Get Mystery Box with random crypto!

𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤

Telegram kanalining logotibi eslatdlk — 𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤 𝐄
Telegram kanalining logotibi eslatdlk — 𝐄𝐬𝐥𝐚𝐭𝐝𝐢𝐤
Kanal manzili: @eslatdlk
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

🌿 بِسْـــــــــــــمِ اللّٰهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيْم 📚
《 وَّذَكِّرۡ فَاِنَّ الذِّكۡرٰى تَنۡفَعُ الۡمُؤۡمِنِيۡنَ 》
Ва эслатгин. Албатта, эслатиш
мўминларга манфаат берур...🌻
Зарият сураси 55-Оят 📖
✍🏼

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-09-06 19:22:05
Иффатли аёллар ҳар куни эрларига турли лафзлар билан
чин муҳаббатларини изҳор қиладилар:
"Ўзингизни эҳтиёт қилинг!",
"Яхшироқ кийиниб олинг!, ҳаво жуда совуқ",
"У-бу нарса еб олдингизми?",
"Озгина дам оволинг, жуда чарчагансиз!",
"Етиб боришингиз билан менга хабар бериб қўйинг!"......
Буни кимлардир тушунади ва шунга муносиб жавоб қайтаради.
Кимлардир эса оддий гап санайди...

@Eslatdik
10.2K viewsedited  16:22
Ochish/sharhlash
2022-09-06 10:12:29
Гуноҳларга ботганлар, зулматдан нурга чиқганлар…

Шайх Холид ар-Рошид


Manba | @Eslatdik
14.9K viewsedited  07:12
Ochish/sharhlash
2022-09-05 17:19:02
#Latoif

    Madrasada bolalarga Alloh odamni qanday yaratganligi to'g'risida aqida darsi bo'layotgan edi.
Odam alayhissalomning ayoli - Havvo uning qovurg'asidan yaralgani haqida gapirilayotgandek bo'ldi. Haftaning so'nggida Abdullohning oyisi o'g'ilchasining go'yo mazasi yo'qdek cho'zilib yotganini ko'rib:
-Abdulloh, nima bo'ldi bolam? - deb so'radi.
Kichik Abdulloh:
-Qovurg'amda bir og'riq sezyabman. Menimcha yaqinda xotinlik bo'lsam kerak - deb javob berdi! ))

@Eslatdik
5.9K viewsedited  14:19
Ochish/sharhlash
2022-09-04 20:22:02
Ayol sevilsa yaxshi, ammo rashkchi er tomonidan sevilsa, u saodatlidir.
Chunki, rashki boʻlmagan erkakda
hayir ham yoʻq.
Rashksiz "erkakka" Jannat harom

Begonalar ovozini eshitmasin deb, uning o‘rniga salom ber,
birovning ko‘zi unga tushmasin deb, oldinda yur, sha’nini, qadr-qimmatini himoya qil, qattiq rashk qil.
U sening yariming, qovurg'angdan yaralgan bir boʻlaging.
Senga berilgan eng yaxshi ayol, sening yupanching, maslahatching, eng yaxshi tinglovching va suhbatdoshing, dunyodagi rohating, huzuring, oxiratda jannating.
Allohning hadiyasi, omonating.
Uni rashk qil.

@Eslatdik
11.6K viewsedited  17:22
Ochish/sharhlash
2022-09-04 10:54:01
Ўқув йилини бошлаганлар учун

Қуръон ва суннатдан ўқишни енгиллаштирувчи тўрт дуо

-дуо

رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي * وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي * وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِنْ لِسَانِي * يَفْقَهُوا قَوْلِي

«Эй Роббим, менинг қалбимни кенг қил. Менинг ишимни осон қил. Тилимдаги тугунни ечгин. Сўзимни англасинлар»

(Тоҳа сураси, 25–27-оятлар).

-дуо

رَبِّ زِدْنِي عِلْمًا

«Роббим, илмимни зиёда қилгин»

(Тоҳа сураси, 114-оят).

- дуо

اللَّهُمَّ انْفَعْنَا بِمَا عَلَّمْتَنَا وَعَلِّمْنَا مَا يَنْفَعُنَاوَزِدْنِي عِلْمًا

“Аллоҳим! Билганларимизни фойдали қил! Бизга фойдали нарсаларни билдир! Илмимизни зиёда қил!”

Термизий ва Ибн Можа ривояти

-дуо

اَلَّلهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ عِلْمًا نَافِعًا، وَرِزْقًا طَيِّبًا، وَعَمَلاً مُتَقَبَّلاً

“Аллоҳим! Сендан манфаатли илм, пок ризқ ва қабул бўладиган амал сўрайман”.

Ибн Можа ривояти

@Eslatdik
7.3K viewsedited  07:54
Ochish/sharhlash
2022-09-03 19:46:10
Роббинг қаршисида туришга тайёрлан!

“Тошга айланган қалблар учун”


Manba | @Myy_PDF_Book
12.7K viewsedited  16:46
Ochish/sharhlash
2022-09-03 05:07:01
“Dengiz ko’pigicha bo’lsa ham...”

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim har namoz so’ngida
- 33 marta “Subhanalloh”;
- 33 marta “Alhamdulillah”;
- 33 marta “Allohu akbar” deb,
- yuzinchisini “Laa ilaaha illallohu vahdahuu laa shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva ‘alaa kulli shay-in qodiyr”, deb aytsa, gunohlari dengiz ko’pigicha bo’lsa ham kechiriladi”, dedilar”.

Imom Muslim rivoyati.

@Eslatdik
6.3K viewsedited  02:07
Ochish/sharhlash
2022-09-02 19:01:11
#Qalb

Salaflar qalbni inson kaftiga o’xshatishadi. Har gunoh bitta barmoqning yopilishini, har solih amal uning ochilishini ta’minlaydi.

Tushunarliroq bo’lishi uchun:


Kaftingizni oching va barmoqlaringizni birin-ketin buking: bir (gunoh), ikki (gunoh), uch (gunoh), to’rt (gunoh), besh (gunoh).

Mushtga aylandi-a!? Mana shu Alloh muhr urgan qalb. Bu qalb egasi haqni botil, botilni haq deb o’ylaydi. U haqqa nisbatan kar, soqov va ko’rdir.

Endi ularni birin-ketin Allohni zikr qilib oching:

- Laa ilaaha illalloh (bosh barmoq ochilishi)
- Astag’firulloh (ko’rsatkich barmoq)
- Subhanalloh (o’rtasi)
- Alhamdulillah (nomsizi)
- Allohu Akbar (oxirgisi)

Barcha barmoqlar ochildi-a!?
Mana shu salim (salomat) qalbdir. Bu qalb egasi haqni qabul qiladi, botilni inkor etadi.

Barchamizda demayman, ammo ko’pchiligimizda 2-3 ta barmoq hali hanuz yopiq.

Namoz o’qiyapmiz, ro’za tutyapmiz, Qur’on tilovat qilyapmiz, ilm talabidamiz... Lekin hali ham o’sha ikki barmoq ochilgani yo’q.

Nimadir bizga yetishmayapti.

@Eslatdik
8.7K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2022-09-01 19:12:02
Мусиқа - Иблиснинг Қуръони

Manba | @Eslatdik
13.4K viewsedited  16:12
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:35:36
“Ikkimiz ham jannatga kiramiz”

Abul Hasan al-Madoiniy aytadi: “Bir kuni Imron ibn Hitton yasanib olgan ayolining oldiga kirdi. Imron xunuk, ko’rimsiz, pakana, ayoli esa nihoyatda go’zal edi. Imronning ko’ziga ayoli har qachongidan ham chiroyli bo’lib ko’rindi. O’zini yo’qotib qo’yib ayoliga qarab turaverdi. “Sizga nima bo’ldi?” dedi ayoli. Imron: “Allohga qasam, bugun juda chiroyli bo’lib ketibsan” dedi. Ayoli: “Sizga bir xushxabar aytaymi? Ikkimiz ham jannatga kiramiz!” dedi. Imron tushunmay: “Buni qanday bilding?” deb so’radi. Ayoli: “Chunki siz men kabi ayol bilan mukofotlanib, shukr qildingiz. Men esa sizdek er bilan sinalib, sabr qildim. Shukr qiluvchi bilan sabr qiluvchilar jannatga kirishadi, axir!” dedi.

Ibrohim al-Hozimiy. “Firosatul mu’min”.

P.S: Biz sabr qilib, ular (ayollar)
shukr qilsalar ham mayli .
Muhimi - jannatga birgalikda kirish!


@Eslatdik
9.8K viewsedited  12:35
Ochish/sharhlash