Get Mystery Box with random crypto!

G'iyosiddin Yusuf | blog

Telegram kanalining logotibi giyosiddinyusuf — G'iyosiddin Yusuf | blog G
Telegram kanalining logotibi giyosiddinyusuf — G'iyosiddin Yusuf | blog
Kanal manzili: @giyosiddinyusuf
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.91K
Kanalning ta’rifi

Bir necha kitoblar muallifi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz
https://linktr.ee/giyosiddinyusuf
Savol berish: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-29 03:53:16 Gunoh emasmi?

Assalomu alaykum! 7 va 10 yoshli o‘g‘illarim men bilan namoz o‘qishni boshlashdi. Hadeb tahorat olishga biroz dangasalik qilishadi. Shunda men ularga "Har bir tahorat uchun tog‘dek savob olasan, jannatga tushadi tahoratlilar" deyman (erinmasligi uchun). Balki savobi men aytgan darajada emasdir. Yolg‘on gapirib bolalarni undash gunohmasmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Yolg‘on gapirmang. Bor narsaga o‘rgating. Vallohu a’lam!

@GiyosiddinYusuf
2.4K views00:53
Ochish/sharhlash
2022-08-28 19:48:09 Nashr qilingan kitoblarim:

1. "Mo'minlarning onalari haqida savol-javoblar" – kattalar uchun.
2. "Kundalik odoblar" – bolalar uchun.
3. "Ko'zlar quvonchi" – bolalar uchun.
4. "Muzqaymoq" – bolalar uchun.
5. "Arab alifbosi" – bolalar uchun.
6. "Mahbub Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallam" – kattalar uchun.

Jarayondagi ishlar:

1. "Odobingiz – obro'yingiz" 2 – bolalar uchun.
2. "Tarbiya-chi?" – ota-onalar uchun.
3. "Men bolamni yaxshi ko'raman" – ota-onalar uchun.
4. "Ota-onani e'zozlash" – bolalar uchun.

Nashr qilingan kitoblarimni @kitobdornashr kanali orqali yoki ko'plab kitob do'konlardan xarid qilishingiz mumkin.

@GiyosiddinYusuf
2.5K views16:48
Ochish/sharhlash
2022-08-28 05:38:37 Onam: "Men borganda faqat telefon o'ynasang, mendan ko'rasan!"
Men: "Xo'p, unda ora-orada kompyuter ham o'ynayman".

#Tabassum

@GiyosiddinYusuf
2.7K viewsedited  02:38
Ochish/sharhlash
2022-08-27 08:28:12 ​​#Savol: Qur’onni kirill (lotin) alifbosida yozilgani bormi?

Javob: Alloh taolo Qur’on o‘qishga intilishingiz uchun ajr-u mukofotlar ato qilsin! O‘zi muvaffaq qilsin!
Arab alifbosini boshqa alifboda to‘liq ifodalab bo‘lmaydi, shuning uchun Qur’oni karimning o‘qilishini boshqa alifbolarda yozish mumkin emas. Faqat zaruratan namoz o‘qishni o‘rgatuvchi kitoblarda qisqa suralarning o‘qilishi yoziladi. Bu ham Qur’onni o‘qishni o‘rganib olguncha namozda o‘qib turish uchundir. Masalan, bir kishi namoz o‘qishni boshlasa yoki musulmon bo‘lsa, ikki namoz oralig‘ida Qur’on o‘qishni o‘rganib ololmaydi. Lekin namoz o‘qish – farz. Ana shunday zarurat uchun yoziladi.
Har bir musulmon kishi Qur’oni karimdan namoz o‘qishga yetarli miqdorda tajvid va maxraj qoidalariga amal qilgan holda o‘qishni o‘rganishi farzdir. Kim bo‘lishidan, yoshi katta yo kichik bo‘lishidan qat’i nazar, balog‘atga yetgan musulmon uchun bu farzi ayn hisoblanadi. Shuning uchun Qur’on o‘qishni o‘rganishga harakat qilish kerak. Buning uchun «Muallimi soniy» yoki shunga o‘xshash arab alifbosini o‘rgatuvchi biror kitobdan harflarni o‘rganish kerak. Hozir mazkur kitobni ovozli nusxalari ham bor. Keyin tajvidga oid biror kitobni o‘qish kerak. Qarabsizki, Qur’on o‘qishni o‘rganib olasiz. Bu ko‘p vaqt olmaydi. Taxminan, ikki oy ketadi. Yana shuni aytish lozimki, imkon qadar Qur’on o‘qishni ustozdan o‘rganish kerak.
Qur’on o‘qish nihoyatda savobli, xayr-barakotli amal. Uni o‘qib, o‘rganish, unga amal qilish har bir musulmonning burchidir. Bu yo‘ldagi harakat ham ajr-savobga sabab bo‘ladi. Shuning uchun harakat qilaveraylik.

G'iyosiddin Yusuf

#Quran

@GiyosiddinYusuf
2.9K views05:28
Ochish/sharhlash
2022-08-27 03:55:38 Tanlov sovg'alari sifatida so'ragan narsalaringizni o'qib chiqdim va bera oladiganlarim ro'yxati quyidagicha bo'ldi:

– Sema Marashlining ba'zi kitoblari;
– o'zimning kitoblarim;
– onlayn kurslarimga bepul yo'llanma;
– farzand tarbiyasi bo'yicha yuzma-yuz konsultatsiya;
– istagan kitobingizni o'zingiz xarid qilish uchun vaucher.

Ketma-ket tanlovlar o'tkazib bu sovg'alarning barchasini berishni o'ylayapman. Tanlovlar tez kunlarda www.instagram.com/GiyosiddinYusuf sahifamizda bo'ladi, inshaalloh.

"Telegram kanalda bo'lsin" deb izoh yozmoqchi bo'lganlarga: telegram garchi qulay bo'lsa-da, kanalda obunachilarni ushlab turish juda qiyin, shuning uchun kelajakda baribir instagramda ko'proq faol bo'laman. Shunga sekin instagramga "ko'chaveraylik".

@GiyosiddinYusuf
2.5K views00:55
Ochish/sharhlash
2022-08-26 17:48:05 Har doim, farzandingiz qanday ayb ish sodir etmasin va siz qanchalik jahlingiz chiqmasin, uyqudan oldin hamma bir-birini kechirishi, bolalar esa o'zlarini kerakli, sevimli ekanini his qilib uyquga ketishi lozim.

Albatta, tungi tinch uyquning muhim ekanligini aytib oʻtishga hojat yoʻq. Qolaversa, tunda hamma uxlab yotganida, oddiy koyishlar ham juda katta baxtsizlikdek tuyuladi. Hatto biz kattalar uchun ham. Kechasi yig'lagan bolangiz ertalab buni unutib, o'ziga kelishi ham mumkin. Biroq bu ko'z yoshlari uning ruhiyatida bir umrlik iz qoldirishi ham mumkin.

Agar bir kunlik “tarbiya” yetarli emas deb hisoblasangiz, farzandingizni tinch uxlashga qoʻyib bering. Ertasi kuni muammoni muhokama qilishni davom ettirishingiz mumkin.

Lekin hech qachon bolangiz yig'lab, mahzun holda uxlab qolishiga yo'l qo'ymang!

#tarjima

@GiyosiddinYusuf
2.8K views14:48
Ochish/sharhlash
2022-08-26 15:44:07 Tanlov o'tkazishni o'ylayapman. Siz g'olib bo'lsangiz, nima sovg'a olishni istardingiz?

@GiyosiddinYusuf
2.4K views12:44
Ochish/sharhlash
2022-08-26 08:06:34 Yaxshi shogirdlarimni farzandlarimdek yaxshi ko‘raman. Ba’zilar esa ota-onasining qistovi bilan “o‘qiyotgani” bilinadi. Ularni darsga qiziqtirishga, yaxshi o‘rtoqlariga ergashishiga harakat qilaman. Lekin doim ham bunga erisha olmayman. Bunda ota-onalarning ham yordami kerak.

@GiyosiddinYusuf
2.7K views05:06
Ochish/sharhlash
2022-08-26 03:54:34 Qur’on yodlash

#Savol: Assalomu alaykum! Men hozirda 4 oylik homiladorman. Namoz, Qur’on o‘qiyman. Bo‘lajak farzandimiz tug‘ilganida u Qur’on yod olishi oson bo‘lishi uchun men hozirdan nimalar qilishim kerak? 3-4 yosh bo‘lib turib Qur’on yod olgan bolalarni ko‘rib juda havas qilaman va umid qilaman bizning farzandlar ham shunday bo‘lsin deb. Qanday kitoblarni o‘qishni tavsiya qilasiz? Farzandlarimiz Qur’on hofizlari bo‘lishini juda xohlaymiz. O‘g‘limiz bo‘lsa, u masjidda azon chaqirsa, imomlik qilsa deb rosa havas qilaman. Ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni puxta egallashi uchun bizlarga yo‘l ko‘rsating iltimos.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Luqmangizni harom va shubhali narsalardan poklang. Farz, vojib, sunnat amallarga mahkam bo‘ling. Ko‘p Qur’on tilovat qiling. Alloh taologa duo qilib so‘rang. Duolar mustajob bo‘lgan vaqtlarga haris bo‘ling. Gunoh va ma’siyatlardan butkul uziling. Vallohu a’lam!

@GiyosiddinYusuf
2.9K views00:54
Ochish/sharhlash
2022-08-25 17:59:23
Bolalar kechasi uyg'onib, ota-onasining xonasiga kirmoqchi bo'lsa, nima qilishi kerak?

@GiyosiddinYusuf
2.7K views14:59
Ochish/sharhlash