Get Mystery Box with random crypto!

​​Ona va bola Oiladagi muvozanat Alloh taoloning taqdiridir. | G'iyosiddin Yusuf | blog

​​Ona va bola

Oiladagi muvozanat Alloh taoloning taqdiridir. Na ayol erkakning va na erkak ayolning vazifasini olishi mumkin. Erkak kuchliroq boʻlishiga qaramay ertalabgacha bolasini quchogʻida tebratolmaydi yoxud hadeb uyqusidan uygʻonib bolaga qarolmaydi. Aslida ota bu xizmatlarni qilishga muvofiqroq. Ayolga nisbatan kuch-quvvati koʻproq. Lekin Alloh taolo onaning fitratiga joylagan shafqat va marhamat vaqt oʻtishi bilan onalik tuygʻusiga aylanadi. Hayvonlar orasida eng qoʻrqoqligi bilan mashhur boʻlgan tovuq ona boʻlgach joʻjalariga qoʻl uzatganga qanotli sherga aylanib bolalarini himoya qiladi.

Onalik qiyinchilikni osonlashtiradi. Zaifalik kuchga aylanadi va ona ota qilolmaganini qiladi. Yigʻlayotgan bolasini oyogʻida boʻlmasa, quchogʻida tebratadi. Koʻzlari farzandiga tikilgan holda uyquga toladi. Uyquning eng shirin joyida «uff» demay, badduo qilmay farzand xizmatiga oshno boʻladi. Ona himoyasidagi bola goʻyo shafqat va marhamat qubbasi ostida ulgʻayadi, uylanadi, ishga joylashadi. Keyin ona keksayadi. Qarashga muhtoj holga keladi. Xayolida bolasini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylagan kunlardagidek u bilan gaplashishni, unga istaklarini aytishni istaydi. Oldidagi farzandining nafrat toʻla soʻzlari qalbini yaralasada farzandiga gʻazab qilmaydi, nafrat soʻzlarni aytmaydi ona. U faqatgina duo qilishni biladi. Baʼzan bolasiga bardavomlikni soʻrab, baʼzan esa islohini (toʻgʻri yoʻlga tushishini) soʻrab duo qiladi.

Ustoz doktor Ihsan Shenojak hafizahulloh
"Islom oilasida farzand tarbiyasi" kitobidan #iqtibos

#tarjima

@GiyosiddinYusuf