Get Mystery Box with random crypto!

Linguaskill imtihoni haqida Linguaskill imtihoni Cambridge As | English Teachers

Linguaskill imtihoni haqida

Linguaskill imtihoni Cambridge Assessment English tomonidan tashkil qilinadigan onlayn imtihon turi bo'lib, asosan ta'lim institutlari tomonidan talabalarni baholash, til bilish darajalarini aniqlash, ish beruvchilar uchun hodimlarining til bilish darajasini aniqlash maqsadlarida tashkil qilinadi. Ushbu imtihon jami 4ta ko'nikma 3ta modulda o'tkaziladi:

Reading and Listening
Speaking
Writing

Boshqa imtihonlardan farqi imtihon to'liq kompyuterda topshiriladi. Test natijalari 48 soat ichida ma'lum bo'ladi. Natijalarni baholash CEFR shkalasi bo'yicha bo'ladi va quyidagi ballar uchun quyidagi darajalar beriladi:
100-119 = A1 (Beginner) daraja
120-139 = A2 (Elementary) daraja.
140 -159 = B1 (Pre-Intermediate - Intermediate) daraja.
160 -179 = B2 (Upper-Intermediate) daraja.
180 + = C1 (Advanced) darajaga to'g'ri keladi.

O'zbekistonda Linguaskills imtihonini o'tkazish vakolatiga ega yagona tashkilot hozirda LPA Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtriish agentligi bo'lib, Samarqand va Toshkent shaharlarida tashkil qilinadi. Imtihon topshirish narxi bugungi kunda barcha ko'nikmalar uchun Toshkent shahri uchun 989 ming so'm. Samarqand uchun 1 218 000 so'm. Sertifikat amal qilish muddati 2 yil.
Imtihondan C1 darajasi olinganda ingliz tili o'qituvchilari oyligiga 50 foiz ustama to'lanishi, toifa imtihonlaridan ozod etilishi, magistraturaga hujjat topshirish kabi imtiyozlar nazarda tutilgan.

@englishteachers_uz