Get Mystery Box with random crypto!

Qur’on yodlash #Savol: Assalomu alaykum! Men hozirda 4 oylik | G'iyosiddin Yusuf | blog

Qur’on yodlash

#Savol: Assalomu alaykum! Men hozirda 4 oylik homiladorman. Namoz, Qur’on o‘qiyman. Bo‘lajak farzandimiz tug‘ilganida u Qur’on yod olishi oson bo‘lishi uchun men hozirdan nimalar qilishim kerak? 3-4 yosh bo‘lib turib Qur’on yod olgan bolalarni ko‘rib juda havas qilaman va umid qilaman bizning farzandlar ham shunday bo‘lsin deb. Qanday kitoblarni o‘qishni tavsiya qilasiz? Farzandlarimiz Qur’on hofizlari bo‘lishini juda xohlaymiz. O‘g‘limiz bo‘lsa, u masjidda azon chaqirsa, imomlik qilsa deb rosa havas qilaman. Ham diniy, ham dunyoviy bilimlarni puxta egallashi uchun bizlarga yo‘l ko‘rsating iltimos.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Luqmangizni harom va shubhali narsalardan poklang. Farz, vojib, sunnat amallarga mahkam bo‘ling. Ko‘p Qur’on tilovat qiling. Alloh taologa duo qilib so‘rang. Duolar mustajob bo‘lgan vaqtlarga haris bo‘ling. Gunoh va ma’siyatlardan butkul uziling. Vallohu a’lam!

@GiyosiddinYusuf