Get Mystery Box with random crypto!

FUTGOL

Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL F
Telegram kanalining logotibi futgol_uz — FUTGOL
Kanal manzili: @futgol_uz
Toifalar: Bloglar , Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.11K
Kanalning ta’rifi

Hech bir fikr mutlaq haqiqat degani emas. Aloqa: @Aloqachi11bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 411

2021-08-01 16:54:0038 yoshli Goran Pandev “Jenoa” bilan yangi shartnoma imzoladi

Tomonlar oʻtgan oyda oʻz nihoyasiga yetgan shartnomani 2022-yilning yoziga qadar uzaytirdi, deya xabar qilmoqda Nikolo Skira. Yaqin orada bu haqda rasman eʼlon qilinadi.

Pandev oʻtgan mavsum genuyaliklar safida 30 ta oʻyin oʻtkazib, 7 gol va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
29.8K views13:54
Ochish/sharhlash
2021-08-01 16:01:30“Real” 5 futbolchidan tashqari istalgan oʻyinchisini sotishga tayyor

Marca xabariga koʻra, faqat Tibo Kurtua, Karim Benzema, Fede Valverde, David Alaba va Vinisius Junior borasidagi takliflar qabul qilinmaydi. Qolgan barcha oʻyinchilar, shu jumladan Ferlan Mendi va Martin Edegorning ham klubdagi kelajagi soʻroq ostida turibdi.

Yaqinda Rafael Varanning “Man Yunayted”ga sotib yuborilgani, bunga yaqqol misol.

Shu bilan birga, madridliklarning xarid borasidagi rejalari oʻzgarmagan. Yagona maqsad — “PSJ” forvardi Kilian Mbappe. Qolgan transferlar “Real”ni qiziqtirmayapti.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
28.7K views13:01
Ochish/sharhlash
2021-07-29 22:09:57Konferensiyalar Kubogi. Igor Sergeyev dubl qayd etgan dramatik oʻyinda “Tobol” keyingi bosqichga yoʻl oldi

“Tobol” va “Xayduk” oʻrtasidagi javob bahsida oʻzbekistonlik hujumchi dubl qayd etdi. Oʻyin qoʻshimcha boʻlimlarga qadar choʻzildi va yakunda kostanayliklar gʻalabani ilib ketdi.

Konferensiyalar Kubogi
2-saralash bosqichi

“Tobol” (Qozogʻiston) — “Xayduk” (Xorvatiya) 4:1
Gollar: 1:0 – 56 Yovanchich, 2:0 – 61 Sergeyev, 3:0 – 67 Sergeyev, 3:1 – 90+4 Saxiti, 4:1 – 118 Tagibergen.

Dastlabki oʻyin: 0:2.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
11.3K views19:09
Ochish/sharhlash
2021-07-29 20:16:00“PSJ” darvozaboni Alfons Areolya “Vest Hem”ga oʻtdi

Londonliklar 28 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.

Oʻtgan mavsum fransiyalik posbon “Fulhem”da ijarada oʻynagandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
21.4K views17:16
Ochish/sharhlash
2021-07-29 19:34:08
Igor Sergeyev Yevrokuboklardagi debyut gollarini urdi

“Tobol” klubi Konferensiyalik Kubogi saralash bosqichi doirasida “Xayduk” klubiga qarshi bahs olib bormoqda. Sergeyev jamoasining ikkinchi va uchinchi goliga mualliflik qildi.

Hozircha hisob 3:0. Umumiy hisob esa — 3:2.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
26.1K viewsedited  16:34
Ochish/sharhlash
2021-07-29 16:15:23Rasman: “Real” Dani Karvaxal bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi

Tomonlar 2025-yilning yoziga qadar moʻljallangan bitimga imzo chekkan.

Karvaxal “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2020/21-yilgi mavsumda La Ligada 13 ta oʻyin oʻtkazib, ikkita golli uzatma amalga oshirgandi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
31.2K views13:15
Ochish/sharhlash
2021-07-29 14:29:13“Chelsi” Romelu Lukakuga yiliga 10 mln yevro maosh taklif qildi

Londonliklar Lukakuga yiliga 10 mln yevro maoshga ega shartnoma taklif qilgan. Uning “Inter”dagi maoshi 7,5 millionga teng. Biroq belgiyalik forvard bu taklifga rad javobini bergan.

Eslatib oʻtamiz, Romelu 2011—2014-yillar mobaynida “Chelsi”da toʻp surgan.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
31.7K views11:29
Ochish/sharhlash
2021-07-29 11:59:11 ​#Karikatura. “Bo‘riga aylanayotgan Eldor”

Eldor Shomurodovning “Roma”ga o‘tayotgani animator Hamid Sahari nigohida.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!
33.6K views08:59
Ochish/sharhlash