Get Mystery Box with random crypto!

English Teachers

Telegram kanalining logotibi englishteachers_uz — English Teachers E
Telegram kanalining logotibi englishteachers_uz — English Teachers
Kanal manzili: @englishteachers_uz
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.78K
Kanalning ta’rifi

Resources for English teachers and other learners.

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2022-06-28 21:35:08 Linguaskill bo'yicha eng ko'p berilayotgan savollarga JAVOBLAR

- Linguaskill qanaqa imtihon?
- Ushbu imtihon Cambridge Assessment tomonidan tashkillashtiriladigan ingliz tilini bilish darajasini aniqlab beradigan imtihon turi.

- Imtihon qaysi ko'nikmalar bo'yicha o'tkaziladi?
- Listening and Reading, Speaking, Writing

- Imtihon qay usulda bo'ladi?
- Online ya'ni to'liq kompyuterda topshiriladi. Listening va Reading sun'iy intellekt yordamida baholanadi. Speaking va Writing expertlar tomonidan.

- Imtihonda qatnashish to'lovi qancha?
- LPA tomonidan tashkil qilinayotgani 989 ming so'm
Innovative centre narxi 1 mln 218 ming so'm

Linguaskill sertifikati qanday imtiyozlar beradi?
- O'qituvchilar uchun 50 foiz ustama, attestatsiya imtihonlarida maskimall ball, magistratura va doktoraturaga topshirish imkoniyati

- Boshqa imtihonlardan qanday afzalliklari bor?
- Narxi xalqaro imtihonlarga nisbatan arzon, natijasi 48 soatda chiqadi, imtihon bir paytda bo'ladi. Reading va Listening bo'limidagi savollar darajaga qarab moslashadi, bu sizning darajangizni yanayam aniqroq baholashda yordam beradi. Qaysidir bo'limdan kamroq ball to'planganda o'sha bo'limni o'ziga to'lov qilib qayta topshirish mumkin.

- Ushbu imtihon faqat Toshkentda o'tkaziladimi yoki viloyatlarda hammi?
- Hamma viloyatlarda talabga qarab tashkil qilinadi. Talab qanchalik ko'p bo'lsa, shunchalik tez-tez tashkil qilinadi.

- Serifikat amal qilish muddati qancha?
- 2 yil

- Linguaskill imtihonidan muvaffaqiyatli o'tganda imtihon harajatlarini qaytarib olish mumkinmi?
- PQ 5117 qarorida xodim C1 darajadagi xalqaro sertifikatni qo'lga kiritganda imtihon harajatlari qoplab berishi belgilangan. Linguaskill xalqaro sertifikat ekanligini hisobga olinsa to'lov qaytarish uchun ushbu hujjat asos bo'la oladi.

- Imtihondan past natija qayd etilsa keyingisiga topshirishda cheklov yo'qmi?
- Yo'q, cheklov yo'q!
Linguaskill_info


@englishteachers_uz
1.4K views18:35
Ochish/sharhlash
2022-06-28 21:34:20 Ilg'or o'qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish amaliyoti joriy etiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish buyicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi qaroriga asosan:

2023 yil 1 yanvardan boshlab Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish maqsadida Metodik xizmat ko'rsatish bo'limlari tashkil etiladi.

Ushbu bo'limlar tomonidan Respublika ta'lim markazining maxsus dasturi, shuningdek, ishlab chiqilgan yangi maktab darsliklari va o'quv qo'llanmalari asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

2023 yil 1 martgacha esa umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi ilg'or o'qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

@englishteachers_uz
1.5K viewsedited  18:34
Ochish/sharhlash
2022-06-24 09:27:07 Абитуриентлар максимал балл олиши учун чет тилини қай даражада билиши керак?
#abituriyent

Вазирлар Маҳкамасининг 13.05.2019 йилдаги 395-сонли қарорининг 2-бандига кўра, 2020/2021 ўқув йилидан бошлаб қуйидаги даражалар акс этган сертификатлар бўлганда, чет тилидан энг максимал балл берилади ва абитуриент чет тилидан тест ишламайди:

инглиз тили учун — IELTS 5,5 (бунда Тошкент давлат юридик университети учун writing модулидан 5,5 балл), TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE, Cambridge Assessment English Linguaskill ҳамда миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

япон тили учун — JLPT №2 ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

немис тили учун — Goethe-Zertifikat, DSD, Test DAF ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

француз тили учун — DELF, TCF4 ёки ёки миллий сертификат бўйича B2 ва ундан юқори даража;

бошқа тиллар учун — миллий сертификат ёки халқаро имтиҳон тизимлари бўйича В2 ва ундан юқори даража.

Бундан пастроқ даража (масалан, IELTS 5) олган абитуриентларга максимал балл берилмайди, улар эл қатори тестга кириб, саволларга жавоб беришлари керак бўлади.

@englishteachers_uz
2.4K viewsedited  06:27
Ochish/sharhlash
2022-06-24 09:21:07
O'qishga tayyorlanish uchun pul kerak emas! Megabayt hamda YouTube bo'lsa bas!

Repetitor yoki o'quv markazga borishga imkoningiz yo'qmi? Endi bu bahona emas! Respublikamizning eng oldi o'quv markazlaridan biri Registon o'quv markazining jonkuyar ustozlari abituriyentlar hamda IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun bepul onlayn darslar loyihasini davom ettiradi!

Marhamat, o'zingizga kerakli fanni bosing va YouTube orqali o'qishga bepul onlayn tayyorlaning!

Majburiy fanlarga oid darslar:
Matematika
O'zbekiston tarixi
Ona tili

Asosiy fanlarga oid darslar:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Geografiya
Adabiyot
Ona tili
Rus tili

Ingliz tili boshlang'ich darslar:
Grammatika
Zamonlar

SAT darslar majmuasi

IELTS darslar majmuasi:
Reading
Writing
Listening
Speaking 7+

Ushbu onlayn darslar repetitor va o'quv markazlarga borib tayyorlanishni boshlab yuborgan o'quvchilar uchun ham foydali bo'lishiga kafolat beramiz!

@Registan_LC
Ta'lim reklamasi
1.8K views06:21
Ochish/sharhlash
2022-06-21 17:56:24 Linguaskill imtihoni haqida

Linguaskill imtihoni Cambridge Assessment English tomonidan tashkil qilinadigan onlayn imtihon turi bo'lib, asosan ta'lim institutlari tomonidan talabalarni baholash, til bilish darajalarini aniqlash, ish beruvchilar uchun hodimlarining til bilish darajasini aniqlash maqsadlarida tashkil qilinadi. Ushbu imtihon jami 4ta ko'nikma 3ta modulda o'tkaziladi:

Reading and Listening
Speaking
Writing

Boshqa imtihonlardan farqi imtihon to'liq kompyuterda topshiriladi. Test natijalari 48 soat ichida ma'lum bo'ladi. Natijalarni baholash CEFR shkalasi bo'yicha bo'ladi va quyidagi ballar uchun quyidagi darajalar beriladi:
100-119 = A1 (Beginner) daraja
120-139 = A2 (Elementary) daraja.
140 -159 = B1 (Pre-Intermediate - Intermediate) daraja.
160 -179 = B2 (Upper-Intermediate) daraja.
180 + = C1 (Advanced) darajaga to'g'ri keladi.

O'zbekistonda Linguaskills imtihonini o'tkazish vakolatiga ega yagona tashkilot hozirda LPA Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtriish agentligi bo'lib, Samarqand va Toshkent shaharlarida tashkil qilinadi. Imtihon topshirish narxi bugungi kunda barcha ko'nikmalar uchun Toshkent shahri uchun 989 ming so'm. Samarqand uchun 1 218 000 so'm. Sertifikat amal qilish muddati 2 yil.
Imtihondan C1 darajasi olinganda ingliz tili o'qituvchilari oyligiga 50 foiz ustama to'lanishi, toifa imtihonlaridan ozod etilishi, magistraturaga hujjat topshirish kabi imtiyozlar nazarda tutilgan.

@englishteachers_uz
1.9K viewsedited  14:56
Ochish/sharhlash
2022-06-21 17:47:20 Testda oʻtgan yilgidan qanday oʻzgarishlar bor?

Abituriyentlar e’tibor berishi kerak boʻlgan ayrim jihatlar ma’lum boʻldi.

Mutaxassislik blokida savollar soni oshirildi. Oʻtgan yili "spesblok"da 20 tadan jami 40 ta savol berilgandi. Joriy yilda 30 tadan jami 60 ta savol beriladi;

Mutaxassislik blokida birinchi va ikkinchi fanga beriladigan ball miqdori farq qiladigan boʻldi. Oʻtgan yili ikkala fanga ham bir xil 3,15 balldan berilgandi. Joriy yilda birinchi oʻrindagi muhim fanga 3,1 ball, ikkinchi fanga 2,1 ball beriladigan boʻldi. Demak, bir-biriga mos 5 ta yoʻnalish tanlashda ham bu yil oʻzgarishlar boʻladi. Oʻtgan yili ikkalasiga bir xil ball berilgani uchun birinchi va ikkinchi fanga ajratilmagandi. Endi bu yil shunchaki 2 ta fan toʻgʻri kelishi kifoya emas, ularning muhimlik oʻrni ham ahamiyat kasb etadi;

Yoʻnalishidan qat’i nazar barcha uchun tushadigan majburiy blokdagi 3 ta fanga beriladigan ball miqdori kamaytirildi. Oʻtgan yili 2,1 balldan berilgandi, joriy yilda 1,1 balldan beriladigan boʻldi. Bu degani majburiy blokdan koʻp ball toʻplab boʻlmaydi. Oʻtgan yili majburiy blok 63 ball berardi, bu yil 33 ball toʻplash mumkin. Demak, joriy yilda asosiy ballarni mutaxassislik fanlaridan toʻplash mumkin, 2 ta fanga jami 156 ball (82,5%) berilmoqda.

@for_english_teachers
1.7K views14:47
Ochish/sharhlash
2022-06-21 06:30:38 Xodimni mehnat ta'tilidan chaqirib olish mumkinmi?

Mehnat kodeksi 147-moddaga binoan ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 143-moddasi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida nazarda tutilgan talablarga rioya qilgan holda keyingi ish yilining ta’tiliga qo‘shib qo‘yilishi kerak.

@for_english_teachers
1.7K views03:30
Ochish/sharhlash
2022-06-21 06:26:26 Maktabda o‘qituvchilarning mehnat ta'tili ish haqidan qanday hisoblanadi?

mukofot pulidan tashqari barcha dars soat, sinf rahbarlik, daftar tekshirish, zamen, ustama va kabinet uchun.
9 oylik mehnat haqining o‘rtacha qiymati hisoblanadi.
25.4 ga bo‘linadi.
natija 48 kunga ko‘paytiriladi.

Masalan:

09 2021 = 1 600 000 so'm
10 2021 = 1 600 000 so'm
11 2021 = 1 900 000 so'm
12 2021 = 1 900 000 so'm
01 2022 = 2 200 000 so'm
02 2022 = 2 200 000 so'm
03 2022 = 2 200 000 so'm
04 2022 = 2 200 000 so'm
05 2022 = 2 200 000 so'm

Jami: 18 000 000 so'm

O'rtacha oylik: 18 000 000 so'm : 9 oy = 2 000 000 so'm.

2 000 000 so'm : 25.4 = 78 740, 15 so'm

Demak, 1 kunlik ish haqi o'rtacha 78 740, 15 so'm

78 740, 15 so'm * 48 kun = 3 779 527,2

Ushlanma 13% ni hisoblaymiz (12% daromad soliq va 1% kasaba uyushma)
3 779 527 * 13% = 491 338

Demak sizning ta'til pulingiz qo'lga tegishi:
3 824 701 - 491 338 = 3 288 188 so‘m.

Agar sentyabrdan ish boshlagan bo'lsangiz, 1 kunlik ish haqingizni 36 ga ko'paytirasiz.
Ko'rib turganingizdek ta'til puli 9 oylik olgan maoshingizning umumiysidan kelib chiqib hisoblanadi. May oxiri, iyun oyida olgan ustama sertifikatlaringizni ta'siri bo'lmaydi.

@for_english_teachers
1.8K views03:26
Ochish/sharhlash
2022-06-20 07:12:42 Self/less
Subtitles: English
IMDB 6.5
Film genre: #action #sci_fi
Compressed
#movies

@engmoviesN1
1.5K views04:12
Ochish/sharhlash
2022-06-20 07:12:28
A scientist transfers the mind of a terminally ill billionaire into an artificially-grown body, but the result is not quite what he expected.
1.4K views04:12
Ochish/sharhlash