Get Mystery Box with random crypto!

English Teachers

Telegram kanalining logotibi englishteachers_uz — English Teachers E
Telegram kanalining logotibi englishteachers_uz — English Teachers
Kanal manzili: @englishteachers_uz
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.78K
Kanalning ta’rifi

Resources for English teachers and other learners.

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-08-03 19:57:55
Test sinovlari 8-avgustdan boshlanadi

2022-2023-o‘quv yili qabuli uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2022-yil 8-avgust kunidan boshlanadi hamda stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:

1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smenada 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan maydonlar sig‘imidan kelib chiqqan holda 10 kundan 13 kungacha davom etadi va 20-avgust kuni yakunlanadi.

Test sinovida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish 4-avgust kunidan boshlanadi.

dtm.uz

@englishteachers_uz
1.6K viewsedited  16:57
Ochish/sharhlash
2022-08-01 10:03:32 2022-2023 o'quv yili uchun ingliz tili fani Guess What darsligidan 4-sinflar uchun yillik ish reja
#ishreja #4sinf

@englishteachers_uz
3.2K views07:03
Ochish/sharhlash
2022-08-01 10:03:18 2022-2023 o'quv yili uchun ingliz tili fani Guess What darsligidan 3-sinflar uchun yillik ish reja
#ishreja #3sinf

@englishteachers_uz
3.1K views07:03
Ochish/sharhlash
2022-07-09 09:25:36
Alloh uyingizga nur, Dardingizga huzur, Oilangizga baxt, Umringizga vaqt, Ishingizga omad, Qoʻlingizga daromad, Yaqinlaringizga quvonch, Bir-biringizga ishonch, Dasturxoningizga barokat ato etsin. Allohim sizni oʻziga yaqin bandalar qatorida aylasin.

Iyd-Qurbon Muborak!

@englishteachers_uz
901 viewsedited  06:25
Ochish/sharhlash
2022-07-06 06:28:32 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 16-17-18-iyun hamda 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazi

@englishteachers_uz
1.3K viewsedited  03:28
Ochish/sharhlash
2022-07-06 06:27:08 Kelayotgan pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda bo'ladi?

Oldingi ta'lim inspeksiyasi yangiliklarida 2022-yil sentyabrdan chet tili o'qituvchilari attestatsiya imtihonlarini 4ta ko'nikma (listening, reading, speaking, writing) dan olinishi bo'yicha qaror loyihasi e'lon qilingan edi. Bugungi o'tgan ta'lim inspeksiyasi jonli muloqotida Inspeksiya mas'ul xodimi Safarali Xamrayev bu bo'yicha loyiha tayyorlangani va tegishli tashkilotlar tasdiqlashi kutilayotgani, albatta bu yangi tartibga o'tilishi faqat bu kuzdan yoki keyingi attestatsiyalarda joriy qilinishi aytib o'tildi.
Agar shu loyiha tasdiqlansa sentyabrdan 4ta ko'nikma bo'yicha imtihon topshiriladi. Agar tasdiqlanmasa bu safargi imtihon oldingi 40talik test ko'rinishida o'tkazilishi mumkin.

@englishteachers_uz
1.6K views03:27
Ochish/sharhlash
2022-07-01 06:44:12 Toifa imtihonida o'z toifasini himoya qilsa ham sertifikat beriladimi?

Javob: Toifangizni himoya qilgan taqdiringizda ham yangi sertifikat olasiz va bu toifa sertifikati 5 yilga amal qiladi. Ya'ni 5 yil muddatda majburiy attestatsiya imtihonlariga jalb etilmaysiz.

@englishteachers_uz
2.1K views03:44
Ochish/sharhlash
2022-07-01 06:35:09 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul 10-iyul kuni yakunlanadi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga topshirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Davlat test markazi

@englishteachers_uz
1.7K views03:35
Ochish/sharhlash
2022-07-01 06:30:13 Toifa sertifikatlarini tarqatish boshlandi!

Joriy yilning 29 iyun kuni Toshkent shahridagi ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning attestasiya natijalari e'lon qilindi. Natijalarga ko'ra,
725 nafar pedagoglarga Oliy malaka toifasi,
2446 nafar pedagoglarga Birinchi malaka toifasi,
4621 nafar pedagoglarga ikkinchi malaka toifasi,
1051 nafar pedagoglarga mutaxassis malaka toifasini berish to'g'risida, shuningdek 975 nafar pedagoglarga nisbatan esa mutaxassis lavozimiga muvofiq emasligi to'g'risida qaror qabul qilindi.
2419 nafar pedagoglar navbatdan tashqari attestasiyada past ball olganligi sababli ularga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmadi.

Shu bilan birgalikda attestasiya natijalariga ko'ra Oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari berilgan pedagoglarning sertifikatlari shaxsiy kabinetlariga yuborildi.

Tez orada qolgan hududlar bo'yicha ham natijalar e'lon qilinadi!

@englishteachers_uz
1.3K views03:30
Ochish/sharhlash
2022-06-28 21:36:47 Abituriyentlar testga kirish uchun qancha to'lov qilishadi?

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun tekin, avvalgi yilda bitirganlar 150 ming so'm to'laydi.

Test sinovi o'tkaziladigan yildan avvalgi yillarda maktab, kollej, liseyni tugatganlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy stavkaning yarim baravari – 150 ming so'm miqdorida to'lovni amalga oshirishi kerak.

Kimlar to'lovdan ozod qilingan:

— ta'lim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to'liq davlat ta'minotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

ESLATMA: to'lovni amalga oshirmagan abiturientlar test sinovlariga qo'yilmaydi. Ushbu to'lovni bo'lib-bo'lib amalga oshirsa ham bo'ladi, faqat 20 iyulga qadar (o'sha kuni ham) to'lanishi shart.
Xushnudbek

@englishteachers_uz
1.4K views18:36
Ochish/sharhlash