Get Mystery Box with random crypto!

𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤

Telegram kanalining logotibi eslatdlk — 𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤 𝐄
Telegram kanalining logotibi eslatdlk — 𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤
Kanal manzili: @eslatdlk
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

🌿 بِسْـــــــــــــمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْم 📚
《 وَّذَكِّرۡ فَاِنَّ الذِّكۡرٰى تَنۡفَعُ الۡمُؤۡمِنِيۡنَ 》
Ва эслатгин. Албатта, эслатиш
мўминларга манфаат берур...🌻
Зарият сураси 55-Оят 📖
✍🏼

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2022-07-08 03:44:16
》Oisha Roziyallohu Anhodan Rivoyat qilinadi:

Nabiy Sallallohu Alayhi va sallam:
Arafa kunichalik Alloh bandani do'zaxdan koproq ozod qiladigan kun yo'qdir.
Alloh yaqinlashadi so'ng Maloikalariga faxrlanib: "Anavilar nimani idora qildilar?" deydi, dedilar.

(Muslim va Nasoiy Rivoyat Qilganlar)

》Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi o‘zidan avvalgi bir yil va o‘zidan keyingi bir yilning gunohlariga kafforat bo‘lishini Allohdan umid qilaman”, - dedilar

(Imom Muslim rivoyati).

》Boshqa hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Arafa kunining ro‘zasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga”, - deganlar

(Imom Bayhaqiy rivoyati).

____
《 Arafa Muborak Bo'lsin 》

@Eslatdik
12.0K viewsedited  00:44
Ochish/sharhlash
2022-07-07 06:08:01
NAMOZ O'QIMAYDIGANLARGA 3 SAVOL!

•Mehmet Yildiz

(Muhammad Nur Tarjimasi)


》Manba
12.9K viewsedited  03:08
Ochish/sharhlash
2022-07-05 19:01:01
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: “Кимки шом ва бомдод намозидан бўшагач, оёғини букишдан олдин:
لا إلـه إلا الله وحده لا شريك له،
له الملك، وله الحمـد، يحيي ويميت.
وهو على كل شيء قدير
“Лаа илааҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу лаа шарика лаҳу. Лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду, йуҳйий ва йумиту ва ҳува ъала кулли шайъин қодийр”
деб ўн марта айтса, ҳар бир айтганига ўнта яхшилик ёзилиб, ўнта ёмонлик ўчирилади ва ўнта даражага кўтарилади. У ҳар бир ёмонликдан қўрғон бўлади, шайтони ражиймдан тўсиқ бўлади. Унга ширкдан бошқа ҳалок қиладиган гуноҳлар тажовуз қилмайди. У одамларнинг амал борасида энг афзали бўлади. Фақат ундан афзалини айтган кишигина ундан афзал бўлади”.

Имом Аҳмад ва Имом Термизийлар ривояти.

@Eslatdik
15.2K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2022-07-04 19:01:25
У саксондан ошган ва қаерга бормасин, хотинининг қўлидан етаклаб юрарди.

Мен ундан “Нима учун хотини ҳеч нарса кўрмаётгандай бепарво юрганини” сўраганимда, у рафиқаси Aлцгеймер касалига чалинганини айтди.

Мен яна сўрадим: -Aгар сиз уни қўйиб юборсангиз, ташлаб қўйсангиз ёки чарчаб қолсангиз, хотинингиз хавотирга тушадими?

Отахон: Турмуш ўртоғим мени танимай, эслай олмаётганига 2 йил бўлади-деб жавоб берди.

Мен: -Сиз кимлигингизни билмаса ҳам, шунга қарамай сиз унга ҳар куни йўл кўрсатишда давом этасизми?

Отахон жилмайиб, кўзларимга қараб жавоб берди: - У мени кимлигимни эслай олмаслиги мумкин, аммо мен унинг кимлигини биламанку- у ҳаётимдаги илк ва ягона муҳаббатимдир!
16.9K views16:01
Ochish/sharhlash
2022-07-04 05:07:02
МУСУЛМОН ЛЕКИН НАМОЗ ЎҚИМАЙДИ?!

Муҳаммад Хоблос


@Eslatdik
16.5K views02:07
Ochish/sharhlash
2022-07-03 19:00:52
– Ketyabman... - dedi erkak.
Ayol yig'ladi.
Xojasining bo'ynidan quchdi.
– Qaramang!.. - dedi qat'iy, ammo past tovushda.
– Kimga, jonim? - deya so'radi erkak. Titroq ovozda ohista shivirladi ayol:
– Jannatdagi hurlarga!
Er tishini-tishiga qo'yib chuqur "uh" tortdi.
Og'ir-og'ir so'zladi:
– Sen mening jufti halolimsan. Boshqalar birodarim!.. Seni jannatda kutaman!

( seni jannatda kutaman.)

@Eslatdik
15.7K viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash
2022-07-03 04:06:02 Uylanish odobi

Imom G‘azzoliy:

Manzlimiz 》@Eslatdik
16.6K views01:06
Ochish/sharhlash
2022-07-02 19:00:20
Nimadir bo‘ldi-yu, er-xotin orasiga shayton oraladi. Totuv oilada qattiq janjal bo‘ldi. Er o‘zini bosolmadi. Xotinini shartta mashinaga o‘tkazib, alam va g‘azab bilan:
- Uzr, sen bilan yasholmasakanman! - deb onasinikiga tashlab ketdi. To‘g‘ri masjidga borib peshin namozini o‘qidi. Namozdan keyin joyidan jilmadi. O‘tiraverdi, o‘tiraverdi. Asrga aytilgan azondan cho‘chib o‘ziga keldi. Asr namoziniyam o‘qib, masjiddan to‘g‘ri uyiga bordi, huvillagan hovlini ko‘rib ko‘ngli allanechuk bo‘lib ketdi. Xotiniga telefon qildi:
- Onasi, boraymi, qaytasanmi? - Mayli, dadasi. Faqat bitta shartim bor. - Xo‘sh?.
- Oshxonaga kiring.
- Kirdim.
Tarelkani olib, zarb bilan uring yerga”.
- Urdim.
- Endi siniqlarini yig‘ib, avvalgi holiga keltiring. Keyin qaytaman.
- Uzr, xotin. Men plastik tarelkani yerga urgan ekanman. Singaniyam yo‘q, siniqlariyam yo‘q-ku?
-Obbo rivoyatniyam rasvo qildingizku dadasi
Keling mani tezroq olib keting. Ota-onamga birrovga keldim degandim.

@Eslatdik
17.0K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-07-02 06:40:40
MENGA SHUNDAY NARSA AYTING-KI NAMOZ O‘QISHNI BOSHLAY!

Manba | @Eslatdik
20.7K viewsedited  03:40
Ochish/sharhlash
2022-07-01 19:09:54
- Biz tomonlarda kishilar sevganini(halolini) "oxiratligim" deyishadi.
- Nega? deb so'raganimda
- "Bu dunyo sevmoq uchun juda qisqa" dedi...

Mehmet Yildiz

Tahrirlandi...

@Eslatdik
15.3K viewsedited  16:09
Ochish/sharhlash