Get Mystery Box with random crypto!

2023-yil sentabr oyidan TTJga joylashmoqchi bo'lgan yuqori kur | Farg'ona davlat universiteti

2023-yil sentabr oyidan TTJga joylashmoqchi bo'lgan yuqori kurs (2,3,4-kurs kunduzgi ta'lim) talabalari diqqatiga!
 

Farg’ona davlat universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun yuqori kurs (2,3,4-kurslar) talabalaridan Talabalar turar joyiga joylashish bo'yicha onlayn arizalar olish boshlanmoqda. Onlayn arizalar joriy yilning 18-30-iyul kunlari qabul qilinib, bu faqat KUNDUZGI TA'LIM shaklida tahsil olayotgan talabalarga amal qiladi.

Yuqori kurs talabalarini TTJga joylashtirish ishlari quyidagi me’zonlar asosida amalga oshiriladi:
 
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalar);

Chin yetimlar (ota-onasi vafot etgan, vasiylik va homiylikka olingan yetimlar);

I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

“Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi (
my.gov.uz) orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandlari (Bunda, axborot tizimiga 2023-yilda kiritilgan oilalar hisobga olinadi);

Xorijiy davlatlardan kelib tahsil olayotgan (chet el fuqarosi) talabalar.


Ko‘rsatib o‘tilgan mazkur me’zonlar asosida yuqori kurs talabalari TTJga joylashish uchun https://forms.gle/rLsV8KxnsctyKHdy9 manziliga online ariza yuborib, ro'yxatdan o'tishlari kerak.

Shuningdek, talabalar asoslovchi hujjatlar bilan onlayn ariza topshirganligi bo'yicha fakultetlarning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o‘rinbosari (4-kurslar) va tyutorlarini (2-3-kurslar) ogohlantirib qo'yishlari kerak.
 

ESLATMA: Yuqorida ko‘rsatilgan me’zonlar asosida TTJga joylashish ishlari kechki, sirtqi va ikkinchi oliy ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalarga TATBIQ ETILMAYDI.

IZOH: Qabul jarayonlaridan keyin TTJlarning aksariyat qismiga 1-kurs talabalari joylashadi. Yangi o'quv yili boshlanish davrida boshqa bosqich talabalarining yashash joy qidirib sarson bo'lmasliklarini oldini olish maqsadida TTJlari taqsimotini hozirdan ya'ni iyul oyidan tashkil qilish boshlandi. Online ariza berish natijasida TTJdan joy yetmay qolgan talabalar uchun ijara xonadonlari ro'yxati shakllantirilmoqda. Yangi o'quv yili boshidan ularni ijara xonadonlariga joylash choralari ko'riladi.

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing:
Telegram | Instagram