Get Mystery Box with random crypto!

Amirxon Olimning tashabbusi bilan vodiyda kitobxonlar bilan uc | G'iyosiddin Yusuf | blog

Amirxon Olimning tashabbusi bilan vodiyda kitobxonlar bilan uchrashuv bo'lmoqda. Kecha Namangan shahrida, bugun Marg'ilonda "Qalb iffati" kitobining taqdimoti bo'ldi. Ertaga Andijonda bo'ladi, inshaalloh. Ertaga mening darsim borligi sababli Toshkentga qaytib keldim.

Uchrashuvlarda O'tkirbek Muhammadsobir, Muzaffar Ne'matov, Amirxon – to'rtalamiz bo'ldik. Buyog'iga o'zlari davom ettiradilar, inshaalloh.

Vodiylik kitobxonlarning ilm-ma'rifatga chanqoqligi bizni judayam xursand qildi. Har bir uchrashuvda yuz-yuzdan oshiq kishi ishtirok etib, savollar berib, muhokamalarda faol bo'ldilar.

Ko'pchilik bu kabi uchrashuvlar tez-tez bo'lishini so'ramoqda. Tashkillashtirsangizlar biz qayerga bo'lsa ham boraveramiz, inshaalloh. Xususan, tez orada "Mahbub Payg'ambar" kitobimning taqdimotini vodiyning qator shaharlarida o'tkazishni kelishdik.

@GiyosiddinYusuf