Get Mystery Box with random crypto!

​ Eng so‘nggi transfer yangiliklari bitta sahifada! Rafael V | FUTGOL

Eng so‘nggi transfer yangiliklari bitta sahifada!

Rafael Varan tez orada “Man Yunayted” futbolchisiga aylanadi. Transfer muzokaralari deyarli yakunlangan, kichik detallar hal qilinsa boʻlgani (Sky Sports);

“Yuventus” himoyachisi Merih Demiral faoliyatini “Borussiya D”da davom ettirishi mumkin. Turinliklar turkiyalik futbolchini 35 mln yevroga qoʻyib yuborishga tayyor (Fabrisio Romano);

Jon Terri “Aston Villa” murabbiylar shtabini tark etdi;

Jerdan Shakiri “Latsio”ga qaytish niyati borligini maʼlum qildi. Unga “Roma”dan ham qiziqish bor (Corriere dello Sport);

“Man Yunayted” ushbu yozda Antoni Marsyalni sotib yuborish qaroriga keldi (Daily Star);

Slavisha Stoyanovich “Navbahor”ni tark etdi. Tomonlar shartnomani bekor qilgan;

“Tottenhem” “Atalanta” yarim himoyachisi Kristian Romeroni sotib olishga yaqin. Futbolchi bilan shaxsiy shartnoma kelishib olingan. Transfer 50 mln yevroga baholanmoqda (Fabrisio Romano);

Antuan Grizmann “Barselona”da qolish uchun maoshining kamayishiga rozi, ketadigan boʻlsa faqat “Atletiko M”ga oʻtmoqchi (Diario Sport);

“Yuventus” kelasi mavsum shartnomasi tugaydigan Krishtanu Ronaldu va ayni damda erkin agent maqomidagi Jorjio Kyellini bilan yangi kelishuv imzolamoqchi (Sky Sports).

@FutGol_UZ — Faqat futbol!