Get Mystery Box with random crypto!

​ A Seriya formatida jiddiy oʻzgarishlar boʻlishi mumkin Ital | FUTGOL

A Seriya formatida jiddiy oʻzgarishlar boʻlishi mumkin

Italiya oliy divizioni klublari liga ishtirokchilarini 18 tagacha kamaytirish va pley-off tizimini joriy qilish borasida jiddiy bosh qotirmoqda. Corriere della Seraʼning xabar qilishicha, klublar oʻzgarishlar amalga tatbiq etilishiga rozi. Bunday tizimning moliyaviy tomondan koʻproq foyda keltirishi ularga ma’qul kelgan.

Taxminlarga koʻra, ligadagi jamoalar soni 20 tadan 18 taga kamaytiriladi. Yana bir gʻoyalardan biri: chempionlik va yuqori oʻrinlar uchun pley-off tizimini joriy qilish.

Mazkur loyiha 21-iyul kuni muhokama qilinadi. Agar qaror maʼqullansa, u holda bu oʻzgarishlar 2023/24-yilgi mavsumdan kuchga kiradi.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!