalam aytdilar:

"(O’tgan zamonda) bir chaqaloq onasini emib turganda bir kishi hashamatli ulovda, go’zal ko’rinishda o’tib qoldi. Shunda ona unga qarab: "Allohim, mening o’g’limni ham shunday buyuk odam qilgin" dedi.
Chaqaloq onaning ko’kragini og’zidan chiqarib, tilga kirib, unga qarab dedi: "Allohim, meni unga o’xshagan qilmagin".
Bola emishda davom etdi.
Birozdan so’ng bir cho’rini kaltaklab olib o’tishdi, unga "sen zino qilding, o’g’irlik qilding..." deyishardi, u bo’lsa: "Hasbiyallohu va ni’mal vakil" der edi!
Shunda buni ko’rgan (johil) ona: "Allohim, bolamni bunga o’xshagan qilma!” dedi.
Bola yana ko’krakni og’zidan chiqarib tilga kirib: "Allohim, meni shunga o’xshagan qilgin" dedi.
Ona ajablanib bolasi bilan tortishib ketdi. Shunda bola aytdi:
"Siz havas qilib "Bolamni shunday qilgin" degan kishingiz bir zo’ravon (fosiq) , ammo bu cho’riga bo’lsa, “zino qilding, o’g’irlik qilding" deb tuhmat qilishmoqda, u esa bularni qilmagan, shuning uchun meni ham shunga o’xshagan (zulm ko’rsa-da pok inson) qilgin dedim!"
(Buxoriy va Muslim)

Televizor qarshisida o’tirgan ota- onalar!
Ahmoqlik qilib bolangizni do’zaxiy bo’lishini so’rab duo qilmang!
Va "Xoinga chiqarilgan", lekin asli haq ahli bo’lgan musulmonlarni qarg’ab padariga laʼnat aytmang!
Hali hamma imtihon dunyosida, buni unutmang...

#tarjima

@GiyosiddinYusuf