Get Mystery Box with random crypto!

Farg'ona davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi farduatm — Farg'ona davlat universiteti F
Telegram kanalining logotibi farduatm — Farg'ona davlat universiteti
Kanal manzili: @farduatm
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

📧E-mail: fardu_info@umail.uz
🌐Rasmiy sayti: www.fdu.uz
FarDU yoshlar yetakchisi Jamshidbek Yoqubov
@J_Yoqubov0128
Kanal faoliyati 2018-yil 27-yanvar sanasidan boshlangan.
Murojat va reklama uchun:
@fardu_media
@fardurech

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2023-11-26 10:36:49 Savol agar imkon boʻlsa, sizga oʻzingizdek inson farzand, doʻst yoki yor boʻlishini istarmidingiz?

Javoblarni izohlarda kutaman;)
18.6K views7, 07:36
Ochish/sharhlash
2023-07-22 13:24:05
ITTIFOQDAN YANGI LOYIHA!

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qator tashkilot va vazirliklar bilan hamkorlikda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida Respublika “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasiga start berildi!

Barcha yoshlarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.1K viewsAxborot xizmati, 10:24
Ochish/sharhlash
2023-07-21 18:55:04
ITTIFOQDAN YANGI LOYIHA!

O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan qator tashkilot va vazirliklar bilan hamkorlikda professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida Respublika “Ko‘pkurash” harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasiga start berildi!

Musobaqa 3 bosqichda:
- birinchi bosqich (tuman-shahar) 20-iyul, 5-avgust kunlari;
- ikkinchi bosqich (hududiy) 15-20-avgust kunlari;
- uchinchi (respublika) bosqichi 25-avgust kuni o‘tkaziladi.

Musobaqaning tuman-shahar hamda hududiy bosqichi g'oliblari pul mukofoti va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadi. Tanlovning Respublika bosqichi g'oliblari esa quyidagicha:

1-o‘rin uchun 100 million so‘m va ko‘chma kubok;
2-o‘rin uchun 70 million so‘m;
3-o‘rin uchun 50 million so‘m bilan taqdirlanadilar.

Barcha yoshlarni musobaqada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook
1.8K viewsAxborot xizmati, 15:55
Ochish/sharhlash
2023-07-21 10:40:37
Абитуриентлар учун тўлов қилишнинг охирги муддати эълон қилинди

https://uza.uz/posts/503859

Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram | Facebook | Instagram | You Tubе
2.3K viewsJamshidbek Yoqubov, 07:40
Ochish/sharhlash
2023-07-21 06:16:04 #Bilasizmi

Bizning instagram ijtimoiy tarmog’imizga obuna bo’lganmisiz,obuna bo’lmagan bo’lsangiz qani Fardu talabalari instagram tarmog’ida nechta ekanmiz

Obuna bo’lib qo’yamiz
https://instagram.com/fardu.yoshlari?igshid=MzRlODBiNWFlZA==
1.1K viewsIkromov Dilyorbek FarDu, 03:16
Ochish/sharhlash
2023-07-20 22:37:18 Hujjat topshirish yakunlandi

Qabulning katta va muhim qismi tugadi. Bo'ldi, endi yo'nalishlarni ham o'zgartirib bo'lmaydi.

Buyog'iga 1 mln abituriyentlar ruxsatnoma chiqishini kutishadi.

Aytgancha, avvalgi yillarda tugatganlar, bugun — 21-iyul kuni soat 23:59 ga qadar 165 ming so'm to'lov qilishlari kerak. Yo'qsa ular testga qo'yilmaydi. Ushbu to'lovni kasbiy (ijodiy) imtihon olinadigan yo'nalishlarga topshirganlar ham to'lashi kerak.
2.5K viewsJamshidbek Yoqubov, 19:37
Ochish/sharhlash
2023-07-20 20:54:01 Qabul tugashiga 2 soatdan kam vaqt qoldi!

Soat 22:00 holatiga ko‘ra, OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 1 000 594 nafar.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz

Ro‘yxatdan bugun soat 23:59ga qadar o‘tish mumkin.

To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati: 21-iyul soat 23:59

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da

#qabul_2023 #infografika

Bizni kuzating
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
1.9K viewsJamshidbek Yoqubov, 17:54
Ochish/sharhlash
2023-07-20 20:54:01
#oʻqishni_koʻchirish
#kasb_hunar_maktabi
#kollej
#texnikum

Respublikadagi professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Professional ta’lim muassasalari (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yuzasidan arizalar joriy yilning 20-iyulidan 10-avgustiga qadar o‘quvchi tahsil olayotgan professional ta’lim muassasalarining o‘zida qabul qilinadi.

O‘qishni boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish yuzasidan berilgan arizalar qabul qiluvchi ta’lim muassasasi bo‘ysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan joriy yilning 15 avgust kunidan boshlab ko‘rib chiqiladi.

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta’limni davom ettirish imkoniyati beriladi.

Bizni kuzating
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
1.8K viewsJamshidbek Yoqubov, 17:54
Ochish/sharhlash
2023-07-20 19:47:20 #Bilasizmi

Bizning instagram ijtimoiy tarmog’imizga obuna bo’lganmisiz,obuna bo’lmagan bo’lsangiz qani Fardu talabalari instagram tarmog’ida nechta ekanmiz

Obuna bo’lib qo’yamiz
https://instagram.com/fardu.yoshlari?igshid=MzRlODBiNWFlZA==
3.6K viewsMurodullo Saydullayev , 16:47
Ochish/sharhlash
2023-07-20 08:29:06 2023-yil sentabr oyidan TTJga joylashmoqchi bo'lgan yuqori kurs (2,3,4-kurs kunduzgi ta'lim) talabalari diqqatiga!
 

Farg’ona davlat universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun yuqori kurs (2,3,4-kurslar) talabalaridan Talabalar turar joyiga joylashish bo'yicha onlayn arizalar olish boshlanmoqda. Onlayn arizalar joriy yilning 18-30-iyul kunlari qabul qilinib, bu faqat KUNDUZGI TA'LIM shaklida tahsil olayotgan talabalarga amal qiladi.

Yuqori kurs talabalarini TTJga joylashtirish ishlari quyidagi me’zonlar asosida amalga oshiriladi:
 
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar);

Chin yetimlar (ota-onasi vafot etgan, vasiylik va homiylikka olingan yetimlar);

I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi (
my.gov.uz) orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandlari (Bunda, axborot tizimiga 2023-yilda kiritilgan oilalar hisobga olinadi);

Xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan (chet el fuqarosi) talabalar.


Ko‘rsatib o‘tilgan mazkur me’zonlar asosida yuqori kurs talabalari TTJga joylashish uchun https://forms.gle/rLsV8KxnsctyKHdy9 manziliga online ariza yuborib, ro'yxatdan o'tishlari kerak.

Shuningdek, talabalar asoslovchi hujjatlar bilan onlayn ariza topshirganligi bo'yicha fakultetlarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o‘rinbosari (4-kurslar) va tyutorlarini (2-3-kurslar) ogohlantirib qo'yishlari kerak.
 

ESLATMA: Yuqorida ko‘rsatilgan me’zonlar asosida TTJga joylashish ishlari kechki, sirtqi va ikkinchi oliy ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarga TATBIQ ETILMAYDI.

IZOH: Qabul jarayonlaridan keyin TTJlarning aksariyat qismiga 1-kurs talabalari joylashadi. Yangi o'quv yili boshlanish davrida boshqa bosqich talabalarining yashash joy qidirib sarson bo'lmasliklarini oldini olish maqsadida TTJlari taqsimotini hozirdan ya'ni iyul oyidan tashkil qilish boshlandi. Online ariza berish natijasida TTJdan joy yetmay qolgan talabalar uchun ijara xonadonlari ro'yxati shakllantirilmoqda. Yangi o'quv yili boshidan ularni ijara xonadonlariga joylash choralari ko'riladi.

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing:
Telegram | Instagram
4.7K viewsIkromov Dilyorbek FarDu, 05:29
Ochish/sharhlash