Get Mystery Box with random crypto!

G'iyosiddin Yusuf | blog

Telegram kanalining logotibi giyosiddinyusuf — G'iyosiddin Yusuf | blog G
Telegram kanalining logotibi giyosiddinyusuf — G'iyosiddin Yusuf | blog
Kanal manzili: @giyosiddinyusuf
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.91K
Kanalning ta’rifi

Bir necha kitoblar muallifi, oilaviy munosabatlar bo'yicha ustoz
https://linktr.ee/giyosiddinyusuf
Savol berish: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_admin

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-03 19:03:27 Biz tortinchoq bo‘lmagan, ammo sharmu hayoli, fikrini chiroyli ifoda qilishda uyalmaydigan, o‘zini hurmat qiladigan, nazokatli, ammo haqini haqlashadigan bolalarni tarbiyalashimiz kerak. Yuzga tikka qarash bilan boshni tik tutish orasidagi farqni ajrata oladigan bolalar kerak bizga.

Muallif: @Umidaaziz

@GiyosiddinYusuf
2.4K views16:03
Ochish/sharhlash
2022-07-03 12:30:00 Abu Nasr Tammor rahmatullohi alayh rivoyat qiladi: Bir kishi hajga ketish oldidan Bishriy Hofiy rahmatullohi alayh bilan xayrlashish uchun keldi va:
“Hajga borishni maqsad qildim, menga nimani buyurasiz?” dedi. Shunda u zot: “Hajga borib kelish uchun qancha pul ajratding?” dedi. U: “Ikki ming dirham”, dedi. Bishri Hofiy rahmatullohi alayh unga: “Agar sen uyingda turib, ikki ming dirhamni infoq qilib, aniq ishonch bilan Alloh taoloning roziligini topishing mumkin bo‘lgan, boshqa bir ishni aytsam qilasanmi?” dedi. U kishi: “Ha, qilaman, ayting!” dedi.
U zot: “Unday bo‘lsa, borgin-da, uni o‘n kishiga taqsimlab ber. Qarzdor qarzidan qutilib oladi, kambag‘al o‘zini o‘nglab oladi, serfarzand odam oilasiga ro‘zg‘or qiladi, yetimni parvarish qiluvchi uni xursand qiladi. Agar, bordi-yu uni bitta kambag‘alga berishga qalbing ko‘proq moyil bo‘lsa, bir odamga bersang ham bo‘ladi. Chunki musulmonning qalbiga shodlik kiritish, qiynalganga yordam berish, unga yetgan zararni ketkazish va zaif insonga ko‘maklashish Allohning nazdida farz hajdan keyingi yuzta hajdan afzalroqdir. O‘rningdan turgin-da, biz aytganimizdek qil, yoki bunday qila olmasang qalbingdagini ayt!” dedi. Shunda u: “Ey Abu Nasr, qalbimda hajga borish istagi kuchliroq”, dedi. Bishri Hofiy rahmatullohi alayh uning bu gapidan tabassum qilib kuldilar, so‘ng unga qarata: “Qachonki mol-dunyo tijoratning kirliklari va shubhalardan to‘plangan bo‘lsa, nafs ishini qilib olish payidan bo‘ladi va faqat tashqi ko‘rinishidan chiroyli amallarni qilishga undaydi.
Vaholangki, Alloh taolo nafsiga qasam ichib, faqatgina taqvodorlarning amalini qabul qilishini e’lon qilgan”, dedilar.
Ushbu hikoyani o‘qigan, qayta-qayta haju umraga borishni ishtiyoqida yurgan yoki otam-onamga atab qanday savobli ish qilsam bo‘larkin deb o‘ylanib turgan har bir musulmon Alloh taolo rizosini istab qilmoqchi bo‘lsa, atrofidagi nofila hajdan-da afzalroq, vojibroq bo‘lgan xayrli amallarga e’tibor bersin.

Bahodir Rahmatullohning
“Ota bo‘lish osonmi?” kitobidan, #iqtibos

@GiyosiddinYusuf
2.6K views09:30
Ochish/sharhlash
2022-07-03 09:16:40 Live stream finished (53 minutes)
06:16
Ochish/sharhlash
2022-07-03 08:22:55 Live stream started
05:22
Ochish/sharhlash
2022-07-03 06:48:27 Farzand tarbiyasida ota-onalarning roli juda katta. Ota-onalarning har qanday noto'g'ri munosabati va xatti-harakati bolaning butun hayotida doimiy iz qoldirishi mumkin. Ushbu izlar ijobiy bo'lishi uchun ota-onalar izchil xatti-harakatlar namunasini qabul qilishlari kerak. Aks holda, bola kontseptual chalkashlikka tushib qoladi va uning ongida ota-onalarning rollari murakkablashadi. Bunday tartibsizlikka tushib qolmaslik uchun ota-onalar hamfikr bo'lishlari kerak. Ya’ni ota-onadan biri qo‘pol ish qilsa, ikkinchisi rahm-shafqat ko‘rsatmasligi, birining bergan jazosi ikkinchisi tomonidan kechirilmasligi kerak. Bola tarbiyasida sevgi, mehr va sadoqat muhim ahamiyatga ega, lekin uni tartibsiz qoldirmaslik kerak.

#tarjima

@GiyosiddinYusuf
2.5K views03:48
Ochish/sharhlash
2022-07-02 15:50:32
Yosh bolalar uchun ota-ona ideal ko'rinishi kerak: xato va kamchiliklarini ko'rsatmasin. Chunki bola ota-onam to'g'ri ish qilyapti deb o'ylaydi.

Bola biroz ulg'aygach unga haqiqiy ideal zot kimligi o'rgatiladi. Shunda bola...

@GiyosiddinYusuf
2.7K views12:50
Ochish/sharhlash