Get Mystery Box with random crypto!

Har doim, farzandingiz qanday ayb ish sodir etmasin va siz qan | G'iyosiddin Yusuf | blog

Har doim, farzandingiz qanday ayb ish sodir etmasin va siz qanchalik jahlingiz chiqmasin, uyqudan oldin hamma bir-birini kechirishi, bolalar esa o'zlarini kerakli, sevimli ekanini his qilib uyquga ketishi lozim.

Albatta, tungi tinch uyquning muhim ekanligini aytib oʻtishga hojat yoʻq. Qolaversa, tunda hamma uxlab yotganida, oddiy koyishlar ham juda katta baxtsizlikdek tuyuladi. Hatto biz kattalar uchun ham. Kechasi yig'lagan bolangiz ertalab buni unutib, o'ziga kelishi ham mumkin. Biroq bu ko'z yoshlari uning ruhiyatida bir umrlik iz qoldirishi ham mumkin.

Agar bir kunlik “tarbiya” yetarli emas deb hisoblasangiz, farzandingizni tinch uxlashga qoʻyib bering. Ertasi kuni muammoni muhokama qilishni davom ettirishingiz mumkin.

Lekin hech qachon bolangiz yig'lab, mahzun holda uxlab qolishiga yo'l qo'ymang!

#tarjima

@GiyosiddinYusuf