Get Mystery Box with random crypto!

Ilg'or o'qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar | English Teachers

Ilg'or o'qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish amaliyoti joriy etiladi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 iyundagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish buyicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” gi qaroriga asosan:

2023 yil 1 yanvardan boshlab Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish maqsadida Metodik xizmat ko'rsatish bo'limlari tashkil etiladi.

Ushbu bo'limlar tomonidan Respublika ta'lim markazining maxsus dasturi, shuningdek, ishlab chiqilgan yangi maktab darsliklari va o'quv qo'llanmalari asosida umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

2023 yil 1 martgacha esa umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi ilg'or o'qituvchilarning ochiq darslarini onlayn platformalar orqali namoyish qilish va ularning muhokamasini tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

@englishteachers_uz