Get Mystery Box with random crypto!

𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤

Telegram kanalining logotibi eslatdlk — 𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤 𝐄
Telegram kanalining logotibi eslatdlk — 𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤
Kanal manzili: @eslatdlk
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

🌿 بِسْـــــــــــــمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْم 📚
《 وَّذَكِّرۡ فَاِنَّ الذِّكۡرٰى تَنۡفَعُ الۡمُؤۡمِنِيۡنَ 》
Ва эслатгин. Албатта, эслатиш
мўминларга манфаат берур...🌻
Зарият сураси 55-Оят 📖
✍🏼

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-08-31 17:40:52
Энг бахтли оилаларни саҳобалар қуришди. На эркак аёлни хўрлади, на аёл эркакни ўзига рақиб деб билди. Эркак ота, аёл эса она вазифасини бажарди. Ҳар иккиси ҳам фитратларини асраб, оилани ҳузур ва бахт муассасасига айлантиришди.
Ғарб асосида қурилиб ботқоққа ботган оилаларнинг ягона нажот чораси Исломдир.

Устоз доктор Иҳсан Шеножак ҳафизаҳуллоҳ

@Raad_Al
3.7K viewsedited  14:40
Ochish/sharhlash
2022-08-30 17:34:18
Ba'zan kishi «yaxshiman» deganida,
Ko'zlarining ichiga qarab, «yaxshi emassan, bilib turibmanku!» deydigan insonga ehtiyoj sezadi.
Ko'zlardan anglash ham, vafoning bir ko'rinishi.
4.9K views14:34
Ochish/sharhlash
2022-08-29 19:12:17
Турмушга чиқаётган қиз куёв номзодга шу саналган илмларни шарт қилиб қўйса борми…

Manba | @Eslatdik
10.9K viewsedited  16:12
Ochish/sharhlash
2022-08-28 18:02:01
#duo

TURMUSH QURMAGAN YIGIT VA QIZLAR UCHUN DUO

اللَّهُمَّ ارْزُقنِي حُبَّكَ، وَحُبَّ مَنْ يَنْفَعُنِي حُبُّهُ عِنْدَكَ

Duoning o‘qilishi: «Allohummarzuqnii hubbak, vahubba may yanfaʼunii hubbuhu ʼindak».

Duoning maʼnosi:
«Allohim! Meni muhabbating ila va muhabbati Sening dargohingda menga manfaat beradigan shahsning muhabbati ila rizqlantirgin».

Abdulloh ibn Yaziyd rodiyallohu anhu aytadilar:
Rosululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida:
«Allohim! Meni muhabbating ila va muhabbati Sening dargohingda menga manfaat beradigan shahsning muhabbati ila rizqlantirgin» der edilar».
(Termiziy rivoyati)

«Hadis va Hayot 35-juz» kitobidan

@Eslatdik
14.1K viewsedited  15:02
Ochish/sharhlash
2022-08-27 19:21:01
Қуръон соҳиби эришадиган беш раббоний мартаба

1. Шафоат. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: “Қуръон ўқинглар! Зеро, у қиёмат куни соҳибларига шафоатчи бўлиб келади”. Имом Муслим ривояти.

2. Рифъат. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: «Қиёмат куни Қуръон соҳибига: «Ўқи ва кўтарил, дунёда қандай ўқиган бўлсанг, шундай ўқи. Охирги оятни ўқиган жойинг (жаннатдаги) манзилинг бўлади», деб айтилади”.  Имом Абу Довуднинг “Сунан”ларидан.

3. Суҳбат. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар:  “Қуръонни моҳирона тиловат қиладиган қори элчи, ёзувчи, ўта яхши фаришталар билан (бир мақомда)дир”. Имом Бухорий ривояти.

4. Хойриёт. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: “Сизларнинг яхшиларингиз Қуръон ўрганган ва уни ўргатган кишидир”. Имом Бухорий ривояти.

5. Аҳлиёт. Расулуллоҳ саллолоҳу алайҳи вассаллам: “Инсонлар ичида Аллоҳнинг хос бандалари бор”, дедилар. Улар кимлар, деб сўрашди. У зот: “Қуръон аҳли – Аллоҳнинг аҳли ва хос бандаларидир”, дедилар. Ибн Можа ривояти.

@Eslatdik
15.5K viewsedited  16:21
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:01:20
Агар фарзандим мендан олдин вафот этса нима қиламан?
Ёки мен у кичиклигида вафот этсам нима қилади? Унга ким тарбия беради? Ким меҳр беради?
Боламни ухлатаётиб, унга қараб шуларни ўйлай бошладим. Сўнг менинг сийнамга Раҳмон ва Раҳийм сифатини жойлаб қўйган Аллоҳ, мен бўлсаму бўлмасам, бошқаларни сабабчи қилиб ҳам ўша меҳрни бера олади. Тарбияни ҳам беришимда ҳозир Аллоҳ мени сабабчи қилаётган бўлса, мен ўлсам ҳам бошқасини сабабчи қила олади. Асл қайғуришим керак бўлган нарса, фарзандимнинг охирати бўлиши лозим. Ўлим бу айрилиқ дегани эмас. Асл айрилиқ ўлимдан сўнг биримиз Жаннат биримиз (Аллоҳ асрасин) Жаҳаннамга кетишимизда бўлади. Шунинг учун мана шундай боқий айрилиқ бермаслигини дуо қилиб сўраб, Аллоҳ қодир қилганча гўзал тарбия бериш керак. Ўзидан ҳидоят, ёрдам, тавфиқ сўраб, гўзал нарсалар ҳақида ўйлаш керак.

Тунчироқ

@Eslatdik
12.6K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2022-08-26 05:48:12 Janozangizdan bir soat o'tgach,

Yig'i to'xtaydi.
Oilangiz uyga qaytadi va qarindoshlar bilan ovvora bo'ladi.
U vaqtda tanangiz yer bilan ilk bor uchrashadi.

Ikki soat o'tgach,

Ba'zilar janozangizga kelolmagani uchun mingta bahonalar bilan qo'ng'iroq qiladi.
U vaqtda uyingizdagi ba'zi insonlar dunyoga qaytadi, sport, biznes, siyosat haqida gaplasha boshlaydi.

Olti soat o'tgach,

Eng yaqin qarindoshlaringiz qoladi, qolganlar esa, o'z uylariga qaytib, ertangi kun rejasini tuzishni boshlaydi.

Yigirma to'rt soat o'tgach,

Ichki organlaringiz ilvillashni boshlaydi.
U vaqtda o'limingizdan behabar insonlar hali hamon telefoningizga xabar yuborishda davom etayotgan bo'ladi.

Uch kundan keyin,

Ish joyingizda, o'rningizga yangi ishchi nomzodlar bilan suhbatlar o'tkaziladi.
Bu vaqtda tanangiz ishib ko'pirishni boshlaydi.
Og'iz va burundan suyuqlik oqadi.

Besh kun o'tib,

Farzandlaringiz ishiga qaytadi.
Tanangiz esa, yashildan qizil rangga o'tadi, chunki organlaringizdagi qon chirishni boshlaydi.

Ikki haftadan so'ng,

Farzandlaringiz meros bo'lishish maqsadida advokat bilan uchrashadi, sizning tirnoq va tishlaringiz esa, to'kilib tushadi.

Bir yil o'tgach kimdir,

"Ohho shuncha vaqt o'tib ketibdi, kechagina yurgandi.." deydi.

O'n yilda keyin,

Do'stingz sizni faqat eski rasmda ko'rsagina eslaydi.
Tanangizdan qolgani esa, suyaklar xolos.

Bu hayotda mavjud ekaningizni unutish uchun juda qisqa muddat shunday emasmi?
Bugun siz mukkasidan ketgan narsalarga, qaram bo'lib qolgan insonlaringizga nazar soling.
Nima deb o'ylaysiz, arziydimi?

@Eslatdik
16.6K viewsedited  02:48
Ochish/sharhlash
2022-08-25 05:42:11 Tahajjud va tungi namozlarni ado etish asnosida tayin etilgan ayrim duo va zikrlar

Ruku vaqtida:
-“Subhana robbiyal ’aziyim”- 3 marta. (Sunan ahllari va Imom Ahmad rivoyati).
-“Subhanakallohumma robbana va bihamdika, Allohummag‘firliy”. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
- “Subbuhun quddusun, robbul malaaikatu varruuh”. (Imom Muslim rivoyati).
- “Allohumma laka roka’tu va bika amantu va laka aslamtu xosha’a laka sam’iy va basoriy va muxxiy va izomiy va asabiy va maa istaqolla bihi qodamiy”. (Imom Muslim rivoyati).
- “Subhana zil jabaruut, val malakuutu val kibriya-i val azomat”. (Abu Dovud Nasoiy va Imom Ahmad rivoyati).

Rukudan turishda:
-Sami’allohu liman hamidah.  (Imom Buxoriy rivoyati).
-Robbana va lakal hamd. Hamdan kasiyron toyyiban muborakan fiyh. (Imom Buxoriy rivoyati).
-... Mil-us samavaati va mil- ul arzi va maa baynahumaa, va mil-u maa shi,ta min shayin min ba’du. Ahlus sanaa-i val majdi. Ahaqqo ma qolal ’abdu: Va kullana lakal ’abdu, Allohumma laa maani’a limaa a’toyta va laa mu’tiya limaa mana’ta, va la yanfa’u zal jaddu minkal jaddu.  (Imom Muslim rivoyati).

Sajda vaqtida:
Subhaana robbiyal a’laa. Uch marta. (“Sunan” ahli va imom Ahmad rivoyati).
-Subhanakallohumma robbana va bihamdika, Allohummag‘firliy. (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
-Subbuhun quddusun, robbul malaaikatu varruuh. (Imom Muslim rivoyati).
-Allohumma laka sajadtu va bika amantu va laka aslamtu. Sajada vajhiya lillaziy holaqohu va sovvarohu va shaqqo sam’ahu va basorahu. Tabaarokalaziy ahsanul holiqiyn”. (Imom Muslim rivoyati).
-Subhana zil jabaruut, val malakuutu val kibriya-i val azomat.
-Allohummag‘firliy zanbiy kullahu, diqqohu va jillahu, va avvaluhu va axirohu va ’alaa niyatahu va sirrohu. (Imom Muslim rivoyati).
-Allohumma a’uuzu birizoka min saxatika, va bimu’aafatika min ’uqubatika, va a’uuzu bika minka, laa uxsiy sanaa-an ’alayka, anta kamaa asnayta ’alaa nafsika. (Imom Muslim rivoyati).

Ikki sajda o‘rtasidagi jalsa, biroz o‘tirish vaqtida:
-Robbig‘firliy, robbig‘firliy. (Abu Dovud va Imom Moja rivoyati).
-Allohummahfirliy, varhamniy, vahdiniy, vajburniy, va ’aafiniy, varzuqniy, va’fa’niy. (Nasoiydan boshqa ahli “sunan”lar rivoyat qilishgan).

@Eslatdik
14.9K viewsedited  02:42
Ochish/sharhlash
2022-08-24 06:58:14
Илтимос тилингни тий!

@Eslatdik
17.5K viewsedited  03:58
Ochish/sharhlash
2022-08-23 18:29:52
«Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi».
(Hud:114)

Qachon gunoh qilsang, o‘zingga mana bunday degin: «Jangni boy berdim. Ammo urushni boy berganim yo‘q!»

Tushkunlikka tushma. Nafsingni tahorat va ikki rakat namoz bilan tuzatib ol. Gunoh qilgan barmoqlaring bilan istig‘for ayt. Haromga tikilgan ko‘zing bilan Qur’on o‘qi.

Tavba qiluvchilarning ohi Allohning huzurida itoatkorlarning munojoti kabidir.

Qaytishingni istashini senga bildirish uchun ham U O‘zini «G‘ofur»* deb atagan!
(Adham Sharqoviy, «Qur’ondan maktublar»)

*O‘ta kechirimli Zot.

@Eslatdik
17.1K viewsedited  15:29
Ochish/sharhlash