Get Mystery Box with random crypto!

​ “Barselona” Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish borasi | FUTGOL

“Barselona” Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi

Diario Sportʼning xabar qilishicha, yangi kelishuv 2026-yilning yoziga qadar moʻljallangan boʻladi. Futbolchining maoshi esa 50% foizga kamayadi.

Tomonlar bir necha soat avval kelishuvga erishgani aytilmoqda, yaqin kunlar ichida bu haqda rasman eʼlon qilinadi.

Messi bilan shartnoma imzolash uchun “Barselona” maoshlar vedomostini koʻrib chiqishi kerak boʻladi. Hozirda klub ayrim futbolchilar bilan maoshlarni qisqartirish borasida muzokara olib bormoqda. Shuningdek, ayrim oʻyinchilarning sotuvidan tushgan pul ham vaziyatni yaxshilashi kutilmoqda.

@FutGol_UZ — Faqat futbol!