Get Mystery Box with random crypto!

Farg'ona davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi farduatm — Farg'ona davlat universiteti F
Telegram kanalining logotibi farduatm — Farg'ona davlat universiteti
Kanal manzili: @farduatm
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

📧E-mail: fardu_info@umail.uz
🌐Rasmiy sayti: www.fdu.uz
FarDU yoshlar yetakchisi Jamshidbek Yoqubov
@J_Yoqubov0128
Kanal faoliyati 2018-yil 27-yanvar sanasidan boshlangan.
Murojat va reklama uchun:
@fardu_media
@fardurech

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-12-07 14:47:14
FDU - BIRTHDAY | BUGUN SIZNING TUG‘ILGAN KUNINGIZ!

2023-YIL  7 – DEKABR...

Bugun - Farg‘ona davlat universitetida mehnat qilayotgan jamoadoshlarimiz: 

Chet tillari fakulteti, Tabiiy yo'nalishlar bo'yicha chet tillari kafedrasi Ingliz tili o'qituvchisi  Abdulxayeva Feruzaxon Azamovna;

Chet tillar fakulteti, Ingliz tili kafedrasi katta òqituvchisi (PhD) Aliyeva Navro'zaxon  Habibullayevna;

Axborot kutubxonasi resurslarni butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo'limi xodimi Sadiqova Nigoraxon Baxtiyorovnaning tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Rektor rasmiy blogi
@shermuhammadovfardu
30.0K views*, 11:47
Ochish/sharhlash
2023-12-07 14:39:11
"𝐊𝐈𝐓𝐎𝐁 𝐔𝐋𝐀𝐒𝐇𝐀𝐌𝐈𝐙" 𝐥𝐨𝐲𝐢𝐡𝐚𝐬𝐢


Kitoblarni harakatga keltiradi.
O'qimaslik uchun sabab qoldirmaydi.
Kitob almashish evaziga kitob ulashadi.
Jonli vidiolar oladi.
Kanalga foydali, qiziqarli ma'lumotlar va chiroyli iqtiboslar tashlaydi.
Asar bo'yicha muhokamalar bo'ladi va eng faol ishtirokchiga kitob beriladi.
Doimiy ravishda turli xil tanlovlar tashkillashtirib kitoblar sovg'a qiladi.

Ayni paytda 𝐭𝐚𝐧𝐥𝐨𝐯 ketmoqda. G'oliblarga quyidagi kitoblar sovg'a qilinadi.

1-𝐨'𝐫𝐢𝐧. "𝐀𝐭𝐨𝐦 𝐨𝐝𝐚𝐭𝐥𝐚𝐫𝐢"
2-𝐨'𝐫𝐢𝐧. "𝐈𝐲𝐦𝐨𝐧"
3-𝐨'𝐫𝐢𝐧. "𝐈𝐛𝐨𝐝𝐚𝐭𝐢 𝐈𝐬𝐥𝐨𝐦𝐢𝐲𝐚"

Qo'shimcha sovg'a imkoniyati ham bor.Bunda "1984" 𝐤𝐢𝐭𝐨𝐛𝐢 beriladi.

Tanlovda siz ham qatnashing va ushbu kitoblarni yutib oling.

Kanalga qo'shiling @kitob_ulashamiz_rasmiy
36.6K viewsIkromov Dilyorbek, 11:39
Ochish/sharhlash
2023-12-07 14:30:19
#meningkonstitutsiyam

San'atshunoslik fakultetida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan "Baxtimiz- qomusimiz!" mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir vatanparvarlik tuyg‘usiga yo'g'rilgan kuy-qo‘shiqlar va she'rlarga boy bo‘ldi.
29.5K viewsMurodullo Saydullayev , 11:30
Ochish/sharhlash
2023-12-07 14:28:34
#qulaylik

Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini “PayMe” to‘lov tizimi orqali komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi


Buning uchun “PayMe” to‘lov tizimida “To‘lovlar” sahifasiga kiring.

1. “Ta’lim” bo‘limidan “Оплата за ВУЗы”ni tanlang.

2. JSHSHIR raqami hamda to‘lov summasini kiriting va to‘lovni amalga oshiring.

Bunda “Tafsilotlar” tugmasini bosish orqali shartnoma bo‘yicha oxirgi to‘lov summasini va qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

PayMe mobil ilovasida to‘lov amalga oshirilganda komissiya (0%) olinmaydi.

Shuningdek shartnoma to‘lovini
my.gov.uz portali orqali hamda
“Zoomrad” mobil ilovasi orqali ham komissiyasiz (0%) onlayn to‘lash mumkin.

На русском

Bizni kuzating
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
30.4K views7, 11:28
Ochish/sharhlash
2023-12-07 13:33:55
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 – yil « 9 » avgustdagi Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish to’g’risida 351-sonli buyruq kalendar rejaning 52-bandiga ko’ra 2023-yil 6-dekabr kuni Talabalar turar joyida “Mazzali somsa” tanlovi o’tkazildi.

Tanlov shartlariga ko’ra
-oʼrin S.Xolmamatova;
-oʼrin ShBaxtiyorova;
-oʼrin M.Oʼrmonbekova.

Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi Rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
Telegram | Instagram
38.5K viewsMurodullo Saydullayev , edited  10:33
Ochish/sharhlash
2023-12-05 13:05:06
#FarDU_xalqaro_konferensiya

Tadbir doirasida FarDUning Filologiya fakultetida tashkil etilgan Chingiz Aytmatov nomidagi o'quv xonasining tantanali ochilish marosimi ham bo'lib o'tdi.

Marosimda so'z olgan Qirg'iziston Respublikasining bir qator yetakchi oliy ta'lim muassasalari rektorlari bu o'quv xonasida haqiqiy qardoshlik va Chingiz Aytmatov ijodi ruhiyatini his etganliklarini ta'kidladilar.


Shuningdek, universitetning yosh adabiyotshunos talabalari tomonidan ijro etilgan zabardast va mohir adibning ijodiy namunalari - mehmonlarda cheksiz hurmat tuyg'ularini yanada oshirdi.
13.7K viewsIkromov Dilyorbek, 10:05
Ochish/sharhlash
2023-12-04 21:08:03
MAGISTRATURA, DOKTORANTURA UCHUN SIZGA XORIJIY TIL SERTIFIKATI ZARURMI.?

UNDA BU KURS AYNAN SIZ UCHUN
NAJOT ILMDA O‘QUV MARKAZIDA

TURK TILI:
Dush.Chor.Juma
15.00--17:00
0 dan yangi guruh

TURK TILI:
Dush.Chor.Juma
11.00--13.00
0 dan yangi guruh


Shoshiling, joylar soni CHEKLANGAN.


Birinchi dars 6-Dekabr (Chorshanba)


Kurs davomiyligi 3+ Oyda Sertifikatga erishing.


Siz bizda:
TURK TILI (CEFR)
TURK TILI (TYS)


Bizda super chegirmadagi narxlar davom etmoqda
Turk tili 220 ming


Administraror bilan bog'lanish


Manzil: Toj mahal hotel ro'parasi.

911089009

Telegram Facebook Tik-tok You-tube Instagram
18.8K viewsIkromov Dilyorbek, 18:08
Ochish/sharhlash
2023-12-02 17:34:26
Assalomu Alaykum!
Yangi Markazimizga Yangi O'qituvchilar qabul qilamiz.
RUS TILI ( grammatika) O'qituvchisi
RUS TILI( Prodlyonka)O'qituvchisi
INGLIZ TILI (evro)(nat) O'qituvchisi
Ishga masuliyatli va Intiluvchan bo'lishi kerak. Oylik maoshi suhbatda aytiladi.
Murojat uchun tel: +998916671814
@Odette1814
24.8K viewsIkromov Dilyorbek, 14:34
Ochish/sharhlash
2023-12-02 15:10:03
#Mehrga_oshufta_tadbir

Farg‘ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti musiqa yo'nalishi talabalari 3-dekabr mehrga yo‘g‘rilgan kun munosabati bilan tyutorlari va fakultetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D. Yuldashevalar hamrohligida "Alohida ta'limga ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 86-sonli maktab-internati"ga borishdi.
U yerda talabalar o‘zlari tayyorlagan dasturlari hamda o‘yinchoq sovg'alari bilan bolajonlarga olam olam quvonch baxsh etishdi.
23.9K viewsIkromov Dilyorbek, 12:10
Ochish/sharhlash
2023-12-02 13:52:19


#fdu_yoshlari

3-dekabr "Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni" munosabati bilan O’zbekiston yoshlar ittifoqi Farg’ona viloyati Kengashi hamda Farg’ona davlat Universiteti Boshlang’ich tashkiloti bilan hamkorlikda "Biz-Sizlar bilan birgamiz" shiori ostida, Farg’ona imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktabi o’quvchilari bilan uchrashdilar.

”Xalqaro nogironlarni himoya qilish kuni” munosabati bilan o’quvchilarga sovg’alar ulashildi.

Bizning sahifalarimiz
Telegram Instagram Facebook
24.8K viewsJamshidbek Yoqubov, 10:52
Ochish/sharhlash