Get Mystery Box with random crypto!

​​#Savol: Qur’onni kirill (lotin) alifbosida yozilgani bormi? | G'iyosiddin Yusuf | blog

​​#Savol: Qur’onni kirill (lotin) alifbosida yozilgani bormi?

Javob: Alloh taolo Qur’on o‘qishga intilishingiz uchun ajr-u mukofotlar ato qilsin! O‘zi muvaffaq qilsin!
Arab alifbosini boshqa alifboda to‘liq ifodalab bo‘lmaydi, shuning uchun Qur’oni karimning o‘qilishini boshqa alifbolarda yozish mumkin emas. Faqat zaruratan namoz o‘qishni o‘rgatuvchi kitoblarda qisqa suralarning o‘qilishi yoziladi. Bu ham Qur’onni o‘qishni o‘rganib olguncha namozda o‘qib turish uchundir. Masalan, bir kishi namoz o‘qishni boshlasa yoki musulmon bo‘lsa, ikki namoz oralig‘ida Qur’on o‘qishni o‘rganib ololmaydi. Lekin namoz o‘qish – farz. Ana shunday zarurat uchun yoziladi.
Har bir musulmon kishi Qur’oni karimdan namoz o‘qishga yetarli miqdorda tajvid va maxraj qoidalariga amal qilgan holda o‘qishni o‘rganishi farzdir. Kim bo‘lishidan, yoshi katta yo kichik bo‘lishidan qat’i nazar, balog‘atga yetgan musulmon uchun bu farzi ayn hisoblanadi. Shuning uchun Qur’on o‘qishni o‘rganishga harakat qilish kerak. Buning uchun «Muallimi soniy» yoki shunga o‘xshash arab alifbosini o‘rgatuvchi biror kitobdan harflarni o‘rganish kerak. Hozir mazkur kitobni ovozli nusxalari ham bor. Keyin tajvidga oid biror kitobni o‘qish kerak. Qarabsizki, Qur’on o‘qishni o‘rganib olasiz. Bu ko‘p vaqt olmaydi. Taxminan, ikki oy ketadi. Yana shuni aytish lozimki, imkon qadar Qur’on o‘qishni ustozdan o‘rganish kerak.
Qur’on o‘qish nihoyatda savobli, xayr-barakotli amal. Uni o‘qib, o‘rganish, unga amal qilish har bir musulmonning burchidir. Bu yo‘ldagi harakat ham ajr-savobga sabab bo‘ladi. Shuning uchun harakat qilaveraylik.

G'iyosiddin Yusuf

#Quran

@GiyosiddinYusuf