Get Mystery Box with random crypto!

Farg'ona davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi farduatm — Farg'ona davlat universiteti F
Telegram kanalining logotibi farduatm — Farg'ona davlat universiteti
Kanal manzili: @farduatm
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.99K
Kanalning ta’rifi

📧E-mail: fardu_info@umail.uz
🌐Rasmiy sayti: www.fdu.uz
FarDU yoshlar yetakchisi Jamshidbek Yoqubov
@J_Yoqubov0128
Kanal faoliyati 2018-yil 27-yanvar sanasidan boshlangan.
Murojat va reklama uchun:
@fardu_media
@fardurech

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2023-05-22 17:58:41 Live stream started
14:58
Ochish/sharhlash
2023-05-22 17:48:08
Tabiiy fanlar fakulteti Xotin-qizlar Kengashi xabar qiladi.
Tabiiy fanlar fakulteti talaba qizlari bilan ''Etnosport va Milliy o'yinlar'' haftaligi doirasida Milliy o'yinlardan ''Oq terakmi ko'k terak, Ko'z boylagʻich, Ro'molcha tashlash, "Qoch bolam Sor keldi, "Hashar" ,"Top tosh" nomli harakatli o'yinlar tashkillandi va o'tkazildi. O'yinlar orqali milliy qadriyatlarimiz, an'analarimiz avloddan avlodga yetkazib kelinmoqda.
875 viewsJamshidbek Yoqubov, 14:48
Ochish/sharhlash
2023-05-22 15:59:49
#hamjihatlik

Markaziy Osiyoda bag‘rikenglik va tinchlik yo‘lida millatlararo ko‘p tomonlama muloqot tashkilotchilari va ishtirokchilariga chuqur minnatdorlik bildiraman. Bu turli mamlakatlar, madaniyat va din vakillarini yagona maqsad – mintaqamizda tinchlik va totuvlikka erishish yo‘lida birlashtirgan aql bovar qilmaydigan voqea bo‘ldi.

Ushbu tadbirning mehmondo'st mezbonlari va mehmonlari bo'lgan Tojikiston, Qirg'iziston va O'zbekistonga alohida minnatdorchilik bildiraman. Mamlakatlaringiz mintaqamizni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega va ishonchim komilki, bizning birgalikdagi faoliyatimiz Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va farovonlikni o‘rnatishdek umumiy maqsadimizga erishishimizga yordam beradi.

Ushbu muhim muloqotda biz bilan ishtirok etganingiz uchun tashakkur.

#toleranceinCA #tolerancenter #EU4CA #EUForeignPolicy #молодежь #eu  #дружбабезграниц #молодежьца #молодежь #поколениемира #центрдружбынародов
#молодежныйфорум
#friendshipbridge

@ellf_youthunion
1.1K viewsKhoshimov, 12:59
Ochish/sharhlash
2023-05-22 14:38:00
Qadrli talabalar va Farg'ona yoshlari!

Barchangizni 2023-yil 23-may, soat 18:00 da Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyotinstituti o'tkaziladigan “Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz - Vatan uchun!” shiori ostidagi “Talabalar shousi" konsert dasturiga taklif etamiz.

Konsert dasturida:

  Qiziqarli viktorina va o'yinlar;
Harbiy orkestrlar chiqishlari;
  Yosh gitaristlar shousi;
Ommaviy raqs va fleshmoblar;
  "Quvnoqlar va zukkolar" jamoalarining chiqishlari;
Taniqli estrada yulduzlari ishtirokida kuy-qo'shiqlar;
Faol talabalar va yoshlarni taqdirlash marosimlariga guvoh bo'lishingiz mumkin.

Ijtimoiy sahifalarimiz
Telegram | Instagram | Facebook
1.1K viewsOtabek Sobirov, 11:38
Ochish/sharhlash
2023-05-15 21:54:41
Diqqat Tayyormisiz?

Bizda jang yoki toʻpolon emas, balki doʻstlik oʻyini.
Pedagogika va psixologiya fakulteti,
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti
Chet tillari fakulteti

Tabiiy fanlar fakulteti hamkorligida oʻtkaziladigan zakovat oʻyiniga hammangizni taklif qilamiz.

Sizlarni nimalar kutadi:
-hammada yuqori kayfiyat
-tandirdan yangi uzilgan savollar
-kuchlilar bellashuvi
-va albatta super atmosfera.


Agar jamoangiz bilan qatnashmoqchi boʻlsangiz @ibnu_Utkir manziliga jamoa nomi va fakultetingizni yozib yuboring.
Qachon deysizmi?


Seshanba soat 13:00da hammangizni Universitetimiz bookcafesida kutib qolamiz!

Hurmat bilan !

Yusufxon Ubaydullayev
Pedagogika va psixologiya fakulteti
Olimjon Anvarjonov
Ingliz tili va adabiyoti fakulteti
Tohirbek Madaminjonov
Chet tillari fakulteti
Jamshidbek Yoqubov
Tabiiy fanlar fakulteti
328 viewsMurodullo Saydullayev, edited  18:54
Ochish/sharhlash
2023-05-15 21:36:21
#FarDu
#yoshlar_ittifoqi_Fargona_viloyati
#Iqtisodiyot_fakulteti_yoshlar_ittifoqi_xabar beradi

Farg'ona davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti
"STIR" jamoasi
"Talaba bahori" yoshlar festivali uchun chorlovi!

Biz sizni 16-may kuni soat 15:00 da Book cafe binosi oldida bo'ladigan bayram tadbiriga taklif etamiz.
429 viewsJamshidbek Yoqubov, 18:36
Ochish/sharhlash
2023-05-15 21:32:56
#Pedagogika_psixalogiya_fakulteti #yoshlar_ittifoqi_kengashi
#Zakovat

Pedagogika va psixologiya fakulteti ZAKOVAT CLUBI xabar beradi

Bugun 2023.05.15 kuni Pedagogika va psixologiya fakultetining “Psixologlar ligasi” 7- tur o’yini bo’lib o’tdi

Jamoalar yakuniy , hal qiluvchi o’yinlarga tobora yaqinlashib bormoqda va deyarli sovrindor jamoalar nomi aniqlashib qoldi. Ammo hech qaysi jamoa taslim bo’lish niyaatida emas.

Eslatib o’tamiz ushbu liga 10 turli bo’lib har seshanba soat 13:00 da Booc cafe 2- etajda bo’lib o’tadi.
435 viewsJamshidbek Yoqubov, 18:32
Ochish/sharhlash
2023-05-15 20:28:37 #Адлия_хабари

Олий маълумотга эга шахсларни юридик мутахассисликка қайта тайёрлаш курсларига қабул бошланди

Курслар масофавий таълим шаклида ташкил этилади.

Курсларда ўқиш учун барча олий маълумотли шахслар ҳужжат топшириши мумкин.

Ҳужжатлар 2023 йил 30 майгача qabul.centertsul.uz сайти орқали фақат электрон равишда қабул қилинади.

Бунинг учун талабгорлар қуйидаги ҳужжатларни тақдим этиши керак:

фуқаролик паспорти;
олий маълумот тўғрисидаги диплом ва унинг иловаси;
3.5x4.5 ўлчамдаги рангли фотосурат.

Қабул квотаси 100 нафарни (80 нафар – ўзбек гуруҳи, 20 нафар – рус гуруҳи) ташкил этади.

Тўлов-контракт миқдори – 14 100 000 сўм.

Эслатиб ўтамиз, курсни тугатиб, диплом олган шахслар давлат органлари ва бошқа ташкилотларнинг юридик хизмати ва фуқаролик ҳолати далолатномаларини ёзиш органларида ишлаш ҳуқуқига эга бўлади.

Мурожаат учун телефонлар: (71) 236-28-55 (1018); (71) 233-66-36 (1018); (90) 930-70-74; (99) 937-04-33; (95) 988-01-50; (98) 125-73-92.
1.0K viewsIkromov Dilyorbek FarDu, 17:28
Ochish/sharhlash
2023-05-15 20:28:37 Test sinovlari uchun nechta savol tayyorlandi?

Test sinovlari oʻtkaziladigan 15 ta umumtaʼlim fanidan 26 ming 520 ta va qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tillardan 2 ming 400 ta test topshirigʻi shakllantirildi va ekspertizadan oʻtkazildi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
871 viewsIkromov Dilyorbek FarDu, 17:28
Ochish/sharhlash
2023-05-15 20:28:37
ОТМга тест синовлари ёпиқ павильонларда ўтказилади

2023/2024 ўқув йили учун тест синовлари ўтказиладиган 92 та ёпиқ иншоот танлаб олинди. Уларнинг режа чизмалари тайёрланиб, маҳаллий ҳокимлик ва идоралар билан келишилган ҳолда тасдиқланди.

https://kun.uz/02910864

Kun.uz расмий канали
806 viewsIkromov Dilyorbek FarDu, 17:28
Ochish/sharhlash