Get Mystery Box with random crypto!

#oʻqishni_koʻchirish #kasb_hunar_maktabi #kollej #texnikum R | Farg'ona davlat universiteti

#oʻqishni_koʻchirish
#kasb_hunar_maktabi
#kollej
#texnikum

Respublikadagi professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar oʻqishini koʻchirish uchun arizalar qabuli boshlandi

Professional ta’lim muassasalari (Adliya vazirligining yuridik texnikumlaridan tashqari) o‘quvchilarning o‘qishini ko‘chirish yuzasidan arizalar joriy yilning 20-iyulidan 10-avgustiga qadar o‘quvchi tahsil olayotgan professional ta’lim muassasalarining o‘zida qabul qilinadi.

O‘qishni boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish yuzasidan berilgan arizalar qabul qiluvchi ta’lim muassasasi bo‘ysunuvchi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan joriy yilning 15 avgust kunidan boshlab ko‘rib chiqiladi.

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklashda ularga davlat granti asosida ta’limni davom ettirish imkoniyati beriladi.

Bizni kuzating
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube